Ispaniya futbol federaciyasi “Man Siti” himoyachisini mahalliylashtiradi va u Evro-2020'da qatnashadi
11 may 2021 20:10
Yangiliklar


Ispaniya futbol federaciyasi “Man Siti” himoyachisini mahalliylashtiradi va u Evro-2020'da qatnashadi
“Manchester Siti” azosi Emerik Laport bo'lajak qita birinchiligida Ispaniya TJ sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Marca yozishicha, bir necha hafta oldin “qizil furiya” ustozi Luis Enrike mazkur futbolchini mahalliylashtirish bo'yicha Ispaniya futbol federaciyasiga murojaat qilgan.
FIFA bunga rozilik bildirdi. Laport Franciya yoshlar termalarida o'ynagan, ammo bosh jamoa safida maydonga tushmagan va bu FIFA talabiga javob beradi.
Malumotlarga ko'ra, ertaga 26 yoshli himoyachining ispanlar safida o'ynashi rasman elon qilinadi.
Avvalroq, himoyachi Franciya TJ ustozi Dide Desham uni shaxsiy sabablar tufayli futbolchilar qaydnomasiga kiritmayogani haqida xabar bergandi.
Emerik Laport joriy mavsum “shaharliklar” libosida 27 o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 1

Fikrlar