So’nggi yangiliklar

05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  25 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  13 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2 23:30АПЛ. "Манчестер Юнайтед" сафарда "Арсенал"ни мағлуб этди  32 22:18"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди  17 21:30"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  96 21:23"Сурхон" голларга бой баҳсда Россия клубини мағлуб этди  10 21:12АПЛ. "Челси" топ-4га қайтди, "Астон Вилла" эса "Ньюкасл"ни сафарда мағлуб этди  4 20:54Назорат ўйини. "Насаф" "Енисей"га ютқазди  23 20:13"Атлетико" ўз уйида "Мальорка"ни тор-мор этди  4 20:01Назорат баҳси. Самарқанднинг "Динамо"си Россиянинг 6 карра чемпиони ЦСКАни мағлуб этди  33 19:30"Актобе" Португалия терма жамоаси афсонаси Луиш Нани билан шартнома имзолади  12

Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboev jamoasi mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Belarus chempionati. Jasur Yaxshiboev jamoasi mag'lubiyatga uchradi

"Isloch" hamda "SHaxtyor Soligorsk" o'rtasidagi Belarus chempionatining 22-tur uchrashuvi yakuniga etdi.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. GOL! "Isloch" hisobni 4:2 ko'rinishga keltirdi. Yanush o'yinga nuqta qo'ydi.

86. GOOOL! Burko o'ng qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

80. "SHaxtyor" ustozi o'yinda burilish amalga oshirish uchun bir nechta o'zgarish qildi.

74. Yaxshiboev raqib jarima maydonchasi ichida simulyaciya ishlatgani uchun sariq kartochka oldi.

71. 3:1! Bu safar Yanush "SHaxtyor Soligorsk" darvozasini ishg'ol qildi.

69. GOL! Yana "Isloch" hisobda oldinda. Yana Yusov gol urdi.

68. Gofri Stefan "Isloch"ni hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi, ammo uning zarbasini Gutor qaytardi va jamoasini goldan qutqardi.

62. "SHaxtyor" o'ta xavfli hujum tashkil qildi, biroq Ivanovich so'nggi zarbani berishda xatoga yo'l qo'ydi.

55. Podstrelovning uzatmasidan so'ng "SHaxtyor" hujumchisi qulay vaziyatga chiqayotgandi, ammo "Isloch" himoyachilari to'pni qaytara olishdi.

53. Yaxshiboev boshlagan hujum "Isloch" darvozasiga zarba bilan yakunlandi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

48. GOOOL! HISOB TENGLASHDI! Yaxshiboev raqib himoyachisining xatosidan so'ng to'pni egalladi va tezlik bilan uni Arxipovga uzatdi. Arxipov esa vaziyatdan unumli foydalanib, darvozani ishg'ol qildi. 1:1! <

br>



46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

TANAFFUS

41. Jasurning ajoyib uzatmasidan so'ng "SHaxtyor" futbolchisi darvozaga zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.

38. Yaxshiboev ikkinchi qavatdagi to'p uchun kurashda g'alaba qozonib, to'pni jaomadoshiga olib berdi, ammo "SHaxtyor" futbolchilarining keyingi harakati omadsizlik bilan yakunlandi.

30. "SHaxtyor" o'yinni o'z zonasidan uzoqlashtirdi va endi to'pga egalik qilib, ketma-ket hujumlar amalga oshirmoqda.

24. "SHaxtyor"da jarimadan zarba berish imkoniyati paydo bo'ldi. Standartni Sachivko amalga oshirdi va to'pni "Isloch" posboni egallab oldi.

22. Hozircha "Isloch" raqibidan faolroq harakat qilmoqda.

18. ZARBAAA! Yaxshiboevning zarbasidan so'ng raqib posboni to'pni katta qiyinchilik bilan qaytardi.

14. Hozircha Belarus chempionati to'purari Jasurbek Yaxshiboev (12ta gol) ko'zga tashlanmayapti, shunga qaramay undan gollar kutib qolamiz.

10. GOL! Afsuski, "Isloch" hisobni ochdi. 1:0! Gol muallifi Yusov.

5. "Isloch" oq, "SHaxtyor" och yashil rangda o'ynamoqda. Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz o'quvchilari, Jasur Yaxshiboev to'p tepayotgan "SHaxtyor Soligorsk" jamoasining bugungi o'yini sizlar uchun matnli translyaciya qilinadi.


"Isloch" - "SHaxtyor Soligorsk" 4:2

Gollar: Yusov 10, 69, Yanush 71, 90 - Arxipov 48, Burko 86.

"Isloch": Xatkevich, Karpovich, Komarovski, Koncevoy, Makas, Papush, Patotskiy, Stefen, Yanushkevich, Yanush, Yusov.

"SHaxtyor Soligorsk": Gutor, Arxipov, Burko, Ivanovich, YAXSHIBOEV, Xadarkevich, Podstrelov, Sachivko, Selyava, Czoke, Vukmanich.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика