So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Islom Rashidxonov: Oliy ligada 18 yoshda gol urish - qahramonlik emas Yangiliklar

Islom Rashidxonov: Oliy ligada 18 yoshda gol urish - qahramonlik emas

Yakuniga etgan mavsumda Qarshining Nasaf yarim himoyachisi Islom Rashidxonov raqib darvozasini ishg'ol qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Oliy liganing 8-turidan o'rin olgan Nasaf-Qizilqum uchrashuvida Rashidxonov o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Bu uning oliy ligadagi ilk goli edi. Yakunda o'sha gol Namangan futbol maktabi tarbiyalanuvchisiga oliy ligada raqib darvozasiga yo'l topa olgan eng yosh gol muallifi maqomini olib berdi. Qizilqum darvozasini ishg'ol qilgan kuni Islom 18 yoshu 198 kunlik edi. Bu yil oliy ligada eng yoshi katta gol urgan futbolchi esa Anvar Berdiev bo'ldi. Andijon hujumchisi 38 yoshu 198 kunligida to'p kiritib, bu mavsum rekordini qayd etdi. Biz Nasafning istedodli yosh yarim himoyachisi bilan dildan suhbatlashdik. Etiborga molik jihati shundaki, Islom Rashidxonov shu paytgacha umuman intervyu bermagan ekan.

- Islom, bu yil oliy ligada gol urgan eng yosh futbolchi bo'ldingiz. Bu haqda o'zingiz malumotga egamisiz?


- Ha, bundan xabarim bor. Odatda, mavsum yakunlanganidan so'ng matbuotda turli statistik malumotlar taqdim etiladi. Internet saytlarida joriy yil to'p kiritgan eng yosh futbolchi bo'lganim haqida o'qidim va bundan quvondim. Lekin boshqa tomondan, 18 yoshda oliy ligada raqib darvozasini ishg'ol qilish - qahramonlik emas.

- Keling, o'sha o'yinni esga olaylik. Adashmasam, tezkor gol urilgandi?


- Qizilqum bilan bo'lib o'tgan uchrashuvning 2-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qilgandim. Etiborlisi, bu oliy ligadagi ilk golim edi. Murabbiylar menga boshlang'ich tarkibda maydonga tushish imkoniyatini taqdim etishgandi. Bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil intildim.

- Bu asosiy tarkibdagi debyut o'yiningiz edimi?


- Yo'q, birinchi o'yin Obodga qarshi uchrashuvda qayd etilgandi. Lekin o'sha bahsda gol urolmagandim.

- Asosiy tarkibda maydonga tushish, baribir, boshqacha taassurot va his-hayajonni yuzaga keltiradi. Sizda bu holat bilinib qolganmi?


- Albatta, hayajon bo'lgan. Ochig'ini aytaman, debyut uchrashuvimni o'tkazganimda o'yinim o'zim xohlaganchalik chiqmagan, harakatlarimdan umuman qoniqmagan edim.

- Obodga qarshi uchrashuv oldidan Ro'ziqul Berdiev sizga nima degandi?


- Ro'ziqul Saydullaevich menga ishonch bildirayotganlarini aytib, maydonda qo'rqmasdan harakat qilishimni so'ragandilar.

- Ungacha yoshlar ligasidagi o'rinbosarlar jamoasida o'ynagansiz. Farq osmon bilan erchalik ekanligini tushunib etdingizmi?


- SHubhasiz. Bu ikki liga o'rtasidagi tafovut yaqqol ko'zga tashlandi. Buni ilk o'yinimdayoq sezdim. Oliy ligada o'yin surati yuqori. Taktik jihatdan fikrlash, qaror chiqarishda elita futbolchilari ustunlikka egalar. Qolaversa, jismoniy tayyorgarlikda ham farq bor. Futbol tili bilan aytganda, oliy ligada har tomonlama mukammallik mavjud.

- 27-raqamni tanlagansiz. Buning o'ziga yarasha sabablari bormi?


- Ro'ziqul Berdiev jamoamiz mamuriga 27-raqamli futbolkani menga berishini aytgan. Murabbiyimizning tavsiyasi bilan shu raqam ostida to'p surib kelyapman. Bundan xursandman. 27-sanada dadam tavallud topganlar. SHu bois, bu men uchun har tomonlama qadrli raqam.

- Nasaf bu yil ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Jamoangizning 3-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmayotganiga nima sabab deb o'ylaysiz?


- Bu savolingizga javob berishga qiynalsam kerak. CHunki oliy ligada hali ko'p o'yin o'tkazmadim. Qolaversa, shu paytgacha hali hech kimga intervyu bermagandim. Bu takabburlikdan emas. SHunchaki, katta futbolda hali hech narsa qilganim yo'q. To'g'ri tushunasiz, degan umiddaman. Lekin siz so'ragan ekansiz, o'zimning shaxsiy fikrimni bildirishga urinib ko'raman. Bu yilgi chempionatda jamoamiz taktik-texnik, jismonan, umuman, har tomonlama mukammal tayyorgarlikka ega edi. SHularni inobatga olib, mavsum avvalida klub oldiga mamlakat kubogini qo'lga kiritish, chempionatda o'tgan yilgi natijani yaxshilash vazifasi qo'yilgandi. Afsuski, yana 3-o'rin bilan kifoyalandik. Kubok finalida esa Lokomotivga imkoniyatni boy berdik. Bundan biz futbolchilar tegishli xulosalarni chiqarib oldik.

- Ro'ziqul Berdiev qanday murabbiy? Qattiqqo'lmi yoki ko'ngli bo'sh mutaxassismi?


- Bir narsani aniq ayta olaman - Ro'ziqul Saydullaevich o'z ishining ustasi. Bu murabbiy qo'l ostida futbol sir-asrorlarini o'rganishda davom etayotganimdan xursandman. Ham qattiqqo'l, ham talabchan, ham juda yaxshi do'st. Ularning insoniy jihatlarini hurmat qilaman.

- Nasafdagi sharoit, klubga tegishli bazaga ko'plab futbolchilarning havasi keladi. Markaziy stadionda keng ko'lamdagi qurilish ishlari ketyapti. Endi natija ham shunga monand bo'lishi kerak...


- SHubhasiz. Jamoa muxlislari yangi mavsumda bizdan yuqori natijalarni kutishadi va bunga ular har tomonlama haqlilar. Haqiqatan ham, siz aytgandek, bazamizga aksariyat futbol klublari havas bilan qaraydi. Kelasi yili ko'rsatkichlarni yaxshilashga harakat qilamiz.

- Kubok finalida o'tkazib yuborilgan tezkor gol Nasafning mag'lubiyatiga sabab bo'ldi, deb o'ylaysizmi?


- Fikrimcha, bunday emas. CHunki bizda o'yinning oxirgi daqiqalarigacha imkoniyat bor edi.

- Yil so'ngida eng yaxshi murabbiy va futbolchilarni aniqlash odat tusiga kirgan. Bu borada shaxsiy tanlovingiz qanday? Har ikki yo'nalishda kimlarga o'z ovozingizni bergan bo'lar edingiz?


- Murabbiylar nominaciyasida birinchi o'rinni Ro'ziqul Saydullaevichga beraman. Ikkinchi o'ringa Bunyodkor bosh murabbiyi Sergey Lushanni munosib, deb o'ylayman. Buxoro ustozi Jamshid Saidovni esa uchinchi o'rinda ko'rishni istardim. Futbolchilardan ikkinchi davrada jamoamiz safiga kelib qo'shilgan Dragan CHeranni mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlayman. Kuchli uchlikda jamoadoshim Bahrom Abdurahimov va Bunyodkor hujumkor yarim himoyachisi Eldor SHomurodovni ko'rishni xohlardim.


- Darvoqe, CHeran va Krasich jamoada qoladigan bo'lishdimi?

- To'g'risi, bundan xabarim yo'q. Lekin ularning Nasafda qolishlarini istayman.

- Endi biroz ortga qaytib, futboldagi ilk qadamlaringizni eslaymiz. Millionlar o'yiniga kirib kelishingizga kimlar sababchi bo'lgan?


- Birinchi sababchi otam bo'ladilar. Ularning o'zlari ham yashil maydonda to'p surganlar. Dadam men va akamni Navbahor klubiga qarashli futbol maktabiga olib borib, Azam Rajabboev qo'liga topshirganlar. Akam ikkimiz futbolning ilk sir-asrorlarini shu murabbiydan o'rganganmiz. Akam Akbarshoh Rashidxonov Navbahor azosi hisoblanadilar. Afsuski, jarohat sabab bu yilgi mavsumni o'tkazib yubordilar.

- Namangan futboli tarbiyalanuvchisisiz. Lekin Nasafga qanday kelib qoldingiz? Nima uchun Navbahorda qolmadingiz?


- 2011 yili Nasaf akademiyasi murabbiylari Namanganga kelib, men va do'stim Abdulaziz Nishonboevning o'yinlarini kuzatishgan. SHundan so'ng Nasaf akademiyasiga taklif qilishgandi. Ota-onam bunga rozi bo'lishgan. Mana besh yildirki, ajdarlar azosiman.

- Asosan hujumchi ortida harakat qilasiz, chap qanotda ham bemalol o'ynayverasiz. Bu poziciyalarda qaysi futbolchilarga havas qilasiz?


- Xorijliklardan Lionel Messi va Eden Azarning o'yinlari juda yoqadi. O'zimizning futbolchilardan jamoadoshim Bahrom Abdurahimovning harakatlariga yuqori baho beraman.

- Klublardan-chi?


- CHelsiga muxlislik qilaman. Londonliklar bu yil Antonio Konte boshchiligida ajoyib mavsumni o'tkazishyapti.

- Navbahor o'yinlariga ham befarq bo'lmasangiz kerak. Sizningcha, Namangan jamoasi nima sababdan autsayderga aylanib qoldi?


- Fikringizga to'liq qo'shilaman. Navbahor ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib boraman. Bu klubga hurmatim baland. Boisi, dadam, akam va men futbolning ilk sirlarini shu klubda o'rganganmiz. Bugunga kelib lochinlarning shunday holatga tushib qolishgani juda ham achinarli. Bundan 20 yil avval jamoa O'zbekiston chempioni bo'lgan. Ana shunday yubiley mavsumda Navbahor bir amallab oliy ligadagi o'rnini saqlab qoldi. Klubning muammolari esa bizga ayon emas.

- Islom, Nasaf OCHLni Toshkentda o'tkaziladigan pley-off o'yini bilan boshlaydi. Raqib haqida nima deya olasiz? Bu jamoa to'sig'idan o'ta olasizlarmi?


- Mavsumni boshqa klublarimizga qaraganda ertaroq boshlaymiz. Tayyorgarlik ko'rish uchun qisqa vaqt qolyapti. Murabbiylar raqib jamoani o'rganishni boshlab yuborishdi. Nasaf oldidagi eng birinchi vazifa - Bunyodkor stadionida o'tkaziladigan uchrashuvda g'alaba qozonish. Menimcha, raqibni bemalol mag'lub etsa bo'ladi. Buning uchun barcha futbolchilar yagona maqsadni ko'zlab maydonga tushishlari shart. Nasib qilsa, albatta, Al-Hidd klubidan ustun kelamiz. Bahrayn jamoasi kuchli, ular ham o'z oldilariga OCHLning guruh bosqichiga chiqish vazifasini qo'yishgan. Bu yilgi CHempionlar Ligasi bahslarida yo'l qo'yilgan kamchiliklardan to'g'ri xulosa chiqarib oldik, deb o'ylayman. Buni amalda isbotlashga harakat qilamiz.

- Uchrashuv Qarshida emas, Toshkentda o'tkaziladi. Bu Nasaf uchun qo'shimcha muammo tug'dirmaydimi?


- Aslo yo'q. Biz O'zbekistonda o'ynaymiz. Xabaringiz bor, Qarshidagi Markaziy stadionda rekonstrukciya ishlari davom etyapti. SHu bois ham, Al-Hiddga qarshi o'yinimiz 31 yanvar kuni Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.

- Agar mazkur uchrashuvda g'alaba qozonsanglar, 7 fevral kuni safarda Saudiya Arabistonining Al-Fotih jamoasi bilan kuch sinashasizlar...


- Hozir Saudiya klubi haqida o'ylayotganimiz yo'q. To'g'ri, xayolimizning bir chetida Al-Fotih ham bor. Lekin buning uchun, avvalo, Bahrayn jamoasi to'sig'idan o'tishimiz shart. Biz har bir uchrashuvda maydonga faqat g'alaba ilinjida tushamiz.

- Yoshlar terma jamoasiga taklif etilgan edingiz. Lekin...


- Jasur Abduraimov murabbiyligidagi yoshlar terma jamoasiga taklif qilishgan edi. Lekin murabbiylarga mening o'yin uslubim maqul kelmadi shekilli, keyingi yig'inga chaqirishmadi. Buning sababini ham aytishmadi.

- Nasaf bilan amaldagi shartnomangiz qancha muddatga imzolangan?


- Buni ayta olmayman, kichik sir, desam bo'ladi. Klub bilan tuzilgan bitimda kelishuv shartlarini oshkor etmaslik bo'yicha shunday band bor.

- Milliy termamizning bu yilgi saralash bahslaridagi ishtiroki sizda qanday taassurot qoldirdi? Keyingi uchrashuvlardan nima kutyapsiz?


- Birgina Eron termasi bilan Toshkentda o'tgan uchrashuvni inobatga olmasak, milliy jamoamiz yomon o'ynamadi. Tan olish kerak, poytaxtimizda bo'lgan bahsda eronliklar omad tufayli g'alaba qozonishdi. Futbolchilarimiz tomonidan yuzaga keltirilgan ko'plab xavfli vaziyatlar samarasiz yakunlandi. Koreya termasi bilan o'yinda ham ijobiy natijaga umid bor edi. Hisobni ochib olgandik. Afsuski, uchrashuv yakunidagi xato jamoamiz uchun qimmatga tushdi. 2017 yilgi saralash o'yinlaridan barcha qatori men ham ijobiy natijalar kutyapman. Termamizning jahon chempionatiga chiqishiga ishonyapman. Eng muhimi, murabbiylar shtabi va futbolchilarning o'zlari ham bunga ishonishlari kerak. SHunda ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'z navbatida, 2017 yilgi mavsumdan shaxsan o'zimning umidlarim katta. Nasafning asosiy tarkibidan muqim joy olish uchun astoydil harakat qilaman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика