So’nggi yangiliklar

09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  0 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   4 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  17 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   14 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7

Ispan hakamlarini nega ikki familiyasi bilan chaqirishadi. Ularning ismlari nega yoddan chiqadi? Bu g'alati anana yarim asrdan buyon bor Yangiliklar

Ispan hakamlarini nega ikki familiyasi bilan chaqirishadi. Ularning ismlari nega yoddan chiqadi? Bu g'alati anana yarim asrdan buyon bor

Teglar :  Ispaniya La Liga
Buni qarangki, bunga ham diktator Franko aloqador.

Mateu Laosni aslida ismi Antonio Mateu, Velasko Karbalo – Karlos Velasko, Xil Mansanoniki esa – Xesus Xil. Biroq ispan muxlislari, futbol OAV va kommentatorlar ularni ism va familiyalarini aytib emas, ikkinchi familiyalarinigina aytish bilan cheklanishadi. Bu xato emas: o'ziga xos anana 50 yil avval, Ispaniyada bir vaqtda ikki Franko – mamlakat rahbari va ko'pincha jurnalistlar tanqidiga sababchi bo'ladigan futbol hakami istiqomat qilganda paydo bo'lgan.

Hakam Anxel Franko nomiga aytilgan "shirin" so'zlar boshqa bir insonga ham yoqmasdi. kaudilo Ispanii

1969 yil 9 mart Anxel Franko Martines Segunda doirasida "Ramon Sanches-Pisxuan" stadionidagi – "Sevilya"ning "Xixon"ga qarshi o'yinini boshqarardi. Bellashuv 3:3 hisobi va janjal bilan yakunlangan – futbolchi va jurnalistlar hakamlikdan juda qattiy norozi edi. "Ikki pulga qimmat Franko", "Franko "Sevilya"ni "so'yib" tashladi", "Hamma Frankodan nafratlanadi", – yozardi gazetalar erta tongdan. Bu Anxel Franko boshqargan so'nggi uchrashuv bo'ldi. Undan keyin u Franko Martinesga aylanishga majbur bo'ldi.

U muxlislar taxdidlari yoki jurnalistlarning tanqidi sabab shaxsiy malumotlarini to'liq o'zgartirgani yo'q. Unga milliy bir odat yordam beradi: ispanlarda ismi va ikkita familiyasi bo'ladi. Birinchi otasining familiyasi yoziladi, ammo oxirgi vaqtlarda bu majburiy bo'lmay qoldi – yani endilikda onasining familiyasi ham birinchi o'rinda kelishi mumkin bo'lib qoldi. Agar bu "imkoniyatdan" mashhur futbolchilar foydalanganida, Fernando Torres - Fernando Sansga, David Vilya esa – David Sanchezga aylanardi. David Silvaning vaziyati buning aksi: Silva – futbolchi onasining familiyasi. Agar u otasining familiyasini olganida, biz uni David Ximenes sifatida tanigan bo'lardik.

"Ispaniya – ikkita familiya ishlatiladigan mamlakat, faqat bir sharti borki, sizning ota-onangiz chet ellik bo'lmasligi va sizda boshqa mamlakat fuqaroligi bo'lmasligi zarur. Bizda ayollarimiz turmushga chiqqanidan keyin familiyasini o'zgartirmaydi, – tushuntiradi Ispaniya fuqarosi Antonio Rodriges. – Odatda biz qisqaroq, qulayroq bo'lgani uchun birinchi familiyani ishlatamiz. Ammo bankda hisob raqami ochish uchun, mobil operatorga yoki universitetga hujjat topshirayotganda har ikki familiya talab qilinadi. Boshqa mamlakatlarda bu noqulaylik keltirib chiqaradi – chunki ularning hujjatlarida ikkinchi familiya uchun bo'sh joy yo'q.

Bu qonun-qoidalar barcha ispanlarga tegishli, lekin hakamlarga emas. Misol uchun, CHempionlar Ligasi-2021 finalini hatto UEFA rasmiy saytida ham Mateu Laos deb yozib qo'yilgan inson boshqardi, aslida bu uning ikki familiyasi xolos – mos ravishda otasining va onasining familiyalari (uning ismi aslida Antonio qog'ozda yozilmaydi). SHu kabi holat boshqa bir referi Mexuto Gonsales bilan ham yuz beradi, uning ismi – Manuel Enrike aksar vaziyatlarda "esdan chiqariladi".

Janjal Anxel Franko faoliyatiga tasir o'tkazgan – unga muhim o'yinlarni topshirmay qo'ya qolishardi

"Sevilya" – "Xixon" uchrashuvidan keyin chop etilgan materiallar sarlavxalari hukumatning jaxlini chiqardi – hakamning familiyasi Ispaniya etakchisi Fransisko Franko bilan o'xshash bo'lib, bu kabi haqoratlarga aralashib qolishi kechirib bo'lmas holat deb hisoblandi. Ko'p o'tmay "yozilmagan qonun kuchga kirdi" – Anxel Franko har ikki familiyasidan foydalanishi shart, shunda jurnalistlar uni Franko familiyasini aytib, haqorat qila olmasdilar va tabiiyki, mamlakat rahbariga ham "tosh otilmasdi". Bu qoida barcha hakamlar uchun majburiy ravishda amal qiladigan bo'ldi – bu muxlislar orasida gap ko'paymasligi uchun qilingan ish deb baholandi keyinchalik.

"Buni rasmiy qoida yoki qonun deb hech kim aytolmasdi. Va hech kim uni Frankoning o'zi o'ylab topganmi yoki boshqa bir amaldor, buni ham bilmasdi. Ammo qaror qatiy, muhokamaga o'rin yo'q edi. O'shandan boshlab hakamlar ikki familiyalarini aytgan holda tanishtiriladigan bo'ldi, – tushuntiradi ispan futboliga ixtisoslashgan eng yirik vloglardan birining moderatori. – Oradan o'n yil o'tib, Ispaniya diktatorlikdan yana huquqiy davlatga aylandi, lekin bir inson sabab yuzaga kelgan qoida o'zgarmay qoldi. Qizig'i, hakamlar faqatgina futbol olamida ikki familiyalari orqali tanishtiriladi – oddiy hayotda ular o'zini istaganicha tanishtirishi mumkin".

Biroq nega Anxel Frankoga onasining familiyasi – Martinesdan foydalanishni aytishmagan? Bunday holatda Ispaniya hukumatidagilar bilan hech qanday bog'liqlik bo'lib qolmasdi. Moderator buni tushuntirar ekan, ispan tilida gaplashadigan mamlakatlarda, ayniqsa o'sha vaqtlarda, deyarli hech kim onasining familiyasini birinchi o'rinda qo'llamagan – bu kichik bolakaylarga, nikohsiz tug'ilgan chaqaloqlar yoki beva qolgan ayollar bolalariga xos edi. O'sha davr aholisi uchun bu normal holat edi", – tushuntiradi u.

Ism va familiyaning rotaciyasi Franko Martinesga yordam bermadi. Mamlakat rahbari – Franko Martines umuman olganda yaxshi hakam bo'lgani, mamlakat chempionati markaziy o'yinlarida ishlamasligi, Generalissimus Kubogi (hozirgi Qirol kubogi) o'yinlariga kamdan-kam tayinlanishiga qaramay, o'zini yanada yaxshiroq himoyalashni istab qoldi. Buning barchasi gazeta va tribunalarda ortiq Franko shaniga – u hakam bo'ladimi yoki mamlakat rahbari, yomon so'zlar aytilmasligi uchun.

"Men o'sha davrning salohiyatga ega hakamlaridan biri edi, lekin hech qachon Generalissimus Kubogi finalini boshqarmaganman. Sababi Franko hayotlik davrida o'yinga shaxsan tashrif buyurar va sovrinni o'zi topshirardi, – keyinroq tushuntirib bergan Franko Martines. – Biroq agar tribunalar mening nomimga yomon so'zlar aytib turadigan bo'lsa, buning imkoni bo'lmay qolardi. U yoki bu jamoa muxlislari mendan norozi bo'lsada, rahbar ham o'sha so'zlarga chidab o'tirishiga to'g'ri kelardi".

Franko Martinesni "bask derbisi"dan "olishadi" – o'zini jarohatlangandek ko'rsatishni iltimos qilishadi. Bu haqida hakamning ayoli ham bilmasdi

Hakam Frankoga nisbatan sankciyalar bu bilan cheklanmadi. 1970 yil 3 dekabr Burgosda ETA (bir guruh basklar radikal takiloti) azolarining ishi ko'rila boshlandi. Sud ishini 9 dekabr kuni yakunladi – ETA"ning olti azosini o'lim jazosiga hukm qildi, to'qqiz nafariga – 12 yildan 70 yilgacha bo'lgan muddat belgilandi. Harbiy sud qaror qilishi uchun 18 kun talab qilindi.

Buning natijasida nafaqat Ispaniya, balki butun Evropa bo'ylab ayblanuvchilarni himoyasi uchun noroziliklar avj oldi. Bazan ular ispan elchixonalariga hujumlar bilan yakunlanardi: Milandagi shu kabi to'qnashuvlardan birida studentni o'ldirib qo'yishadi. Ispaniyadagi vaziyat ham tinch emasdi.

Bu ham etmagandek, 13 dekabr kuni "Atletik" derbida "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushishi zarur edi. Hukumat azolari shundoq ham notinchlik sabab to'qnashuvlarga, muxlislar ishtirokidagi tartibsizliklarga tayyorlanardi, vaziyatga qura ham aralashdi – bu o'yinga bosh hakam sifatida Franko Martines tayinlandi. SHunda hukumat vakillari tribunalarga to'plangan muxlislar imkoniyatdan foydalanib, yana Franko manziliga yomon so'zlar aytishlaridan cho'chidi – u hakamga atalgan bo'ladimi, yoki aslida Ispaniya etakchisigami buning u qadar ahamiyati yo'q edi.

O'yinga bir necha kun qolganda Anxel Frankoni Mursiyada tezkor uchrashuvga chaqirishadi. U erda hakamni ruhoniy va ichki ishlar vaziri Tomas Garikano Goni kutib turardi. Ko'rsatmalar aniq edi: Anxel Franko keyingi o'yinda ishlay olmaydi va o'zini jarohatlangandek ko'rsatib, alishtirishlarini so'rashi zarur – ular aytganidek, bu ishlarning barchais "Ispaniyaning porloq kelajagi va katta ko'ngilsizliklarning oldini olish uchun". Franko rozi bo'ldi, uni Sevilyadan bo'lgan Soto Montesinosga almashtirishdi. Franko bu uchrashuv haqida hech kimga bir og'iz ham gapirmadi – undan hatto oila azolariga ham yolg'on gapirishni so'rashgan.

Hukm o'qilgan basklarning bir qismi kechirildi, qolganlari 1977 yil Franko vafotidan ikki yil o'tib, ozod qilindi. Bu holat hakam Frankoni ham chetlab o'tmadi va uning faoliyati "qayta boshlandi". U Evro-1976 va JCH-1978 saralash o'yinlarida faoliyat olib bordi, Argentinadagi JCH o'yinlarida ham ishladi, Evropa chempionlar kubogi va UEFA kubogi finallarida ham hakamlik qildi. Generalissimus Kubogi nomi "Kopa del Rey"ga o'zgargach, uni musobaqaning muhim o'yinlariga tayinlashdi – u 1978, 1980 va 1984 yillarda turnir finallarini boshqardi.

Bu o'yinlar ichida eng yorqini – "Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi afsonaviy to'qnashuv. Final hushtagidan keyin Diego Maradona tizzasi bilan o'zini turtib yuborgan Migel Solaning yuziga uchib boradi va futbolchi hushidan ketgancha, maydonda yotardi. Bundan so'ng Diego "Atletik"ning boshqa futbolchilariga tashlanadi – "jangga" hamma qo'shilib ketadi. O'sha kecha Maradona "Barselona" safidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi.





Qoida diktatorning o'limidan yarim asr o'tib ham amal qilmoqda. Hakam Franko bu ishlarni "shahar afsonasi" deb ataydi

Futbolchilarni ikki familiyasi bilan atash Franko o'limidan ancha o'tib ham yo'qolib ketmadi. Zamonaviy hakamlar ham tushunmovchiliklardan qo'rqmay, ismi va birinchi familiyasi o'rniga ikkala familiyasidan foydalanadi. SHunday qilib, Xesus Xil va Alexandro Ernandes endilikda Xil Mansano va Ernandes Ernandesga, Antonio Mateu – esa Mateu Laosga aylandi. Bazan ularni to'liq ism va familiyalari bilan atashadi, ammo federaciya rasmiy saytida ham urg'u aynan familiyalarga qaratilgan.

"Anana diktator Franko hukumati qulaganidan ancha o'tib ham o'zgarmadi. Men bu haqidagi tortishuvlarni ham umuman eshitmayman. Menimcha ko'pchilik buning barchasi qachon va nima sabab boshlanganini ham bilmasa kerak, – tushuntiradi Ispaniya fuqarosi Antonio Rodriges. – Bilishm bo'yicha, mamlakat futbol federaciyasida familiyalar borasida aniq talablar yo'q, vaqt o'tishi bilan barchasi odat tusiga kirgan.


Anxel Franko o'zini hakamlarning ikki familiya bilan chaqirilishiga aloqador deyishsa ranjiydi, u o'sha voqeani "shahar afsonasi" deb ataydi. Sobiq hakam jurnalistlarni bu kabi holatlar ko'p bo'lganiga ishonitirishga urinadi: Ortis de Mendivil, Medina Dias va Medina Iglesias. "El Pais" jurnalisti bu shunchaki tasodifga yo'yib – birinchisi shunchaki familiyasi emas, ismidan foydalangan, Iglesiaslar esa – o'zlarini adashtirmasliklari uchun ikkinchi familiyasini ishlatgan deydi. U yana aniqlik kiritadiki, ushbu qoida qabul qilingunga qadar, 24 hakamdan 16 nafari bitta familiyasidan foydalangan, qolganlari faqatgina o'zlarining birinchi familiyalari keng tarqalib, mashhur bo'lib ulgurgan bo'lsagina istisno qilganligi, yangi mavsumdan esa ularning barchasi birdaniga o'zining ikki familiyasidan foydalana boshlaganligiga etibor qaratadi.

Nazarimizda, aynan Franko Ernandes ispan hakamlari familiyalari talaffuz uchun bu qadar murakkab va jarangdor bo'lishiga sababchi.

Hozir Anxel Franko 82 yoshda. Sobiq referini to'liq ism familiyasi bilan chaqirishingiz mumkin. Hakamlik faoliyatini yakunlagach, u Hakamlar texnik-qo'mitasi vice-prezidenti bo'lib ishladi, endilikda esa uning futbol bilan aloqasi oddiy muxlis kabi, televizor orqali uni tomosha qilib, zavq olishdan iborat. Mahalliy gazetalar undan Ispaniya termasi o'yini haqida fikrini so'rashsa, u: "Men futbolni tushunmayman, faqat qoidalarni bilaman" deb qo'ya qoladi.

Uning besh nabirasidan biri futbolchi bo'lgan. Omadsiz o'yinlardan keyin bobosi uni bir xil so'zlar bilan ovutadi: "Tushkunlikka tushma, barchasiga hakam aybdor".

O'z navbatida, eslatib o'tamiz, bugun Ispaniya chempionati markaziy uchrashuvlaridan biri, butun dunyo etiborini o'ziga qaratuvchi "El Klasiko" bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti bilan 19:15da start oladigan o'yinni 1983 yilda tavallud topgan FIFA referisi Xose Mariya Sanches Martines boshqarib boradi. Ispanlarning jaydari tili bilan aytganda u Xose Sanches. Umid qilamizki, o'yindan keyin "El Klasiko"ni "dabdala qilgan" hakam deb, u haqida alohida maqola tayyorlashga to'g'ri kelmaydi.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика