Ispaniya chempionati yulduzlari hayriya o'yini o'tkazishadi
26 dek 2013 04:00
Yangiliklar

Ispaniya chempionati yulduzlari hayriya o'yini o'tkazishadi
30 dekabr kuni "Santyago-Bernabeu" stadionida Ispaniya primerasi yulduzlari ishtirokida hayriya o'yini bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda Marca.
"Barselona"dan uchrashuvda Andres Inesta qatnashadi. Bundan tashqari Karlos Vela, Andoni Iraola, Inigo Martines va boshqa futbolchilar ham hayriya o'yinida ishtriok etishlari kutilmoqda.
"Real" hozircha qaysi futbolchilarni bu tadbirga yuborishni hal qilgani yo'q. Klub Iker Kasilyas, Serxio Ramos va Alvaro Moratadan birini tanlaydi.
O'yindan tushgan barcha mablag' Filippindagi to'fondan jabr chekkanlarga yo'llanadi.

Fikrlar