Islom To'xtaxo'jaev: "Bugun Italiya, Franciya va Ekvador g'alaba qozonadi"
20 iyu 2014 18:33
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev: "Bugun Italiya, Franciya va Ekvador g'alaba qozonadi"
Braziliyada davom etayotgan JCH-2014da bugun yana 3 ta uchrashuv o'tkaziladi.
Markaziy o'yinlardan biri Franciya va SHveycariya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu ikki jamoa dastlabki turda mos ravishda Gonduras (3:0) hamda Ekvador (2:1) terma jamoalarini mag'lub etishgandi. SHu bois ham bugungi o'yinning qiziqarli o'tishi kutilyapti. Aynan mana shu uchrashuv guruh g'olibi nomini ham aniqlab beradi. SHuningdek, bugun Italiya Kosta-Rika hamda Ekvador Gonduras juftliklari ham o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Biz bugungi o'yinlar oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning Lokomotiv klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Islom, JCH-2014 o'yinlarini ko'rib boryapsizmi?
- Ochig'ini aytsam, hamma o'yinlarni ham ko'ra olmayapman. Markaziy uchrashuvlarni imkon qadar qoldirmaslikka harakat qilyapman.
- Ispaniya va Angliya terma jamoalarining mundialdagi omadsiz ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?
- Hamisha ham bir tekis o'yin namoyish etib bo'lmaydi. Menimcha, Braziliyadagi mundialda bu ikki terma jamoaga omad etishmadi.
- Bugun oqshom o'tkaziladigan o'yinlardan nimalar kutyapsiz?
- O'ylashimcha, bugun Italiya,Franciya va Ekvador terma jamoalari raqiblarini mag'lub etishadi.
- Hisoblarni taxmin qila olasizmi?
- ... (biroz o'ylab) Ekvador Gonduras - 2:0, Franciya SHveycariya - 2:1, Italiya Kosta-Rika - 2:0.
- Sizningcha, qaysi jamoa chempion bo'ladi?
- Odatda taxminlarim o'zini oqlab turadi. O'z uyida o'ynayotgani uchun Braziliya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Germaniya va Gollandiya ham o'z ishtirokini chakki boshlamadi.
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Fikrlar