Islom To'xtaxo'jaev: "OCHL reytingida O'zbekiston klublari uchun ochko qo'shishimiz kerak"
07 apr 2016 15:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203975_original.jpg)
![](/upload/storage/203975_220.jpg)
Islom To'xtaxo'jaev: "OCHL reytingida O'zbekiston klublari uchun ochko qo'shishimiz kerak"
OCHL 4-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Sepaxon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mikst-zonada "temiryo'lchilar" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev o'zining o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ldi. Temp yuqori bo'lgani yo'q. Raqiblarda ham imkoniyatlar bo'lgandi. Bizga omad ko'proq kulib boqdi. CHidamlilik evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Jarohatim? Ozgina bor. Lekin, qolgan himoyachilar ham ayni paytda jarohat olganlar. Yanichich, Yo'ldoshevlar bunga misol. SHifokorlar yordamida o'yinga tayyor bo'ldim.
Nasib qilsa keyingi o'yinlarda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz. CHunki, xar bir g'alabamiz orqali OCHL reyting jadvalida O'zbekiston klublari uchun ochko qo'shiladi", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar