Islom Ahmedov Qirg'iz Respublikasi klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
05 mar 12:26
Yangiliklar


Islom Ahmedov Qirg'iz Respublikasi klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi
"Abdish Ota" sobiq bosh murabbiyi Islom Ahmedov Qirg'iz Respublikasining boshqa bir klubida ish boshladi.
O'zbekistonlik mutaxassis "Aziyagol" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Jamoa bilan birga muvaffaqiyat va ajoyib g'alabalar tilab qolamiz", — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ahmedov o'tgan mavsum Qirg'iz Respublikasi chempionatida "Abdish Ota" bilan mamlakat chempioniga aylangan va mavsum yakuniga ko'ra eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar