Rasman: Islom Ahmedov yil oxirigacha “Andijon” bosh murabbiyi vazifasida qoladi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 16:53
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Ma'lumki, shu yilning 14 aprel sanasida Islom G'ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

Ortda qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 o'yinda 4 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etdi.

2.jpg

Tabiiyki, natijalar ijobiy ko'rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.

Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxiriga qadar Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to'laqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.

Bundan keyin ham Ahmedov va uning shtabiga ishonch bildirilishda davom etiladi va ijobiy natijalar bardavom bo'lishini tilab qolamiz”, – deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати