So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Islom Isoqjonov: "Sovrinli o'rinlar uchun hozirgi harakatlarimiz kamlik qiladi" Yangiliklar

Islom Isoqjonov: "Sovrinli o'rinlar uchun hozirgi harakatlarimiz kamlik qiladi"

"Navbahor" Coca Cola Superliga 5-turida o'z maydonida "Buxoro" jamoasini qabul qildi.

Bellashuvda mehmonlar darvozasiga ikki bor yo'l topa olgan "lochinlar" muhim uch ochkoga ega chiqdi. Bahsdan so'ng "Navbahor" futbolchisi Islom Isoqjonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"G'alaba qozongan bo'lsakda oson o'yin o'tkazmadik. Hisobni ochganimizdan so'ng biroz xotirjamlikka berildik. Muhimi g'alaba va uch ochko. Superligada har bir qo'lga kiritilgan ochkoning qadri baland. Albatta, avvallari stadionimiz to'lib toshardi. Endilikda shunday sharoitga ko'nikishdan boshqa choramiz yo'q. Muxlislarning yo'qligi sezildi. Xozirda hamma jamoalarning holati tenglashgan. Bundan foydalanib qolishimiz kerak. Vaziyatdan kelib chiqib yanada kuchliroq va ishonchliroq to'p tepishimiz lozim. 

Oldimizga OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun har bir uchrashuvda jamoa bo'lib bir yoqadan bosh chiqarishimiz talab etiladi. Jamoamizda barchasi joyida va rejadagidek ketmoqda. Ammo, bu xotirjamlikka berilamiz degani emas. Hozirgi harakatlarimiz sovrinli o'rinlarga ega chiqishimiz uchun kamlik qiladi",- deydi Islom Isoqjonov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика