Islom To'xtaxo'jaev: “Nasaf” – O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri”

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2018, 15:14
Bugun Superliganing 17-turi doirasida “Lokomotiv” o'z maydonida “Nasaf” bilan bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuvdan oldin “temiryo'lchilar” himoyachisi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bugungi o'yinga har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Superliganing barcha o'yinlari qiyin o'tmoqda. “Nasaf”ga qarshi yana qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. “Nasaf” O'zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu jamoani hurmat qilamiz. Xudo xohlasa bugungi bahsda o'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonishga intilamiz”, – dedi himoyachi.

“Lokomotiv” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi o'yin 18 iyun kuni soat 21:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz