Ispan top-klubi Azmun bilan tekinga shartnoma imzolamoqchi

Alisher
11 sen 2021, 14:17
"Zenit" forvardi Syerdar Azmun faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Eronlik futbolchiga "Sevilya" klubi qiziqish bildirmoqda. Andalusiya klubi tekinga shartnoma imzolash mumkin bo'lgan bir nechta hujumkor futbolchilarni ko'rib chiqishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Syerdarning Piter klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum RPL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Estadio Deportivo