Ishlar deyarli pishgan. Maguayr MYUga o'tadi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 14:26
"Lester" himoyachisi Garri Maguayr yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 26 yoshli markaziy himoyachi uchun 83,5 million evrodan voz kechadi. Shu orqali Garri dunyodagi eng qimmat himoyachiga aylanadi. Tomonlar kelishuvga erishgan. Futbolchining o'zi ham jamoasini almashtirishga qarshi emas.

MYU Maguayr uchun kurashda "Manchester Siti"ni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail