Islandiya JCH-2018ga diplomatik boykot elon qildi
27 mar 2018 11:57
Yangiliklar


Islandiya JCH-2018ga diplomatik boykot elon qildi
Islandiyalik yuqori amaldorlar JCH-2018ni ko'rish uchun Rossiyaga bormaydi.
Solsberiga qilingan kimyoviy hujumdan keyin Islandiya mamlakati Buyuk Britaniya bilan birgalikda Rossiyaga qarshi diplomatik boykot elon qildi.
Ayni damda Islandiya davlati Rossiya bilan aloqalarni to'xtatib qo'ygan. Mamlakat rahbarlari, yuqori lavozimli amaldorlari Rossiyadagi Jahon chempionatiga bormaydi.
Bu haqda Islandiyaning tashqi ishlar vaziri Gudlaugur Tor Tordarson rasman elon qildi.
Eslatib o'tamiz, Islandiya termasi o'z tarixida ilk mart mundialda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar