So’nggi yangiliklar

18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  1 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  2 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  22 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  55 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  2 16:15МТЖ дарвозабонлар мураббийи: "Кападзенинг шартномасини билмайман, аммо мураббийлар штабининг шартномаси ЖЧ-2026 якунига қадар амал қилади"  5 15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  22 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  14 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  2 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  2 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9

Ispaniya. 27-tur. "Valyadolid" - "Barselona" 1:0 Yangiliklar

Ispaniya. 27-tur. "Valyadolid" - "Barselona" 1:0

Ushbu sahifa orqali "Valyadolid" - "Barselona" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
                                       Matnli translyaciya
                                             YANGILASH

90+4. O'YIN TUGADI! "Valyadolid" o'z uyida g'alabaga erishdi! Uchrashuvni biz bilan birga kuzatib borganlarga rahmat aytamiz
90+1.
Burchakdan Aleksis Sanchesning oshirib bergan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi
90. Ogohlantirish.
"Valyadolid". Luis Sastre
90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi
87.
Dani Alves yaqin masofadan darovzaga zarba berdi, birinichidan to'p noaniq ketdi, ikkinchidan u o'yindan tashqari holatda edi
86.
"Barselona" o'zining odatiy to'pni uzoq vaqt o'zida saqlashni amalga oshirmoqda, lekin hech qanday naf bo'layotgani yo'q
83. Xavfli vaziyat! Valdet Rama chap qanotdan oldinga o'tib jarima maydoni markazida turgan Oskarga to'pni oshirdi. Oskarning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
82.
Messining aniq va kuchli zarbasini Marino qaytardi
80.
Mehmonlar chamasi 18 metrlardan jarima to'pini amalga oshirishadi
78. Ogohlantirish.
"Valyadolid". Rubio
77.
Aleksis Sanches chap qanotdan oldinga o'tdi va raqibni yiqitdi.
76.
"Barselona" katta kuch bilan hujumga o'tmoqda, "Valyadolid" esa katta kuch bilan himoyalanmoqda
72. O'zgarish. "Barselona".
Neymar o'rniga Telo tushdi
71. O'zgarish. "Barselona".
Pike o'rniga Serxi Roberto
71. O'zgarish. "Valyadolid".
Bergdish o'rniga Valdet Rama
70.
Martino yana bir o'zgarishni tayyorlamoqda
66.
Xesus Ruedaning jarima to'pidan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
65. O'zgarish. "Valyadolid".
Manushu o'rniga Oskar maydonga tushdi
65.
Pike jarima maydoni yonida to'pni qo'li bilan o'ynadi. CHamasi 20 metrlardan mezbonlar jarima to'pini tepishadi
64.
Pedro hujumda raqibga nisbatan qoidani buzdi
63.
Bergdish chap qanotdan hujumga o'tishda davom etadi. Uning zarbasi noaniq chiqdi
61. O'zgarish. "Barselona".
Fabregas o'rniga Aleksis Sanches maydonga tushdi
60.
Maydonga Aleksis Sanches tushishga tayyorlanmoqda
59. O'zgarish. "Valyadolid".
Valente o'rniga Sastre tushdi
58. Javob hujumi. Messining pasidan so'ng Neymar qulay vaziyatga chiqdi. Uning 4 metrlardan yo'llagan zarbasi tepaga ketdi
57. Xavfli vaziyat! Bergdish chap qanotdan oldinga o'tdi va jarima maydoni ichiga kirib borib makazda turgan sherigiga to'pni oshirdi. Biroq Manushu kutilmaganda yiqilib tushdi. Vaziyat yo'qqa chiqdi
56. "Valyadolid"ning kam sonli hujumlaridan biri. Rossi o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Valdes to'pni egallab oldi
53. Dani Alves o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, to'p oshirilgan joyda mehmonlar vakili yo'q edi
52. "Barsa" hujum ketidan hujum qilmoqda, natija yo'q
50. Ogohlantirish. "Valyadolid". Rossi
48.
Messi raqib himoyachisidan o'tib ketdi va yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, o'ng oyoqda yo'llangan zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi
48. Adrianoning 20 metrlardan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq borgani yo'q
47. Ogohlantirish. "Valyadolid". Bergdish
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

45. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:0. Tanaffus
44.
Dani Alves to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pini Rossi amalga oshirdi. Himoyachilar o'z o'rinlarida
43.
Mehmonlarning hujumi. Bu safar Buskets to'pni raqibga berib qo'ydi...
40.
"Barselona"ning hujumlari ketma ket ikki bor noaniq to'p uzatish tufayli to'xtab qoldi
37.
Adriano chap qanotdan oldinga o'tdi. Qarshisidagi raqibni aldab o'tib darvozaga zarba berdi, to'p aaanchagina noaniq ketdi
35.
Pedro darvozani ishg'ol qildi, lekin u o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi
34. Penya qanotda Pedroni yiqitdi. Jarima to'pini tezda amalga oshirishdi. Messi to'pni egallab olib jarima maydoni chizig'idan darvozaga yo'lladi. Marino o'z o'rnida. Yana bir zarba! Fabregasning zarbasini ham darvozabon qaytardi.
33.
Messining amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab qoldi
32.
Neymarning pasidan so'ng Messi oldinga intildi, uni Mitrovich jarima maydoni yonida yiqitdi. Jarima to'pini mehmonlar tepishadi
30.
Neymarning chap qanotdan darvozaga yo'llagan zarbasi muxlislar o'tirgan tribunaga qarab ketdi
28.
Rossining zarbasi noaniq ketdi.
27.
Xavi Gerra qo'pollik bilan to'xtatildi. CHamasi 18 metrlardan mezbonlar jarima to'pini amalga oshirishadi.
26.
Rossi raqib jarima maydoni ichida himoyachilarning qattiq qarshiligiga uchradi
22.
Hozircha o'yin u qadar shiddatli kechmayapti
20.
"Valyadolid" hayiqmay hujumlarga o'tmoqda
19.
Messi to'pni chap qanotda turgan Neymarga uzatdi, qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi
17. Burchak to'pidan so'ng Rossi Valdes darvozasini ishg'ol qildi - 1:0
16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Fausto Rossi 1:0
14.
"Valyadolid" burchak to'piga ega bo'ldi. Bu safar ham samarasiz
13.
Endi Fabregas hujumda qoida buzdi
11.
"Barselona" pozicion hujumni tashkil qildi. Ammo Fabregasning to'p uzatishi noaniq bo'ldi hamda hujum to'xtadi
10.
Adrianoning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi
9. Messi! Maydon markazida to'pni egallab olgan argentinalik hujumchi jarima maydoni yonigacha to'p bilan kelib zarba berdi, Marino to'pni qaytarib yubordi
9.
Rossining burchakdan oshirib bergan to'pi ancha noaniq ketdi
8.
Dani Alves qoida buzdi. "Valyadolid" jarima to'pini amalga oshirdi. Valetne to'pga eta olmadi
6.
Maydon egalarining yana bir hujumi, bu safar Manushu o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
5. Xavfli vaziyat! Xavi Gerra jarima maydoni ichidan darvozaga zarba berdi. Viktor Valdes to'pni qaytardi
4.
"Barselona" ilk hujumni tashkil qilishga urindi, himoyachilar bunga imkon berishmadi
3.
Jamoalar hozircha bir birlarini o'rganishmoqda.
1. O'YIN BOSHLANDI!

19:55. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi

- Valyadolid – Marino, Rukavina, Mitrovich, Valente, Penya, Rueda, F. Rossi, Bergdish, Rubio, Gerra, Manushu.

- Barselona – Valdes, Dani Alves, Pike, Maskerano, Adriano, Buskets, Xavi, Fabregas, Pedro, Messi, Neymar.

- Asosiy tarkiblar malum bo'ldi

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.



Valyadolid – Barselona 1:0
8 mart, 20.00, Xose Sorrilya
Valyadolid –
Marino, Rukavina, Mitrovich, Valente, Penya, Rueda, F. Rossi, Bergdish, Rubio, Gerra, Manushu.
Barselona – Valdes, Dani Alves, Pike, Maskerano, Adriano, Buskets, Xavi, Fabregas, Pedro, Messi, Neymar.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика