So’nggi yangiliklar

23:58Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда "Гёзтепе"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида Шомуродов ва Файзуллаев ҳаракат қилди  13 23:10"Лилль" — ПСЖ. Таркиблар маълум  4 22:55"Сельта" — "Атлетико". Таркиблар маълум  2 22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  10 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  11 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   1 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  172 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  2 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66

Jafar Irismetov: "Hozir terma jamoaning o'yinini yaxshi yoki yomon deydigan payt emas" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "Hozir terma jamoaning o'yinini yaxshi yoki yomon deydigan payt emas"

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichining to'rtinchi turida o'z maydonida BAAni qabul qiladi.

Muhimlilik darajasi yuqori hisoblangan mazkur bahs ko'pchilikda turli taxmin va fikrlarni keltirib chiqarmoqda. Biz bu bellashuv oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi va mutaxassis Jafar Irismetovning fikrlari bilan qiziqdik. 

Uzbekistan

Otabek Shukurov - 76'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 4-tur

15/10/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

UAE

Stadion: 32773 tomoshabin

45'
90'
60'  Azizbek Turgunbaev (Khoziakbar Alidzhanov)
70'  Abdulla Abdullaev (Bobur Abdikhalikov)
76'  Otabek Shukurov
90'  Abbosbek Fayzullayev (Khozhimat Erkinov)
90'  Sherzod Nasrulloev
65'  Abdulla Hamad
70'  Tahnoon Al Zaabi (Isam Faiz)
70'  Caio (Bruno)
83'  Abdulla Idrees (Ali Saleh)
83'  Marcus Meloni (Mackenzie Hunt)
90'  Ali Saleh

"Eron bilan uchrashuvda raqibning mahorati ko'rindi deyish mumkin. Ular bir kishi kam bo'lsa ham ustunlikka ega chiqdi. Yigitlar natija uchun o'ynashdi va qisman uddalashdi. G'alaba qozonilganida undan ham zo'r bo'lar edi. 3 ta o'yinda qandaydir aniq tanlangan o'yin ko'rayotganimiz yo'q, ammo natija kelyapti. Avval yomon o'ynab natija qilish degan gap ommalashgandi. Hozir yana shu davrga o'xshamoqda. Natijaga o'ynalmoqda va bundan xursandmiz. 

BAAning hujum chizig'i kuchaygani legionerlar bilan bog'liq deb o'ylayman. Raqibning bitta Eronga qarshi uchrashuvini kuzatdim va zaif nuqtasi himoya ekanligi etiborimni tortdi. Ikkinchi zonada o'tirgan holda hujumga o'tish to'g'riroq bo'ladi. O'yinda ustunlik hisobiga qiynalishimiz mumkin. Qarshi hujumda gol urib olingach natijaga o'ynaladi. Hozir terma jamoaning o'yinini yaxshi yoki yomon deydigan payt emas. Ayni vaqtda natija kerak. 

To'g'ri, Shomurodov darajasidagi hujumchilarimiz yo'q. Shu bois unga bog'lanib qolganmiz. Qanotlarda o'yinchilarimiz bor. Shomurodovdan keyin terma jamoani kuchaytiradigan hujumchi ko'rmayapman. Ichki chempionatimizda 6 yildan beri Dragan Cheranning to'purar bo'layotgani misol. Hozir Shomurodov borligiga muammolarimiz echilib turibdi. Ammo zaxirada bunday darajadagi forvard yo'q. 5-6 yil ichida bunday o'yinchi yana chiqishi katta so'roq ostida. Quyi yosh toifalaridagi jamoalarda ham buni ko'rmadim. Nasib qilsa, chiqib qolar. Hujum chizig'ida Abbos Fayzullaev, Jaloliddin Masharipov, Oston O'runov bor. Yaqqol hujumchi muammoimiz bo'lib turibdi. Bu haqida ko'p gapirganman, balki hech kim eshitgisi kelmas. Buning echimi har bir jamoada hujumchi bilan ishlaydigan murabbiyning etishmasligi deb o'ylayman",- deydi Jafar Irismetov. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика