Irismetov xorij matbuoti nigohida
29 iyu 2016 17:30
Yangiliklar
Irismetov xorij matbuoti nigohida
Jafar Irismetovning futbolchilik paytida qayd etgan natijalari nafaqat bizni, balki xorijlik hamkasblarimizni ham befarq qoldirmagan.
CHindan ham uning amalga oshirgan ishlari tahsinga loyiq. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federaciyasi tomonidan 2012 yili elon qilingan tahlil natijalariga ko'ra Irismetov faoliyati davomida 428 ta o'yinda 239 ta gol urgan holda umumiy reytingning 9-pog'onasidan joy olgandi. Bunday ko'rsatkichni qayd etish oson ish emas, albatta. Bilasiz, Irismetov futbolchilikni tugatganidan keyin murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qilgan. Ammo hozirda unga ushbu sohada jadal qadam tashlash oson kechmayapti. Biz esa har doim Jafar bilan o'ziga taalluqli biror-bir yangilik bor yoki yo'qligi haqida so'rab turamiz. O'tgan haftada doimgidek salom-alik qilgan paytimizda ukrainalik jurnalist qo'ng'iroq qilib intervyu olganini aytib qoldi. Malum qilishicha, luganslik hamkasbimiz Viktor Eryomin Qozog'istonning sportsffa.kz portali uchun Irismetovga sim qoqdi va bir nechta savollarga javoblar oldi. Aytish kerakki, Irismetov mazkur jarayonda ochiq-oydin muloqot qilganini takidladi. Albatta, mazkur suhbat qay tarzda olib borilgani qiziq tuyuldi. SHu bois ukrainalik jurnalistning Irismetov bilan uyushtirgan suhbatini hukmingizga havola qilamiz.
“Ukraina va Qozog'iston chempionatlari bir-biriga o'xshash”
- Jafar aytingchi, sening “Krivbass”dan “Qayrat”ga o'tishingiz qanday sodir bo'lgandi?
- O'sha paytda “Krivbass”da Kiev “Dinamo”sining sobiq o'yinchisi Vladimir Muntyan bosh murabbiy edi. Nazarimda, men u erdagi faoliyatimni yomon boshlamagandim. O'rtoqlik uchrashuvlarida 4 ta gol ham urgandim. Keyinchalik esa og'ir yuklamalar ko'payib ketdi va bu holat menga o'z tasirini ko'rsatdi. 2003 yilgi mavsum boshlanishida meni o'ng qanot himoyachisi sifatida sinab ko'rishdi. Men esa hech qachon himoyada o'ynamaganman. Mening joyim hujumda. Axir qanot himoyachisi emasman-ku!
“Qayrat”ga o'tish varianti paydo bo'ldi. Olmaotaga kelib shunday xulosaga keldimki, men kutgan futbol aynan shu erda ekan.
- Ukraina chempionatidan keyin Qozog'iston chempionatida o'ynash sizga qanday tuyuldi?
- SHuni ayta olamanki, Ukraina chempionati o'sha paytda nisbatan yuqori edi. Lekin ikkala chempionatning uslubi bir-biriga o'xshash. O'yinlarda ko'proq hujumlar uyushtirishga etibor qaratiladi. SHuningdek, jismoniy tayyorgarlikka ham alohida qarashadi.
PETRUSHIN, YOOR, PAYPERS, SHTORK, BABAYAN
- “Qayrat”da jamoaviy va shaxsiy ko'rsatkichlar bo'yicha sening natijalaring yomon emasdi. Lekin ikki mavsumdan so'ng “Olmaota”ga o'tib ketdingiz...
- To'g'ri. Olmaotaliklar bilan 2004 yili bronza medalini qo'lga kiritganmiz. Ikki marta Qozog'iston Kubogi finaliga chiqdik. Lekin o'shanda bizga g'alaba uchun ozgina omad etishmay qolgandi. O'sha finallarda “Taraz” va “Jenis”ga minimal hisoblarda yutqazgandik. “Qayrat”ning bosh murabbiyi Aleksey Petrushin hujumkor o'yinni yaxshi ko'radigan inson edi. SHuning uchun u asosiy etiborni jismoniy tayyorgarlikka qaratardi. Mashg'ulotlarda jismoniy mashqlarga ko'p etibor berardi. “OlmaOta”da esa bizga gollandiyaliklar texnikaga asoslangan hujumkor o'yinni o'rgatishgandi. Keyingi mavsumda “Qayrat” menga ikki yillik shartnomani taklif qildi. Lekin u erda murabbiyning almashishi natijasida jamoani o'zgartirishimga majbur bo'ldim. SHunga qaramay, “Qayrat”dagi faoliyatim yomon kechmadi deb o'ylayman. “OlmaOta”dagi faoliyatim esa Qozog'istondagi eng omadli mavsumlarim bo'ldi degan bo'lardim. Jamoada ajoyib muhit shakllangandi. O'yinchilar bir-biri bilan do'st, har qanday vaziyatda yordam beradigan chiroyli jamoa tuzilgandi. Xalqaro tajribaga ega bo'lgan gollandiyalik Yoor va Paypers barcha bilan til topishib keta oladigan, eng asosiysi, aqlli mutaxassislar edi. Umuman olganda, “OlmaOta”da o'ynagan davrimda uning barcha murabbiylari xorijliklar edi. Gollandiyaliklar haqida gapirdim. SHu bilan birga bugungi kunda Evropa chempionatida qatnashayotgan Vengriya terma jamoasini boshqarib borayotgan germaniyalik mutaxassis Bernd SHtork ham bor edi. Gollandiyalik murabbiylar jamoani asosan o'z mamlakatida shakllangan futbol uslubi bilan rivojlantirishdi. Germaniyalik murabbiy esa ko'proq jismoniy holatga katta etibor berdi. SHuningdek, “OlmaOta”da o'zining dastlabki murabbiylik faoliyatini boshlagan Grigoriy Babayan ham ishlagandi.
“Aktobe”da oson bo'lmadi”
- Keyinchalik mening faoliyatimda “Aktobe” paydo bo'ldi. Lekin o'sha paytdagi qattiqqo'l murabbiy Vladimir Muxanov menga o'zimni ko'rsatishimga imkoniyat bermadi. Ikkita o'yinda ikkita gol urdim. Lekin shunday bo'lsa-da, u meni “banka”ga joylab qo'ydi. U menga boshqalarga ko'ra ko'proq pul olayotganimni tana qilganga o'xshadi. Men esa uning gaplarini tushungan bo'lsam-da, bunga etibor qaratmadim. Ochig'ini aytaman: “Aktobe”da menga oson bo'lmadi. SHunday bo'lsa-da, mahalliy muxlislar meni yomon kutib olishdi deb o'ylamayman. Ular bilan o'rtamizda hech qachon yomon munosabat bo'lmagan. SHu o'rinda ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Umuman, “Aktobe”da ajoyib futbol muhiti shakllangandi. Buni asosan stadionda his qilish mumkin edi.
- Yarim mavsum “Aktobe”da o'ynab, keyinchalik “OlmaOta”ga qaytdingiz...
- U paytda “Tobol” bilan kelishib bo'lgandim. Lekin “OlmaOta”dagi amaldagi shartnomamga ko'ra jamoaga qaytdim. 2008 yilgi chempionatdan so'ng Qozog'istonni tark etdim va keyin Xitoyning “Lyaoning Xunyong” klubiga ko'chib o'tdim.
Qozog'istondagi eng yaxshi davrlar
- Qozog'izston chempionatida sizning hisobingizda 60 dan ortiq gollar bor, ulardan qaysi biri siz uchun muhimroq?
- O'ylashimcha, 2006 yildagi Qozog'iston Kubogi finalidagi gollarim. O'sha final o'yinida “OlmaOta” “Astana”ni mag'lubiyatga uchratgandi va men xet-trikka erishgandim. 1:0 hisobida yutayotgan chog'imizda men jarohat olgandim. O'yin tugashiga besh daqiqa qolganida Maksim Jalmagambetov bizning darvozamizga gol urib hisobni tenglashtirgan edi. Jarohatimni bilgan klub shifokori murabbiyga qarab, “Jafarni almashtirish kerak!” deb baqirib ketdi. Men bunga ko'nmadim va o'zimga shart qo'yib o'yinni davom ettirdim. Finalning qo'shimcha daqiqalarida men David Loriya qo'riqlayotgan darvozaga ikkita gol urib, “OlmaOta”ning Kubokni qo'lga kiritishiga katta hissa qo'shdim. Bu o'yin faoliyatimdagi eng esda qolarlisi bo'lgan, urgan gollarim esa eng qimmatlisi bo'lgan.
– Ko'p yillar o'tgan bo'lsa-da, sobiq jamoangizdan kimlarni ajratib ko'rsata olasiz?
- Ko'pchilikni. “Qayrat”da –Ulug'bek Asanboev, Ali Aliev, Kayrat O'taboev... Barchani Samat Smakov birlashtirib turar edi. “OlmaOta”da esa men eng yaxshi xujumchi bo'lgan ikki mavsumda jamoaning tarkibi ancha yoshargandi. Bir qator qatiyatli o'yinchilar bor edi - Andrey Travin, Viktor Berko, Vadim Borovskiy, Ilya Vorotnikov, Sergey Larin. Bir so'z bilan aytganda ajoyib jamoa edi.
– Bulardan qaysilari bilan hozirgacha aloqalarinigiz bor?
– O'taboev va Asanboev bilan doim gaplashib turamiz. Tez-tez Aliev, Smakov, Samatov, Jaygaliev bilan yozishib turamiz.
– Faoliyatingizda Qozog'iston qanchalik ahamiyatga ega bo'lgan?
– Xorijdagi o'tkazgan faoliyatimlarim ichida eng yaxshisi Qozog'istonda o'tgan deyishim mumkin. U erda hamma narsa menga yoqardi, futbol va oshxonada bo'lish ham maroqli edi.
– Qozog'iston futboli rivojlanyapti deb o'ylaysizmi?
– Albatta. U erda futbol va uning atrofidagi barcha narsa rivojlanyapti. Lekin bolalar futbolini rivojlantirish uchun yanada ko'proq ishlash kerak deb o'ylayman.
FIRDAVSXON yozib oldi.

Fikrlar