Isko maosh talabi sabab yangi klub topa olmayapti
04 iyu 2022 12:58
Yangiliklar
Isko maosh talabi sabab yangi klub topa olmayapti
"Real"ni erkin agent maqomida tark etadigan yarim himoyachi Isko yuqori maosh talabi sabab yangi klub topa olmayapti.
"Real" allaqachon 30 yoshli hujumkor xavbek bilan shartnomani uzaytirmaslik qarori sabab uning ketishi elon qildi.
Iskoga "Sevilya", "Valensiya" va "Betis", shuningdek Italiyaning "Roma" klubi qiziqish bildirgan edi, ammo ushbu to'rt klub o'yinchining maosh borasidagi talabini qondirishga tayyor emas. Isko hozirda "Real"da olayotgan 7 mln evro atrofidagi maoshini saqlab qolishni xohlaydi.
Isko "Real"ga 2013 yilda "Malaga"dan o'tgan edi. U jamoa tarkibida 5 karra CHempionlar Ligasi, 3 karra Ispaniya chempioni va bir bor UEFA Superkubogi sohibiga aylandi.
Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar