Isak so'nggi 6 o'yinda 8ta gol urdi
10 fev 2020 03:55
Yangiliklar


Isak so'nggi 6 o'yinda 8ta gol urdi
Ispaniya chempionati 23-turida "Real Sosedad" "Atletik Bilbao"ni mag'lub etdi (2:1).
San-Sebastyanliklarning g'alaba goli 83-daqiqada Aleksander Isak tomonidan urildi.
20 yoshli forvard so'nggi 6 o'yinda o'zini yaxshi tomondan ko'rasatdi. U mazkur bahslarda jami 8 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Jumladan, "Osasuna" (3:1) va "Real"ga qarshi (4:3) mamlakat kubogi bahslarida hujumchi tabloga o'z nomini ikki martadan yozdirib qo'yishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar