So’nggi yangiliklar

21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  18 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  44 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1

Islom Ismoilov: "Turon" har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushadi Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Turon" har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushadi

Xabaringiz bor, ertaga "Turon" jamoasi azolari Pro liga 3-turi doirasida safarda "SHo'rtan"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadilar.

Klub matbuot xizmati shu munosabat bilan jamoaning mazkur bahsga tayyorgarlik jarayoni xususida jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov bilan kichik intervyu tashkil qildi.

- Islom aka, ayni damda jamoa azolarining kayfiyati qanday?

- Futbolchilarning hozirgi xolati va kayfiyati alo darajada. Ertangi bahsga jiddiy hozirlik ko'rmoqdamiz. Biz uchun chempionatdagi har bir o'yin juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'z oldimizga aniq maqsad qo'yib olganmiz, barcha uchrashuvlarda oxirigacha faqat g'alaba uchun kurashamiz.

- "SHo'rtan"ga qarshi bahs oldidan tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Ha, afsuski Akmal Xolmurodov va Doniyor Ismoilovlarning jarohatlari bor. Lekin tarkibimizda ularning o'rnini to'ldira oladigan mahoratli futbolchilar bor, shu bois biz ertangi o'yinga to'liq tayyormiz deb ayta olaman.

- Jamoa ayni damda Qashqadaryoga etib borganmi?

- "SHo'rtan"ga qarshi safardagi o'yinni o'tkazish uchun kecha yo'lga chiqqandik, ayni damda Qashqadaryodamiz. Bugun kun davomida mashg'ulotlar tashkil etib, o'yinga tayyorgarlik jarayonini davom ettiramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика