Ispan nashrlaridan biri Mbappe "Real" bilan tuziladigan shartnoma muddatini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2024, 23:33
Kilian Mbappe "Real" bilan shartnoma imzolagani uchun 100 mln. evro bonus olishi mumkin.

EL DEBATE ma'lumotlariga ko'ra, forvard madridliklar bilan 6 yillik bitimga imzo chekadi.

Futbolchining soliqlardan so'ng oladigan yillik maoshi 32 mln. evro bo'ladi. Shartnoma tuzgani uchun 100 mln. evro bonus hisobiga o'tkazib beriladi. Shu bilan birga Kilian o'zining imij huquqlarining 60%ga ega bo'lib qolaveradi (odatda klub va futbolchi 50ga50 ishlashadi).

Bu huquqlardan foydalanish Mbappe va "Real"ga birinchi mavsumdayoq 165 mln. evro keltirishi mumkin, keyin bu summa oshib boraveradi.

Futbolchining "Real"ga o'tishdan asosiy maqsadi pul emas, sovrinlar ekanligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Debate