So’nggi yangiliklar

14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  0 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  28 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0

Ispaniya chempionati. 17-tur PREVYUSI Yangiliklar

Ispaniya chempionati. 17-tur PREVYUSI

Teglar :  La Liga
Bugun La Ligada to'rtta o'yin bo'lib o'tadi.

"Real Madrid" - "Granada"

So'nggi uch yil ichida ikkinchi bor Yaponiyadan klublar o'rtasidagi Jahon CHempionati tituli bilan qaytayotgan madridliklar yangi yilning birinchi uchrashuvini o'z uylarida "Granada"ga qarshi o'tkazadilar. Bugungi kunga kelib, "qaymoqranglilar" chempionatda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa hisoblanishadi. Zidan boshchiligida "Real" 11 g'alabaga erishdi, 4 ta o'yin durrang qayd etildi va 2-o'rindagi "Barselona"dan nazariy jihatdan 6 ochko farq.

Granada 14-turga kelibgina zafar quchishni uddaladi. Mehmonga kelgan "Sevilya" muxlislar qo'llab-quvvatlashi evaziga taslim etildi. Aynan shu o'yin yorqin, ammo yagona esda qolarli uchrashuv bo'ldi "Granada" uchun. Qolgan barcha jabhada andalusiyaliklarni tanqid qilsak bo'laveradi. 16 bahsda 9 ochko to'plagan ushbu jamoa turnir jadvalida pasdan ikkinchilar. 

Elitada jon saqlash uchun ochkolar jamg'arish payti etdi, ammo "Granada"ning ashaddiy muxlislari ham bu ishni "Real" bilan o'yindan boshlanishiga ko'zlari etmasa kerak. 

Taxminimizcha, mezbonlar bor kuchlari bilan o'ynashadi va raqibni ayab o'tirishmaydi. Avvalgi chempionat bahsida "qaymoqranglilar" ushbu raqib ustidan 9:1 hisobida zafar quchishgani yodingizda bo'lsa ajab emas. 

La Liga doirasida "Granada" "Santyago Bernabeu"ga 5 bor mehmonga kelgan. To'plar nisbati 20:2, ortiqcha izohga hojat yo'q. Bugungi o'yinda ham bu statistika mehmonlar uchun yaxshi tomonga o'zgarishi juda qiyin.


Jamoalar tarkibini bu erda bilib olishingiz mumkin.



"Eybar" - "Atletiko Madrid"

CHolo Simeonening biz o'rganib ulgurgan jangovar holatiga qaytmasa yomon bo'ladi buyog'iga. "Atletiko" bor yo'g'i 6-pog'onani egallab turibdi. Jamoa yangi yilni juda ham qiyin safar bilan boshlaydi.

Birinchidan, mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan "Eybar" o'zi uchun juda yuqori - 8-o'rinni egallab turibdi. O'z maydonida "Eybar" qanday o'ynashni yaxshi biladi. Umumiy hisobda 17 ochko aynan uy uchrashuvlaridan keyin klub hisobiga yozib qo'yildi. Jamoa bor yo'g'i bir marta stadionga kelgan muxlislarini ranjitib uyga qaytargan xolos.

Ikkinchidan, madrid klubining bugungi holati. "Matraschilar" bu mavsumda safarda deyarli ochko ola bilishmayapti. To'g'ri, "Eybar" oldingi raqiblar: "Vilyarreal" yoki "Real Sosedad"chalik kuchli raqib bo'lmasligi mumkin, ammo ular ham eshikdan kim kelgan taqdirda ham, shunchaki ochko berib yuborishga ko'nikishmagan.

Ispaniya shimolidagi vakilimizning xabarlariga ishonsak, xavoning kayfiyati uncha yaxshi emas. Stadion chimi yomg'ir bilan unchalik chiqisha olmasligi qo'shilsa, bizni gollarga emas, kurashlarga boy o'yin kutib turibdi. 




Bugungi o'yinlardan avval turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgandi. 

"Las-Palmas" - "Sporting"

Kunning uchinchi bahsida "Las-Palmas" Xixonning "Sporting"ini qabul qiladi. Bir necha kun oldin mezbonlar Ispaniya Kubogi doirasida madridning "Atletikosi" bilan bellashishdi. 0:2 hisobidagi mag'lubiyat keyingi bosqichga chiqish umidlarini yo'qqa chiqardi. SHu sababli, futbolchilar endi  etiborlarini ichki chempionat bahslariga qaratsalar ham bo'laveradi. CHempionatni tark etishga nomzodlardan biri bilan bahsda o'z uyida hali yutqazmagan (!) "Las-Palmas" muhim uch ochko jamg'arishga harakat qilishi shubhasiz. 

Xixonning "Sporting" klubi mavsumni yaxshi boshlagandi, ammo tez orada ishlar orqaga ketdi va bugun jamoa xavfli zonaga tushib qoldi. Abelardo shogirdlari qanchalik harakat qilishmasin muxlislarni xursand qila olishmayapti. So'nggi besh o'yinda "Sporting" faqatgina "Osasuna"ni taslim etdi. Balki bunga o'sha raqibning o'zidan ham battar axvolda ekanligi sababdir ("Osasuna" ketma-ket to'rt o'yinda mag'lub bo'ldi). Vaziyatga obektiv qaraydigan bo'lsak, bugungi o'yinda mehmonlar durrangga erishsalar ham katta gap.




"Real Sosedad" - "Sevilya"

Tun yarmidan oqqanda (albatta bizning vaqt bilan), turning markaziy o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi. 

"Real Sosedad" "Anoeta"da "Sevilya"ni qabul qiladi. Har ikki jamoa yuqori pog'onalar uchun kurash olib borayotganidan xabaringiz bo'lsa ajabmas. "Bask"lar 29 ochko jamg'argani holda 4-5 o'rinlarni "Vilyarreal" bilan bo'lishib turishibdi.      

2016-2017-yilgi mavsumda "Sosedad" aynan uyda juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. "Anoeta"da jamoa 24 tadan 17 ochkoni o'ziniki qilib oldi. Birinchi turda bu erdan "Real" g'alaba bilan qaytgan - 0:3. O'shandan buyon na "Barselona", na "Atletiko" va boshqa hech qaysi jamoa mezbonlarga tishi o'tmayapti. Bu ish "Sevilya"ning qo'lidan keladimi yo'qmi vaqt ko'rsatadi.

Xorxe Sampaoli jamoasi safarda ham ochko ishlay boshlagani uchun ham ancha yuqorida turibdi. O'tgan mavsumda "Sevilya" safarda biror marta g'alaba qozona olmaganidan ko'pchilik bexabar bo'lsa kerak. Ha, shunday bo'lgandi. SHuning uchun ham mavsum yarmiga kelib, safar o'yinlaridagi 3 g'alaba anchagina ijobiy natija klub uchun. 

Albatta bu o'yinda "Sosedad" kim maydonda xo'jayinligini ko'rsatib qo'yishga harakat qiladi. Lekin mehmonlar ham hujumda yomon o'ynashmayotganini unutmang. Gol urish bo'yicha jamoa faqatgina "Barsa" va "Real"ga imkoniyatni boy bermoqda. Muxlislarni shiddatli o'yin kutib turibdi




Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика