So’nggi yangiliklar

13:30Лотар Маттеус: "Дунёда Ҳарри Кейндан яхшироқ ҳужумчини кўрмаяпман"  0 13:03МТЖ собиқ дарвозабони, меҳмонда зафар қучган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  4 12:30Цигер, Баҳромов, Ашортиа, Абдураҳмонов, Исмоналиев... Суперлига 25-тур рамзий терма жамоаси  0 11:59ПФЛ 17 клуб раҳбарияти иштирокида учрашув ўтказди  4 11:42"Насаф"да нима гаплар?  12 10:42Слот: "Тўртта кетма-кет мағлубият - бу яна бир синов"  3 10:16Дунёнинг энг қиммат таркибга эга жамоалар рўйхати эълон қилинди  11 09:39Гвардиола: "У - мен кўрган энг иқтидорли футболчилардан бири"  3 09:03Романо "Ноттингем Форест"нинг янги бош мураббийи ким бўлишини айтди  4 08:30Кичик Роналду терма жамоага чақирилди  17 08:03Мадрид клуби "Арсенал" стадионидаги вазият юзасидан УЕФАга шикоят йўллади  2 07:35Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" БАА жамоасига қарши майдонга тушади  12 01:22Каррагер "Ливерпул" трансферлари ҳақида: "Одатда бундай ишни "Реал" қиларди"  3 00:45Хулиан Альварес "Арсенал" билан ўйин олдидан: "Атлетико" исталган жамоани мағлуб эта олади"  3 00:15Ла Лига ўз футболчиларига таҳдид қилди  4

"Vaziyatga real qarash kerak, har bir raqibga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor" - Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Vaziyatga real qarash kerak, har bir raqibga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor" - Islom Ismoilov ishtirokidagi matbuot anjumani

U-17 jahon chempionati oldidan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchi Azizbek Erimbetov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.




"Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni Osiyo Kubogidan so'ng qisqa vaqt bor edi, barcha imkoniyatlarni ishga solib tayyorlandik. Kayfiyat yaxshi, jamoa tayyor",- deydi Islom Ismoilov. 

"Jahon chempionatiga yuz foiz tayyormiz, o'ylaymanki muxlislarni xursand qila olamiz",- deydi Azizbek Erimbetov.

- O'FA sizning oldingizga konkret vazifa qo'ydimi? Jahon chempionligi maqsad qilinganmi?

- Vaziyatga real qarash kerak. Aniq chempionlik vazifasi belgilangani yo'q. Lekin avvalgi natijalarni yaxshilashimiz kerak bo'ladi.

- Futbol bugungi kunda fan darajasiga chiqib bo'lgan. Bunda har bir murabbiyning o'z vazifasi bor. Islom Ismoilovning murabbiylar shtabi Jahon chempionati uchun kuchsizlik qilmaydimi?

- Men uchun murabbiylar shtabimdagilar eng zo'rlari. Masalan, Saudiya Arabistonida 34 nafar murabbiy ishlar ekan. Natijasi qanday? Murabbiyning ishiga natija baho beradi. Natija yomon bo'lsa, murabbiylar shtabi yaxshi ishlamagan bo'ladi. Yaxshi ketayotgan narsani o'zgartirgim kelmadi. O'FA tomonidan bu borada hech qanday taqiq bo'lmadi. Murabbiy olishimiz ham mumkin edi. Lekin men uchun hozir ishlayotganlar eng zo'ri.

- Hujumda asosiy yuk Asilbek Alievga tushib qolyapti. Nurbek Sarsenbaev esa 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan. Bu boshqa hujumchilarning yo'lini yopib qo'ymaydimi? Bu borada raqobat qanday? 

- Nurbek jamoa uchun juda katta foyda keltirgan futbolchi. Hozircha bir nechta hujumchilarga imkoniyat berildi, biroq ular terma jamoa darajasida o'yin ko'rsata olishmadi. Bizning asosiy maqsadimiz — guruh bosqichidan chiqish. Umid qilamizki, Nurbek guruh bosqichidan keyingi uchrashuvlarda bizga yordam beradi.

- Sadriddin Hasanov OFKning "eng yaxshi yosh futbolchisi" nominaciyalari qatorida ham bor edi. Lekin uning nomzodi g'olib bo'lmaganiga munosabatingiz qanday?

- Sadriddin Hasanov OFK tomonidan yilning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" sifatida tanlanmagani yaxshi bo'ldi. Sababi Jahon chempionatidan oldin bunday etirof uning keyingi faoliyatiga aks tasir ko'rsatishi mumkin edi. Men uchun har bir futbolchim – eng yaxshisi.

- Jahon chempionatidagi raqiblar haqida...

- Jahon chempionatida oson raqib bo'lmaydi. Paragvay o'z qitasida Argentina va Chilini mag'lub etgan. Panama jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Irlandiya evropacha futbol namoyish etadi. Bizda har bir raqibga qarshi o'ylab qo'ygan rejalarimiz bor.

- Kartochkalar va chetlatishlar haqida...

- Osiyo Kubogidan so'ng barcha jihatlarni, jumladan, kartochkalar masalasini ham tahlil qildik. Bu yosh o'tish davri hisoblanadi, futbolchilar hali yosh. Biroq biz ularni doimo ogohlantirib, tushuntirib kelyapmiz. O'ylaymanki, Jahon chempionatida bunday xatolar takrorlanmaydi. Har bir o'yinda futbolchilar oldiga yutish vazifasini qo'yamiz. Ko'pchilik aytishi mumkin, o'rtoqlik uchrashuvida natija shart emas, deb. Bu erda vatan shani turadi. Qaysi sxemani, taktikani sinovdan o'tkazishimizdan qatiy nazar g'alaba birinchi o'rinda turadi.

- Taktik tomonlama jamoangiz tayyormi? Intervyuingizda Jahon chempioni bo'lishni istayman dedingiz. Bunga salohiyatingiz etadimi?

- Bilim tomonlama doim o'rganishga majburmiz. Futbol bir joyda turmaydi. Taktik tomonlama ideal murabbiy emasman. Xorijliklardan ham, o'zimiznikilardan ham o'rganamiz. Jahon chempioni bo'lishga potencialimiz etadimi yoki yo'q, buni bilmadim. Lekin bir kun kelib orzuimga erishaman.

- Jahon chempionatiga ham sarimsoqpiyoz olib borasizmi?

- Jahon chempionatiga sarimsoqpiyoz emas, boshqa xiyla o'ylab qo'yganmiz (kuladi).

- Futbolchilarning jismoniy holati qanday?

- Futbolchilarimizning jismoniy holati doimiy ravishda nazoratda. Osiyo Kubogida ko'plab jamoalarda o'yinlar davomida charchoq sezilgan bo'lsa, bizda aksincha — o'yindan-o'yinga jismoniy tayyorgarligimiz yaxshilanib bordi. Umid qilamanki, Jahon chempionatida ham shu holatni saqlab, ijobiy natijalarga erishamiz.

- Penaltilar seriyasi nozik nuqtamiz hisoblanadi. Jamoangiz penaltilarga tayyormi?

- Mashg'ulotda penalti tepish bilan o'yindagi holat butunlay boshqacha. Shu bois biz hozir bu borada ilmiy yondashuv asosida ishlayapmiz, raqiblarni ham tahlil qilib chiqyapmiz. O'ylaymanki, bu boradagi noxush ananaga barham beramiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

+3   
17 okt 17:20:28
BXZ BXZ
Феномен foydalanuvchining fikriga javob berish
Ха катта гапириш бўйича биринчи ўринда турамиз ўзи тўғри финал бу орзу чемпион бўлиш бизникилар учун бўлиш бир мўжиза Жанубий америка ва африка ёшлари доимо кучли кучли бўлишган лекин бу футбол хамма нарса бўлиши мумкин
Бу катта гапириш эмас бу яхши ният билан катта орзу килиш ва ёзганимга ахамият берсангиз Аллах у́зи ку́лласа бу ният амалга ошиши мумкин . Бу орзу ва ният холос .
+2   
17 okt 21:39:14
safo78
У бу деяпсизлару лекин бу ёштоифасида ҳар нима кутса бўлади чемпион бўлса ҳам ажабланмайман.
Чунки бу ёшда стабиллик Бўлмайди.
Зўр ўйнаб турган жамоа ўтириб қўйиши мумкин,бошқаси аксинча зўр ўйнавориши мумкин.
Бизни ёшларни потенциали юқори бунга осиё кубогида гувоҳи бўлдик.
+2   
17 okt 21:22:13
Mahmud Ttww
Чемпион бўла олмас, лекин интилиш ва мақсад бор экан, бунинг ўзи катта ютуқ, интилганга толе ёр, олға йигитлар.
+2   
17 okt 20:27:49
BXZ BXZ
uzb foydalanuvchining fikriga javob berish
Охоооо......чемпион булади,камида 2чи урини олади деб онгли равишда айтяпсизми? Ёки кайпда ёзвордезми ака )))
Аввало яхши ният билан агар Аллах хохласа чемпион бу́лади деб ният килвотман кейин ман мусулмон инсонман харом спирли ичимлик ичмайман шунинг учун озгина у́йлаб кейин ёзинг ёки сизда яхши ният килиш бу онгсизликми ёки харом кайфдами .
+2   
17 okt 17:43:36
Abdusalom Mirzayev
Баракалла, фақат олға бос, яратганни ўзи мададкор бўлсин.
+2   
17 okt 16:44:49
BXZ BXZ
Агар омад ва жипслик бу́лса хеч гап эмас бу жамоа чемпион бу́лади камида финалчи яъни иккинчи у́ринни олиши мумкин . Аллах у́зи ку́лласин ва омадини берсин жамоамизни .
+1   
17 okt 19:28:18
Odilbek Abdushukurov
Bu murabbiy va jamoadan muxlislarning umidi katta. Ishonchni oqlaydi deb ishonamiz. Omad.
+1   
17 okt 17:13:07
Феномен
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар омад ва жипслик бу́лса хеч гап эмас бу жамоа чемпион бу́лади камида финалчи яъни иккинчи у́ринни олиши мумкин . Аллах у́зи ку́лласин ва омадини берсин жамоамизни .
Ха катта гапириш бўйича биринчи ўринда турамиз ўзи тўғри финал бу орзу чемпион бўлиш бизникилар учун бўлиш бир мўжиза Жанубий америка ва африка ёшлари доимо кучли кучли бўлишган лекин бу футбол хамма нарса бўлиши мумкин
   
18 okt 08:41:15
Koku
Ислом ука осиеда чемп бугансан, жчда эмас, намунча ажоиб хаелпарастдака куен кетидан кууу, куууу, дееб юрипсан
   
18 okt 08:10:51
UFA bu UFA
Bu tarkibda kamida 2-3 ta Yevroklassdagi futbolchilar bor.
   
18 okt 02:53:41
Abdulaziz Xamroyev
Jahon chempioni boʻlishini bzayam xolimz lekn oʻrtoqlik uchrashuvlarida magʻlubiyatla boʻldi wu odami dilini Xira qiladi
-3   
17 okt 18:07:53
uzb
BXZ BXZ foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар омад ва жипслик бу́лса хеч гап эмас бу жамоа чемпион бу́лади камида финалчи яъни иккинчи у́ринни олиши мумкин . Аллах у́зи ку́лласин ва омадини берсин жамоамизни .
Охоооо......чемпион булади,камида 2чи урини олади деб онгли равишда айтяпсизми? Ёки кайпда ёзвордезми ака )))
-4   
17 okt 18:03:30
uzb
Ирландия европача футбол намоиш қилади........,буни қаранга буни биз билмаган эканмиз ) Ирландия европа қитасида булгандан кейин африканча футбол уйнашини кутганмидинг? Исломжон
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика