

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres futbolchi bilan shartnoma shartlariga Isko bitim muddati tugamaguncha "Barselona"ga o'tmasligi haqida band qo'shgan. Agar Isko ko'k-anorranglilar safini to'ldirishni istasa, 2018 yilning yozigacha kutib, erkin agent bo'lishiga to'g'ri keladi.
Oldinroq Isko munosib taklif tushsa "Real"ni tark etishga tayyor ekanligi haqida e'lon qilingan edi.



