So’nggi yangiliklar

14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  0 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4

Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Bir kishi ko'p bo'lib o'ynash oson deb o'ylashadi. Ammo bunday emas" Yangiliklar

Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Bir kishi ko'p bo'lib o'ynash oson deb o'ylashadi. Ammo bunday emas"

U-23 Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Avstraliya U-23 va Iroq U-23 termalari o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O'yindan so'ng,  Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. O'yin juda qiyin kechdi. Avstraliya tarkibida kuchli futbolchilar ko'p. O'yin ham kurashlarga boy o'tdi. 17-daqiqada Avstraliya futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi. Biz dastavval buni katta ustunlik deb o'yladik. 72 daqiqa ko'pchilik bo'lib harakat qildik. Ko'pchilik bu o'yinda g'alaba qozonishimiz oson deb o'yladi. Ammo men bunday fikrda emasman. Ular birgina hujumchi kamroq o'ynashdi. Himoyada esa o'sha sakkiz o'yinchi harakat qilishdi davom etdi. SHu sabab ham buni katta ustunlik deya olmagan bo'lardim. Avstraliya juda tarkibli jamoa. Ammo biz baribir ham ikki ochko yo'qotdik deya olaman.

- O'yinning eng yaxshi o'yinchisining uchrashuv haqidagi fikrlari qanday?

- Avstraliya juda kuchli o'yin ko'rsatdi. G'alaba qozonmoqchi edik. Biroq bunday bo'lmadi. Muxlislarimizga keyingi o'yindan bundan yaxshiroq bo'lishini aytmoqchiman. 

- Janob murabbiy, hujumdagi harakatlaringizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- 10 kishiga qarshi birgina gol urganimizni hisobga olsa, yo'q. Biroq, Avstaraliya himoyada sakkiz o'yinchi bilan harakat qildi. O'yinchilarim ham gol urish oson deb o'ylashdi. So'nggi daqiqalarda ajoyib vaziyat ham bo'lgandi. Ammo gol ura olmadik. Futbolchilarim harakat qilishmoqda, gol urishga intilishmoqda. Omad ham bu erda rol o'ynadi. Nima ham deya olaman. Yaxshiroq natija ko'rsatishimiz lozim edi. 

- Hakamning qizil kartochka borasida qarori haqida fikringiz qanday?

- Barchamiz hakamning qarorini hurmat qilishimiz lozim. VAR orqali bu qizil kartochka emas degan qarorga kelinsa ham, biz bu qarorni hurmat qilishimiz lozim. Hakam yaxshi uchrashuv o'tkazdi. Men rahmat deb qolaman.

- Qarshi shahri haqidagi fikringiz..

- Men nimadir deya olmayman. Sababi, bizning bu erga kelganimizga endigina bir hafta bo'ldi. SHunda ham, faqat mehmonxona va maydonni ko'rdik. Mehmonxona oynasidan qaraganimda shahar toza ekanligini ko'rdim. Odamlari ham mehmondo'st. Ajoyib shahar. Mehmonxonada ham bizg qo'llaridan kelgancha yordam berishmoqda.

- Avstraliya kiritgan ajoyib golda hujumchining mahorati katta rol o'ynadimi yoki himoyachi xato qildimi?

- Ikkalasi ham, 50 ga 50. Hujumchi juda kuchli harakat qilganini takidlashim joiz. Unda atletik hislatlar ham borligini ko'rdim. Himoyachi esa unga juda yaqin edi. Menimcha himoyachi u bundan gol urishini kutmagandi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика