Ispaniya. 25-tur. "Real" - "Elche" 3:0
22 fev 2014 21:05
Yangiliklar

Ispaniya. 25-tur. "Real" - "Elche" 3:0
Ispaniya chempionatining 25-turida "Real" o'z uyida "Elche"ni qabul qildi.
Ispaniya chempionati
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasi olib boriladi.
YANGILASH
MATNLI TRANSLYACIYA
Ushbu o'yinni siz uchun Omonjon To'xtamirzaev sharhlab bordi. Oqshomingiz xayrli bo'lsin!
90+3-daqiqa. Hakam uchrashuvni yakunlovchi final xushtagini chaldi!!! Yakuniy hisob 3:0.
"Real" chempionlik poygasini davom ettiradi.
90+2-daqiqa. Har ikki jamoa ham barchasi hal bo'lganligini his etib turishibdi va final hushtagini kutib, harakatlanishmoqda.
90+1-daqiqa. Isko qulay vaziyatga chiqib borayotgan Kazemiroga to'pni oshirgandi, lekin braziliyalik o'yin qoidasini buzgan deb topildi.
90-daqiqa. Uchrashuv bosh hakami asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berdi.
88-daqiqa. "Real" yana hujumda Di Mariyadan to'pni qabul qilib olgan Morata darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, lekin uning zarbasidan so'ng hisob o'zgarmay qoldi.
87-daqiqa. Isko dan yana bir shedevr pas, bu safar darvozabon bilan "duel"ga Beyl chiqib bordi, Garetning zarbasi!!! Darvoza to'sinini larzaga keltirgan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
85-daqiqa. Ilyaramendiqanotdan to'pni jarima maydonchasidagi Morataga oshirdi, Alvaro darvozaga teskari turganiga qaramay, to'pni o'ziga bo'ysundurdi va ikkinchi harakat bilan darvoza tomon zarba berdi.
84-daqiqa. Futbolchi almashtirishlar tufayli, o'zi shundoq ham yuqori bo'lmagan o'yin tempi biroz tushgandek.
83-daqiqa. "Real" tarkibida so'nggi o'zgarish, Habi Alonso o'rniga Karlos Kazemiro maydonga tushdi.
82-daqiqa. Karim Benzema maydonni golsiz tark etadigan bo'ldi. Uning o'rniga uchrashuvni so'nggi vaqtlarda juda kam maydonga tushayotgan Alvaro Morata davom ettiradi.
80-daqiqa. Gooool. ISKO. Maydonga tushib ulgurmay Isko hisobni yanada yirik ko'rinish hosil qilishiga sababchi bo'ldi.
73 - 74-daqiqalar. Har ikki jamoa tarkibida futbolchi almashtirilmoqda. Fidel CHaves Manu ni almashtirgan bo'lsa, Aaron Niges Alberto Riverani almashtirdi. Mezbonlar tarkibida faol harakat qilgan Xese Rodriges o'rniga Isko maydonga tushirildi.
72-daqiqa. Gooool. GARET BEYL. 25 metrlardan fantastik zarba yo'lladi. To'p to'singa tegib darvozadan joy oldi.
68-daqiqa. Yana Koro hujumda, lekin bu safar ham omadsiz.
64-daqiqa. Habi Alonso jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi, lekin "jonli devor"dagilar ham bekorga turganimiz yo'q deb, to'pni darvozalaridan uzoqlashtirishdi.
61-daqiqa. Sariq kartochka!!! "Elche" tarkibida Alberto Botia sariq kartochka bilan jazolandi.
57-daqiqa. "Elche" tarkibida hujumda faollik ko'rsatishga harakat qilayotgan Koro olg'a intildi, jarima maydonchasiga kirdi, lekin shu joyda Pepe "Uzr og'ayni, uyog'iga seni o'tkazmayman", - dedi va to'pni ajoyib tarzda olib qo'ydi.
56-daqiqa. Keyingi haftada "Real"ni CHempionlar Ligasi uchrashuvi kutib turibdi. Germaniya safariga kuch ayayotgandek go'yo.
55-daqiqa. Pepe qanotdan ochilayotgan Beylga to'pni qulay tarzda etkazib berdi. Garetning chamasi 20 metrlardan bergan zarbasi darvoza to'sinining ancha yuqorisidan o'tib ketdi.
54-daqiqa. RONALDO&BALE nikli o'quvchimiz aytganlaridek, darhaqiqat bugungi gol Ilyaramendi uchun Madrid klubi safidagi birinchi goli hisoblanadi.
53-daqiqa. Mezbonlar shoshilmasdan hujum uyushtirishdi va Di Mariya uni zarba bilan yakunladi, himoyachiga tekkan to'p maydondan chiqibketdi.
51-daqiqa. Beyl qanotdan to'pni jarima maydonchasiga oshirib berdi Benzema oldinga sakrab, boshi bilan zarba berdi. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.
50-daqiqa. "Real" salohiyat bobida ustun ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Jamoa bor kuchini sarflamay turib ham, hisobda oldinda bormoqda.
48-daqiqa. Sariq kartochka!!! Pepe maydon markazida Xavi Markezga qarshi o'ta qo'pol o'ynadi va hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi.
47-daqiqa. Xese to'pni Karim Benzemaga oshirib bermoqchi edi, lekin francuz to'pga eta olmadi.
46-daqiqa. Jamoalar tarkibida hech qanday o'zgarish yo'q.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
21:01. Jamoalarga oid bazi faktlar: "Real" La Liga doirasida o'zining oxirgi uy uchrashuvlarining 7tasida g'alaba qozondi. "Real" chempionatning so'nggi 14 uchrashuvidan 12tasida kamida 2ta gol urgan. "Elche" Ispaniya chempionatining safardagi oxirgi 6 uchrashuvida g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Hisob 1:0 "Real Madrid" oldinda.
45-daqiqa. Mezbonlarni birinchi bo'limda boshqa gol urgilari yo'qdek. Futbolchilar to'pni bir-birlariga oshiribegallab turibdilar.
44-daqiqa. Di Mariya, Benzema va to'p Garet Beylga etkazildi. Uels termasi futbolchisi chamasi 10 metrlardan to'pni tepa olmadi.
42-daqiqa. Karim Benzema jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.
39-daqiqa. Sariq kartochka!!! Habi Alonsoga qarshi qo'pollik uchun Rivera sariq kartochka bilan jazolandi.
36-daqiqa. To'p bilan hamon "Real" futbolchilari muomaladalar.
34-daqiqa. Gooool Aser Ilyaramendi o'z niyatiga erishdi - 1:0
31-daqiqa. Di Mariya burchak to'pini Ilyaramendi bilan boshlab yubordi. Jarima maydoniga to'pni etkazibberishga urinish - omadsiz.
28-daqiqa. Arbeloa, Di Mariya va Xese kombinaciyasi. Yosh hujumchining zarbasini darvozabon ushlab oldi.
25-daqiqa. Ilyaramendi oldinga o'tdi va zarba berdi, lekin noaniq.
24-daqiqa. Beyl to'pni jarima maydoni ichiga Benzemaga oshirdi lekin hujumchi Sismaga ikkinchi qavatdagi kurashni boy berdi.
22-daqiqa. Di Mariya bir yo'la to'rt raqibni ortda qoldirdi va darvozaga zarba yo'lladi. Biroz noaniq.
21-daqiqa. "Real" hamon raqib darvozasiga yo'l topa olmayapti.
20-daqiqa. Habi Alonso to'pni Ilyaramendiga oshirdi, u esa hujumning oldingi nuqtasida turgan Beylni to'p bilan taminlamoqchi bo'ldi. Himoyachilar o'yindan tashqari holat debdod-voy solishmasin hakam o'yinni davom ettirdi va darvozabon o'z vaqtida raqibga peshvoz chiqib jamoasi joniga oro kirdi.
18-daqiqa. Di Mariya to'pni ikki himoyachining o'rtasidan Karimjon Benzemaga o'tkazibbermoqchi bo'ldi, lekin argentinalikning bu fikrini raqib futbolchisi Albakar sezib qoldi.
16-daqiqa. Rivera to'pni jamoadoshi Koroga etkazibberdi, ammo hujumchi Koro to'pni o'ziga bo'ysundirib, nima qilishini o'ylagunicha Pepe vaziyatni bartaraf etdi.
15-daqiqa. Yana Di Mariya faollik ko'rsatdi. Faqatgina uning ajoyib to'p oshirishini Xese tushunmadi. To'p darvozabon Manu Errerada.
13-daqiqa. "Elche" futbolchilari to'pni o'z jarima maydonlariga yaqin bo'lgan joyda bir-birlariga etkazib berishmoqda. Mezbonlarning o'ta yuqori pressingi tufayli "Elche" futbolchilari xattoki maydonning narigi yarmiga ham o'ta olmayaptilar.
11-daqiqa. Di Mariya bir himoyachini dog'da qoldirdi va to'pni jarima maydoni ichida turgan Benzemaga oshirdi. Francuz boshi bilan zarbaberdi, zarbaga kuch etishmadi.
10-daqiqa. Beylda yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin edi, biroq himoyachi Garetga xalaqit qilishga ulgurdi va yana burchak to'pi.
8-daqiqa. "Elche"ning qarshi hujumi. Koro yiqilayotib zarbaberdi, ammo zarba kuchsiz chiqdi va Lopes uni ushlab oldi.
7-daqiqa. "Real" himoyachilari biroz ortga chekinishdi va to'pni o'zlarida egallab turishibdi.
6-daqiqa. Burchakdan oshiribberilgan to'pni Varan darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, lekin himoyachilar bunga to'sqinlik qildilar.
5-daqiqa. Havfli vaziyat!!! Di Mariya to'pni oldinroqda turgan Benzemaga oshirdi, o'z navbatida fransuz jarima maydoniga yaqinlashdi va zarba berdi. Errera o'z joyida, burchak to'pi.
4-daqiqa Uchrashuv dastlabki daqiqalaridanoq mezbonlar o'yin tizginini o'z qo'llariga olishga shaylanishdi
3-daqiqa Jamoalar va tomoshabinlar shu kunlarda (o'tgan hafta) hayotdan bevaqt ko'z yumgan Serxio Ramosning bobosini yodga olishdi.
20:02. Uchrashuv boshlandi!!!
20:01. Uchrashuv bir daqiqalik sukut bilan start olmoqda.
19:59. Etiborli jihati shundaki mehmon jamoa "Elche" klubining asosiy tarkibdagi barcha 11 futbolchisi ispaniyalik!
19:47. Bugun turnir jadvalining ikkinchi va o'n uchinchi pog'onasini egallab turgan jamoalar maydonda kuch sinashadilar. Birinchi davra bahsi ko'pchilikning yodida bo'lsa ajab emas. O'sha uchrashuvda xaqiqiy janjal bo'lgandi. Qo'shibberilgan daqiqalarning so'nggisida hakam Munis Fernandes (durrang natija qayd etilayotgan pallada) "Real"ga o'n bir metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etgandi. Ko'pchilikning fikri bo'yicha o'sha vaziyatda Pepe mug'ombirlik ishlatgan va madridliklar adolatsiz tarzda g'alaba qozongan edilar.
Lekin bugungi kunda "Real Madrid" umuman boshqacha holatda va oxirgi o'yinlarda jamoa hech bir muammosiz zafar quchmoqda.
19:20. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi.
25-tur
Real Madrid – Elche 0:0
22 fevral, 20.00, Santyago Bernabeu
Real Madrid – Diego Lopes, Karvaxal, Pepe, Varan, Arbeloa, Xese, Alonso, Beyl, Ilyarramendi, Di Mariya, Benzema.
Elche – Manu Errera, Albakar, Lomban, Botia, Sisma, Xavi Markes, Rivera, Xil, R. Peres, del Moral, Koro.

Fikrlar