So’nggi yangiliklar

20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16

Islom Ismoilov: "Har doim murabbiylik faoliyatimga tanqidiy yondashaman" Yangiliklar

Islom Ismoilov: "Har doim murabbiylik faoliyatimga tanqidiy yondashaman"

Pro liga 14-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon"(1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday?

- Bugun derbiga xos o'yin bo'ldi. Har tomonlama, shiddat va murosasiz kurashlar jihatidan ham qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik."Neftchi"ga qarshi o'yin standart vaziyatlarga, yakka kurashlarga boy tarzda o'tishini oldindan bilgandik.

Jamoamiz o'yinning dastlabki qismida gol kiritdi, birinchi bo'limda ustunlikka ega bo'layotgandik. SHundan so'ng o'yinimizda bir oz pasayish yuzaga keldi. Bu xolat oldingi o'yinlarimizda ham kuzatilgandi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng himoyaviy o'yin uslubiga o'tib qolayapmiz negadir. Jamoa hisob tenglashsa, bemalol oldinga chiqishga kuch topa olayapti. Demak bu jismoniy imkoniyat bilan bog'liq xolat emas, balki ruhiyat bilan bog'liq jihat. Bu kabi xolatlarni ko'rib chiqamiz va yanada ko'proq ishlaymiz. Bugun oxirgi daqiqalardagi etiborsizlik oqibatida gol o'tkazib yubordik.

- Otabek Haydarov nega uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi?

- Otabek Haydarovda jarohat bor. "Dinamo"ga qarshi bahsda oyoq qismidan jarohat olgan va ayni damda davolanmoqda.

- Islombek Ismoilov Pro liga birinchi davrasidagi faoliyatidan kelib chiqib o'ziga necha ball qo'ygan bo'lardi?

- Men hech qachon o'zimga baho bermaganman. Har doim o'z ishimga tanqidiy yondashganman. Har doim o'zimga past baho qo'yaman, chunki ishimdan qoniqish hosish qilishim to'g'ri bo'lmaydi. Pro liganing birinchi va ikkinchi davrasini ham birinchi o'rinda tugatmoqchi edik. Hozir uchinchi o'rindamiz, demak bu biz uchun qoniqarli natija emas.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика