Isko: “Real”da sheriklarimga taqdim etilayotgan imkoniyat menga berilmayapti”

8 fev 2019, 08:50
Isko “Qirollik klubi” sobiq o'yinchisi Ruben de la Redning o'zi haqida bildirgan munosabatiga javob qaytardi.

De la Red Iskoning klub asosiy tarkibida muqim o'ringa ega emasligini ta'kidlab, “Real” hech kimni kutib turmasligini, Isko esa buni tez anglashi lozimligi haqida yozgan.

“De la Redning barcha fikriga qo'shilaman. Ammo jamoadoshlaring kabi imkoniyatga ega bo'lmasang, bu hammasini o'zgartirib yuboradi. Ammo shunga qaramay yurakdan ishlab, imkoniyat paydo bo'lishi uchun kurashishda davom etaman”,-deydi Isko.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS