Ishirilgan ishonch - CHiroqlari singan press-klubdagi tomosha voqeasi
29 iyu 2017 15:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/261758_original.jpg)
![](/upload/storage/261758_220.jpg)
Ishirilgan ishonch - CHiroqlari singan press-klubdagi tomosha voqeasi
Juda uzun bu serialning faqat nomi yoqadi. Yaqinda shu serial nomiga mos bo'lgan bir tadbirda qatnashish baxtiga muyassar bo'ldik. Kazo-kazo va hokazolar qatnashgan tadbirda. Qorong'u, xuddi sham yoritib turganday romantik xonada kechdi bu tadbir. Ha, gap Xalqaro Press-klubning sportga bag'ishlangan soni haqida ketmoqda.
XOMXAYOL
Bu tadbir nomigagina sportga bag'ishlanishi, asosiy masala futbol haqida
bo'lishini kutgan edi ko'pchilik. Ayniqsa Tehrondagi sharmandalikdan keyin.
Lekin bu shunchaki xomxayol bo'lib chiqdi. Millionlab odamlarning ovunchog'iga
aylangan futbolga shu kecha ot sporti, jismoniy tarbiya o'qituvchilari va
ayollar sporti kabi juda ko'p mavzular orasida birrovga nazar tashlandi,
xolos. Etmaganiga, jonli efirda ketishi iddao qilingan bu spektakl
boshlanishidan oldin qatnashuvchilarga eslatib qo'yildiki, biz bu erga
kimnidir qoralash uchun emas, yurtimizda sportning qanchalik ravnaq
topayotgani haqida gaplashish uchun yig'ilgan ekanmiz. Bu eslatma
ko'pchilikning tarvuzini qo'ltig'idan tushurib yubordi. Tadbirga Olimpiada
chempionlari va sovrindorlari, taniqli sportchilar ham taklif etildi.
Xuddiki, biz ularning borligini bilmaydiganday. Bir kun oldin futboldagi
vaziyatning ayanchli ekani haqida gapirgan yulduzlar shu kecha umuman boshqa
narsalar haqida gapirishdi. Ularni shu haqda gapirtirishdi, desak, to'g'ri
bo'ladi. Bunda ularning aybi yo'q. Aslida bu sportchilar barchasini sport
musobaqalarida isbotlab bo'lishgan. Bu kecha boshqa narsalar isbotlanishi
kerak edi ko'm-ko'k chiroqlar yonib turgan romantik xonada…
SHISHIRILGAN ISHONCH
Tadbir tashkilotchilari uzundan-uzoq nutqlardan keyin nihoyat futbol mavzusiga o'tishganda, O'zbekiston Futbol Federaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaevga o'ziga xos tuhfa taqdim qilishdi. Ularning aytishicha, muxlislar tomonidan yuborilgan va Ishonch so'zi yozilgan shar federaciya vakiliga berildi. Emishki, shu orqali futbolchilarga muxlislarning ishonchi etkazilibdi.
![](https://championat.asia/upload/storage/261750_680.jpg)
Tashkilotchilar o'zlari bilibmi, bilmaymi zo'r sovg'a berishdi. SHar bu – o'zi kichkina, lekin havo bilan to'ldirilganda katta ko'rinadigan narsa. O'zbekchasiga aytsak, pufak. Yani, puflangan, shishirilgan, bo'rttirilgan. Aslida muxlislarning ham bugungi futbolimizga bo'lgan ishonchlari mana shunday sharga o'xshaydi. Aslida ishonch juda kichkina, lekin telekanallarda, nomi tantanavor, matbuot do'konlarida sotilmaydigan, majburan obunachilarga tarqatiladigan gazetalarda bu ishonch shishirib ko'rsatiladi.
HAMMASI YAXSHI, JUDA YAXSHI
![](https://championat.asia/upload/storage/261754_680.jpg)
Nimagadir bizda matbuot anjumanlari, konferenciyalar mutasaddilar bilan qandaydir muammoni hal qilish borasida o'tkazilmaydi. Bunday tadbirlar albatta tantanavor ruhda o'tishi kerak. Buning ustiga davlat telekanalida ko'rsatilayotgan bo'lsa. Juda ko'p marotaba Rio Olimpiadasi eslandi. U erdagi medallar soni, bizning umumjamoa hisobida nechinchi o'rinni egallaganimiz ko'p takidlandi. Axir biz yutuqlardan sarmast bo'lish uchun emas, kamchiliklarni muhokama qilish uchun yig'ilgandik-ku?! Bunaqa qo'lga kiritib bo'lgan natijalarimizni eslab, bir-birimizni maqtab o'tiradigan bo'lsak, o'sish bo'ladimi? Etibor bering, bizda biznes rivojlanib ketdi. Bu sohadagilar yaxshi yashashmoqda. Mehnatlarining samarasi o'laroq, albatta. CHunki ular Asakadagi mashina zavodi bilan faxrlanishdan tashqari kelajakdagi rejalari xususida ham o'ylashmoqda. Futbolda esa biz hamon 1994 yildagi g'alabani eslab yuramiz. SHu sabab oldinga siljish yo'q. Endi boshqa sport turlaridagi natijalarni ham futboldagi kamchiliklarni xaspo'shlash uchun ishlatishmoqda. Bu endi insofdan emas. Biz qanchalik ko'p paxta etishtirmaylik paxtadan non qilib bo'lmaydi. Bu uchun bug'doy kerak. Sportning ham shunga o'xshash turlari bor. Boks bo'yicha mingta chempion chiqarmaylik bu muxlislar uchun bitta futbol bo'yicha milliy terma jamoa bergan zavqni bera olmaydi. Biz boshqa sportdagi yutuqlarni inkor qilmagan holda futbolimizdagi muammolar haqida gaplashmoqchi edik, lekin har burchakdan bir xil gaplar chiqaverdi: hammasi yaxshi, hammasi yaxshi…
SINGAN CHIROQLAR
Eng boshidagi singan chiroqlar haqidagi gaplarga qaytsak. Bu uchrashuv juda
yorug' o'tishi mumkin edi, o'sha ko'k chiroqlar miltillab turgan romantik xona
chinakam triller maydonida aylanishi mumkin edi AGAR… Barchasi to'g'ri
tashkillashtirilganida! Oddiy misol, o'zbek futbolini yoritadigan eng katta
internet sayt http://Championat.asia
rahbari Nodirxo'ja Yo'ldoshev so'z so'rab qo'li og'rib ketdi, lekin unga
navbat berishmadi. Diyor Imomxo'jaevdan qanchalik qo'rqishlarini, unga qanday
nafrat bilan qarashlarini o'sha erda ko'rdik. Sababi - to'g'ri gapni gapirishi,
maddohlik qilmasligi va kattalarni ko'rganda qulluq qilmasligi. So'z
ko'pincha Davlatniki degan vahimali nomi bor OAV xodimlariga berildi.
Asosiy vaqt ot zavodlari, sport kiyimlari, jismoniy tarbiya darslari
haqidagi gaplarga ketmaganida Babayan nima uchun Rossiyaga ketib qolgani,
Lobanov qachongacha terma jamoada o'ynashi, nima uchun muxlislar fikri
eshitilmasligining sababini bilib olgan bo'larmidik. Biroq endi bularning
hech birini bilolmaymiz, ular qorong'uda sirligicha qolib ketdi. CHunki o'sha
kecha chiroqlar singan edi…
O'tkir JALOLXONOV
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar