So’nggi yangiliklar

12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  1 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  23 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5

Ispaniya chempionati, 21-tur. "Real" yirik g'alabani rasmiylashtirdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 21-tur. "Real" yirik g'alabani rasmiylashtirdi

Ispaniya chempionatining 21-tur o'yini "Real" - "Real Sosedad" uchrashuvini ushbu sahifa orqali matnli onlayn tarzida kuzatib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 21-tur.

"Real" - "Real Sosedad" 4:1

"Santyago Bernabeu".

Gollar
: Elustondo (1), Xames (3), Ramos (37), Benzema (52, 76)

"Real"
: Kasilyas, Varan, Ramos, Marselo, Karvaxal, Kroos (Xedira, 81), Xames (Xese, 74), Beyl, Isko, Ilyarramendi, Benzema (CHicharito, 81).

"Real Sosedad"
: Rulli, Gonzelez, Inigo Martinez, Yuri, Elustondo (Bergara, 63), Irribaria, Granero, Prieto, Pardo, Kanales (De La Bella, 46), Vela (Agirechche, 17).

Ogohlantirishlar
: Ilyarramendi (31), Marselo (69), Yuri Berchichi (88), Xedira (88).

                                   MATNLI TRANSLYACIYA
 
                                              YANGILASH


- "Real" - "Real Sosedad" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.


88` Sami Xedira bilan tortishib qolgan Yuri Berchichiga ogohlantirish ko'rsatildi. Germaniyalik yarim himoyachiga ham hakam sariq kartochka ko'rsatdi.


86` "Real" beshinchi golni kiritishga yaqin kelgandi. Yana Rulli o'zini ko'rsatdi. Agarda bugun ushbu darvozabon yaxshi o'ynamaganida, hisob hozir umuman boshqacha ko'rinish olishi hech gap emasdi.


84` Maydondagi kurash Ramosning golidan so'ng tugagan edi.


82` Garet Beyl gol urishni esidan chiqarib yuborgan shekilli. Rulli bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi to'pni darvogaza aniq yo'llashda xatoga yo'l qo'ydi. Aniqrog'i, Rulli bu safar ham o'zini ko'rsatdi.


81` "Real" tarkibida o'zgarishlar: Karim Benzema o'z o'rnini CHicharitoga, Toni Kroos esa Sami Xediraga bo'shatib bermoqda.


79` "Real" futbolchilari to'pni shunchaki bir-birlariga oshirib vaqtni o'tkazishmoqda. 


78` Iker Kasilyas ikkinchi bo'limda deyarli ko'rinmadi.


77` "Real" bugun "Real Sosedad"dan birinchi davradagi mag'lubiyat alamini to'laligicha olmoqda.


76` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMA! AJOYIB GOL! CHIROYLI GOL! Franciyalik hujumchi Iskodan to'pni qabul qilib olishi bilanoq darvozaning yuqori to'qqizligini aniq nishonga ola bildi va chiroyli gol muallifiga aylandi!


74` Bugungi o'yinda o'z faolligi bilan ajralib turgan Xames Rodrigez maydonni tark etmoqda. Uning o'rnini Xese to'ldiradi.


72` "Real" futbolchilari biroz bo'shashib qolishdi. "Real Sosedad" esa to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda va mehmonlar hujum tashkil etish haqida bosh qotirishmoqda.


70` Marselo raqibiga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun ogohlantirildi.


69` Prietoning boshi bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi.


68` "Real" himoyachilari jarima zarbasidan yuzaga kelgan xavfli vaziyatni bartaraf etishdi. Endi navbat burchak to'piga.


67` Mehmonlar standart vaziyatiga ega bo'lishdi.


65` "Real Sosedad" jamoasi raqib jarima maydonchasi oldida uzoq vaqt to'p bilan muomalada bo'lmagan edi.


63` "Real Sosedad" jamoasining goliga mualliflik qilgan Elustonda maydonni tark etdi. Uning o'rniga Bergara tushirildi.


61` Isko bugun ajoyib o'ynamoqda. Bu futbolchi ham gol urishni juda istamoqda. Hozir aynan Iskoda qulay imkoniyat bo'lgandi. Ammo Rulli bilan bo'lgan duelda raqib posboni aniq harakat qildi.


59` Maydon markazida Toni Kroosga nisbatan qoida buzildi.


57` Ajoyib hujum! CHiroyli kombinaciya! Karim Benzema uchrashuvdagi o'z dublini nishonlashi mumkin edi. Biroq Karim Benzema bo'sh qolgan darvozaga to'pni oyog'i bilan to'g'irlab qo'yishda kech qoldi.


55` "Real"ning xavfli hujumlari davom etmoqda! Marselodan ajoyib "yurish"! Braziliyalik himoyachi Karim Benzama bilan "devor" uslubida chiroyli o'ynadi va jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Uning yo'llagan zarbasini Rulli qaytardi, qaytgan to'pni esa Beyl boshi bilan darvozaga yo'lladi. So'nggi pallada himoyachi darvozaga kirib ketayotgan to'pni tepib yubordi va jamoasini navbatdagi goldan saqlab qoldi.


54` "Real" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ustunlikni o'z qo'liga olgan edi va yakunda ularning oldingi chiziqdagi harakatlari samara keltirdi. "Real Sosedad" esa himoyalanish bilan ovora bo'lib qoldi.


52` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMA! Karim Benzema o'zi boshlagan hujumni o'zi samarali yakunladi. Unga bu vaziyatda jamoadoshi Garet Beyl ko'maklashdi.


49` Benzema - Beyl - Isko! Ushbu "trio" uyushtirgan kombinaciyani Isko o'zining noaniq zarbasi bilan besamar yakunladi.


47` "Real" xotirjamlik bilan to'pni o'zida saqlab turibdi va oldinga borishga shoshilmayapti. 


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!


45` Garet Beyldan navbatdagi "qovun"! Jarima to'pidan yo'llagan zarbasi juda noaniq chiqdi.


44` Xavfli nuqtadan jarima to'pi! To'p oldida Ramos va Garet Beyl.


42` "Real Sosedad"ning o'yin avvalidagi hujumga chanqoqligidan asar ham yo'q. Ular toliqib qolishgan ko'rinadi.


40` Ajoyib hujum! Uchga bir! "Real" o'zining navbatdagi golini kiritishga juda yaqin qolgandi! Garet Beyl bo'sh qolgan darvozani "o'qqa" tuta olmadi. Qoyil demay ilojimiz yo'q....


38` "Real" katta kuch bilan oldinga intilmoqda. Karlo Anchelotti jamoasi katta ustunlik bilan harakat qilmoqda.


37` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SERXIO RAMOS! "Real"ning bu safargi hujumi samarali yakunlandi. Karim Benzema jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va Rulli bilan yuzma-yuz qolib, darvoza tomon zarba bberdi. Biroq uning kuchli zarbasini Rulli qaytargandi, ammo qaytgan to'pni Ramos deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni juda kuchli zarb bilan tepdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 


35` Isko raqib darvozasi tomon xavf soldi. Biroq uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay raqib futbolchisiga tegib darvozabon Rullining qo'liga borib tushdi.


33` Ustunlik to'liqligicha "Real" futbolchilari tomonga o'tgan. Mehmonlar to'pni tezda raqiblariga topshirib qo'yishmoqda.


31` Uchrashuvdagi dastlabki sariq kartochkani Ilyarramendi ishlab oldi.


30` Garet Beyldan navbatdagi xavf! Bu safar uning kuchli chiqqan zarbasiga aniqlik etishmadi.


29` Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pni Beyl boshi bilan darvozaga joylab qo'ymoqchi bo'ldi. Ammo uelslik futbolchi mo'ljalda adashdi.


28` Xames Rodrigez tomonidan amalga oshirilgan super zarbani Rulli bartaraf etishga erishdi. Burchak to'pi.


27` "Real Sosedad" hujumda o'ynagandi. Biroq hakam Agirechche tomonidan o'yin qoidasi buzildi deb topdi.


25` "Real Sosedad" futbolchisi Prieto o'z jarima maydonchasi ichida Beylni aldashga kirishib ketdi. Natijada esa jarima maydonchasi ichida sarosima yuzaga keldi. Biroq yakunda to'p Karim Benzema tomonidan maydondan tashqarisiga chiqib ketdi.


24` "Real" jamoasi o'zining navbatdagi burchak to'pini amalga oshirdi. Bu safar ham raqib futbolchilari va posboni aniq harakat qildi.


22` O'yin tempi uchrashuv boshida bo'lgani kabi juda yuqori emas. Lekin jamoalar iloji boricha ochiq va hujumkor o'ynashga intilishmoqda. Hududiy ustunlik maydon egalari tarafida. Biroq "Real Sosedad" jamoasi ham qarshi hujumarda ancha xavfli ko'rinmoqda.


20` Xavfli vaziyat! "Real" hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Xames Rodrigezdan super to'p uzatma! Lekin Benzema qulay imkoniyatni ko'kka sovurmoqda. Franciyalik hujumchi Rullini dog'da qoldira olmadi.


19` Serxio Ramosning aniq harakati evaziga mehmonlarning chap qanotdan uyushtirgan hujumlari to'xtatib qolindi.


17` "Real Sosedad"da majburiy o'zgarish. Karlos Vela o'z o'rnini Agirechchega bo'shatib berdi.


16` "Real Sosedad" hujumchisi Karlos Vela maydonda yotibdi. Bu esa stadionga yig'ilgan mahalliy muxlislarga yoqmayapti. Lekin Velaning jarohati jiddiy ko'rinadi.


14` Bugungi o'yinda "Real" etakchisi Ronaldo dskvalifikaciyasi tufayli ishtirok eta olmayapti. Portugaliyalik futbolchi o'yinni tribunada o'z o'g'li bilan tomosha qilmoqda.


12` "Real" asta-sekin o'yinni o'z qo'liga olishga urinmoqda. Maydon egalari burchak to'pi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Lekin bu standart vaziyati xavfli chiqmadi.


9` Elustondo! Ajoyib zarba! Iker Kasilyas qiyinchilik bilan to'pni ushlab olishga erishdi. Devid Moyes jamoasining o'yini juda chiroyli va tezkor chiqmoqda!


7` "Real" esa bunday bo'lishi umuman kutmagan edi va tezda javob qaytarish uchun oldinga intildi. "Real Sosedad" jamoasi futbolchilari hali golni nishonlashni tugatib ulgurmay Xames Rodrigez muvozanatni tikladi. Eeng qizig'i, maydon markazidan to'pni o'yinga kiritgan Devid Moyes boshchiligidagi "Real Sosedad" futbolchilari o'zlarining navbatdagi hujumlarini ham gol bilan yakunlashga juda yaqin kelishgan edi. Bu safar Kanales biroz to'pga tegishda kech qoldi. Aks holda hisob yana mehmonlar foydasi tomon o'zgarishi muqarrar edi.


6` Demak biroz o'yin debyuti haqida batafsilroq. Ungacha gol bo'lib qolmasa agar. Hakam xushtagi yangrashi bilan mehmonlar tezkorlik bilan hujumga o'tishdi. CHap qanotdan tashkillashtirilgan hujumni raqib himoyachilari bartaraf etishdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni esa Elustonda uchrashuvning 36 soniyasidayoq boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Kutilmagan start!


5` O'yin tezligi juda yuqori! Futbolchilarning harakatlari aniq va tiniq chiqmoqda. Samaradorlik ajoyib!


4` Iltimos, sekinroq o'ynanglar! Yozishga ulgurmay qolyapmizku?!


3` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XAMES RODRIGEZ! Aloooo, Buxorooooo! Aloooo, Madrid! Eshitilmayaptimi? Balkooon? GOOOOL!


2` Mana sizga o'yin! Ana sizga debyut! Mana sizga hujum! Ana sizga GOL!


1` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELUSTONDO!

Haaaaa, bu erda mehmonlarga tasanno deyishdan o'zga choramiz yo'q!!!!


- O'YIN BOSHLANDI! Demak biz ham klaviaturani "taqillatish"ni boshladik! Har ikkala jamoaga omad yor bo'lsin!


- "Real Sosedad" birinchi davradagi bellashuvda "Real" ustidan irodali g'alaba erishganidan xabaringiz bo'lsa kerak. SHuningdek, Devid Moyes qo'li ostida jamoa yaqindagina "Barselona"ni ham er tishlatgani etiborga molik holat. Bugunchi, bugun? Bu savolga birozdan so'ng javob olamiz!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda...


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionati shaydolarini kompyuter, noutbuk, planshet, telefon ekranlari oldiga yaxshilab joylashib olib, uskunalarini quvvatini yaxshilab olishlarini so'rab qolamiz. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Ispaniya chempionatining 21-turi doirasidagi "Real" hamda "Real Sosedad" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv boshlanadi. Biz ushbu bahsdan matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика