So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Iroq bosh murabbiyi: "Eron? U erda o'ynaganman va darajani bilaman" Yangiliklar

Iroq bosh murabbiyi: "Eron? U erda o'ynaganman va darajani bilaman"

U-20 Osiyo Kubogi 3-turi doirasida Suriyaga qarshi bahsdan keyin Iroq termasi bosh murabbiyi Emad Muhammad o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida fikrlaringizni aytib o'tsangiz?

- (kuladi) Juda qiziq o'yin bo'ldi, ko'p imkoniyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Raqib uzun paslar bilan o'ynadi va bu bizga muammo tug'dirdi. Guruhdagi barcha o'yinlarni qiyin bo'ldi deb o'ylayman, lekin biz kuchli 8ta jamoadan biri bo'ldik va birinchi maqsadimizga erishdik. Bizning bir nechta o'yinchilar ushbu uchrashuvda ishtirok etmadi. Lekin ular keyingi uchrashuvga tayyor bo'lishadi. Keyingi o'yinda Yaratgan bizni jahon chempionatiga olib chiqishiga umid qilaman.

- Bugungi turnirning jamoangiz uchun bo'lgan foydasi haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu katta tajriba. Biz har bir uchrashuvda har xil raqiblar bilan o'ynadik va katta tajriba orttirdik va eng muhumi guruhdan chiqdik, maqsadimiz - jahon chempionatiga esa bir qadam qoldi.

- Futbolchilaringiz juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadi, bunga sabab nima?

- Muammo shundaki, murabbiy har doim o'yinchilarga qanday gol urishni o'rgatishi kerak, lekin futbolchilarga maydonda murabbiy yordam bera olmaydi. Turnir oldidan bir qancha o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashdik va ko'plab gol urdik, lekin turnirda bizni nima jin urdi bilmayman. Bu muammoni iloji boricha tezroq hal qilishga harakat qilamiz.

- CHorak finaldagi raqib jamoa Eron haqida fikr bildirib o'tsangiz. Eron futboli jismoniy tomonlama kuchli ekanligi bilamiz. Iroq terma jamoasi keyinga raqibga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rmoqchi?

- Pley-offdagi barcha jamoa juda kuchli. Men Eron klublarida o'ynaganman va u er futbolining kuchini bilaman. Ularga qarshi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishga haraqat qilamiz. Kim kuchliroq bo'lganini o'yinda ko'ramiz va o'sha kuni kuchliroq bo'lgan jamoa yarim finalga yo'l oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика