So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  8 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  6 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Iqtidorlar inkubatorining etti javohiri Yangiliklar

Iqtidorlar inkubatorining etti javohiri

Teglar :  Franciya
Muxlislarni jalb etish borasida Franciya chempionati Evropaning etakchi birinchiliklari bilan bahslasha olmaydi. Lekin ularni iqtidorli yoshlar bilan taminlash bo'yicha yaqqol favorit bo'lib oldi.
Yosh futbolchilarni tarbiyalash borasida francuz futboliga teng keladigani yo'q. Har yili hech bo'lmaganda 15 nafar 25 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar dunyoning top-klublariga yo'l olmoqdalar, - degandi Marselo Belsa o'tgan yili. Samuel Umtitining Barselonaga, Mishi Batshuayining CHelsiga yo'l olgani taniqli mutaxassisning haqligini isbotlaydi. Quyida zikr etilajak qahramonlarimizning ham yaqin yillar ichida uchirma bo'lishlariga shubha yo'q. Boz ustiga, hozirda futbol olamiga yaxshi tanish bo'lgan Aleksandr Lakazett va Nobil Fekira kabi iqtidor sohiblarini ro'yxatdan chetda qoldirdik.

Sofyan Bufal, Lill
Yoshi: 22
Fuqaroligi:
Marokash
Ixtisosi: hujumkor yarim himoyachi

Raqiblarni aldab o'tish borasida birinchi divizionning o'tgan mavsumida faqat bir futbolchi - Xatem Ben-Arfa Bufaldan yaxshiroq natija qayd etgan va naq 18 klubdan taklif olgandi. Sofyanni hozircha qurshab olganlari yo'q - Lill tarkibida u bor-yo'g'i 1,5 yil to'p surdi. Undan avval esa hali elitaga chiqib ulgurmagan Anje safida o'ynagandi. O'tgan mavsumda shimollik ko'ppaklar o'ta sodda sxema ostida o'ynadilar - To'pni Bufalga etkazib ber, u yog'ini yarim himoyachi hal qiladi. Mavsum davomida 127ta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirgan futbolchi bunday chaqqonlikni bolaligidan mashq qilardi. Aldab o'tish texnikasini avvaliga Rozari kvartalida, keyinchalik Anje va mini-futbol maydonlarida o'rgandi. O'sha paytlari faqat yuksak texnika evaziga murabbiy ishonchini oqlay olardi. Boisi, 17 yoshli futbolchining bo'yi bor-yo'g'i 145 sm. edi. Lillga o'tganidan keyingina 30 sm.ga o'sib, jamoadan chetlatish masalasini kun tartibidan olib tashladi. Aslida, Anje ham undan voz kechishga urinib ko'rgan, lekin bosh murabbiy Stefan Mulen bunga yo'l qo'ymagandi. Og'irlik markazining nisbatan pastda joylashgani hamda vazni engilligi Sofyanga driblingni jimgina (maydonda hech kim bilan gaplashmaydi) va chaqqonlik bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi. Marokash terma jamoasining azosi faqat shu xislati bilangina mashhur emas, raqib darvozasini o'qqa tutishda ham, jamoaviy pressingda ham o'ta faol, ikkala oyog'idan teng foydalana oladi. Lillning etakchi hujumchisi ijodiy yuksalishda davom etsa, keyingi mavsumni APLda boshlashi aniq. CHunki  u allaqachon mutaxassislar etiboriga tushgan.

Vensan Kozello, Nicca
Yoshi
: 20
Fuqaroligi: Franciya
Ixtisosi: tayanch yarim himoyachi

Ko'rimsiz gavdali, ozg'in va engil bu yigitchani ko'chada ko'rgan kishi uning Franciya chempionatida maydon markazini gullatayotganiga umuman ishonmaydi. Ammo Vensan Niccada shunchalik yaxshi o'ynaydiki, Xatem Ben-Arfa Parijga o'tib ketganidan keyin jamoaning asosiy yulduzi bo'lishi aniq. Boz ustiga, u shunchalik hazilkashki, yaqinda Canal} teleshousida hammani o'ziga qaratdi. Umuman, uyatchanlikdan ancha yiroq bo'lgan futbolchi o'z vaqtida Zidanning birinchi ustozi bo'lmish David Bettoni bilan muloqotda bo'lgan, ustozning bitta o'gitini shior qilib olgandi: Senga marafonchi yoki 100 metrli poygada sprinter bo'lishning keragi yo'q. Avvalo, to'p bilan muomala qilishni o'rgan!. Nozik mallasoch aynan shu yumush bilan band - to'qnashuvlarda raqibidan ustunlik qilolmasada, vaziyatni oldindan his etish evaziga to'pni ilib ketadi. Raqibi 10 metrga uzoqlashib ketganda ham Kozello uni qanday to'xtatish mumkinligini aniq biladi. Yani, boshqalardan ko'ra oldinroq fikrlaydi. Bejizga u maktabni imtiyozli diplom bilan bitirmagan. O'tgan mavsumda Vensan Niccaning 4-4-2 sxemasida rombning o'ng qanot yarim himoyachisi vazifasini alo darajada uddalagandi. Bordi-yu, jamoa qisqa uzatmalar uslubini qo'llasa, Kozello o'z ishini qoyillatadi. Angliya nashrlaridan biri uni franciyalik Xavi nomiga shunchaki loyiq ko'rgan emas. Vensan nostandart echimlari bilan yuqori saviyali futbolchilarni ham lol qoldiradi.

Toma Lemar, Monako
Yoshi:
20
Fuqaroligi: Franciya | Gvadelupa
Ixtisosi: chap, o'ng qanot vingeri, hujumkor yarim himoyachi

Uning chap oyog'i hayratga soladi - xuddi qo'l kabi ishlab, to'pni qaysi nuqtaga yo'llash talab etilsa, aniq bajaradi!, - Kann azosi Oloviddin Yahyo sobiq jamoadoshiga shunday baho bergandi. Ha, Toma shu yilning martida Kann maydoniga mehmon sifatida tashrif buyurgan, 5-daqiqadayoq sobiq jamoasining darvozasini zabt etgandi. Gvadelupalik futbolchi 15 yoshida klub akademiyasiga kelgan, keyin  ikki mavsumda 36 marta maydonga tushgandi. SHu tariqa yozda Monako azosiga aylangandi. Biroq Leonardu Jardim chapaqay yarim himoyachini hujumkor uchlikka kiritishni istamadi. Uni Stefan al SHaaravi o'rinbosari sifatida olishgandi. Faqat firavn Romaga o'tib ketgach, Lemar mahoratini to'la namoyish eta boshladi. Monakoning, jumladan, Tomaning sermazmun o'yinlaridan keyin shu yilning mart oyida Bavariya bu futbolchiga qiziqish bildirdi.


Alban Lyafon, Tuluza
Yoshi:
17
Fuqaroligi: Franciya| Burkina-Faso
Ixtisosi: darvozabon

Yosh futbolchi Tuluza darvozasida 16 yoshda paydo bo'lib, kasbdoshi Mikael Landroning rekordi (1-divizion tarixidagi eng yosh darvozabon)ni yangiladi. Nicca bilan bo'lgan bellashuvda darvoza daxlsizligini taminlagach, muntazam ravishda maydonga tusha boshladi. Tuluzaning elitada jon saqlab qolishida Lyafonning 19ta seyvlari muhim rol o'ynadi.

Francuzlar Albanni o'zimizning Donnarumma deya etirof etishmoqda. Yangi mavsum 17 yoshli posbonning kelajagiga oydinlik kiritishi kutilmoqda. Yuksak saviyadagi faoliyat Lyafonni top-klublarga yaqinlashtirishi aniq.

Malkom, Bordo
Yoshi:
19
Fuqaroligi: Braziliya
Ixtisosi: chap qanot vingeri

Janubiy Amerika vakili Bordoda yarim yil to'p surdi. Qolaversa, asosan zaxiradan maydonga tushdi. Bir marta jarima zarbasini amalga oshirishni iltimos qilib, to'pni Diego Rolanning boshiga aniq etkazib berdi. Hozircha hisobida 1ta gol va 2ta samarali uzatma bor. Bu yog'iga Malkomning ochilishi oson bo'ladi - jamoani avvalroq Gengamda muvaffaqiyatli ishlagan Jasmin Gurvennis qabul qilib oldi. Braziliyalik vingerning mahorati esa talab darajasida. O'tgan mavsum Braziliya chempionatidagi raqiblari har uchrashuvda o'rtacha 2,2 martadan qoidabuzarlik evaziga Malkomni to'xtatib qolishgandi. CHunki bu futbolchi kuchli zarba va ajoyib dribling sohibi.

Emanuel Mammana, Lion
Yoshi:
21
Fuqaroligi: Argentina
Ixtisosi: markaziy himoyachi

Mammamaning xaridi bilan Lion yana Bernar Lyakomb davriga qaytgandek. O'shanda to'quvchilar o'ta qimmat bo'lmaganligi uchun sof hujumchilarni xarid qilishdan voz kechishgan, asosan futboli rivojlanmagan mamlakat vakillarini olishgan, o'z futbolchilarini esa xaridor taklif qilgan mablag'dan arzonroq bahoga loyiq ekaniga amin bo'lishganidagina sotib yuborishardi. Biroq Emanuelning yo'rig'i boshqa, uni hozirning o'zida yosh kelajak futbolchisi sifatida tariflashmoqda. Biz ham bu fikrga qo'shilamiz. Ha, Emanuel o'ta irodali futbolchi. 6 yoshida onasidan, 14 yoshida esa otasidan judo bo'lgan. Ana shu musibatlar ham uni tanlagan yo'lidan qaytara olmaydi. River Pleyt yosh futbolchining ikkinchi uyi bo'ldi. Taajjubki uning mahoratiga jonajon klubi emas, milliy terma avvalroq ishonch bildirdi. Mammana 19 yoshida Argentina terma jamoasi tarkibida debyutini nishonlaganidan keyin River safida maydonga tushdi. Hozirda uni Xaver Maskeranoga qiyoslashmoqda. Qizig'i, Xaver ham avval tayanch yarim himoyachisi poziciyasida o'ynab, keyin mudofaa markaziga o'tkazilgandi.

Jor-Kevin Nkudu, Marsel
Yoshi:
21
Fuqaroligi: Franciya
Ixtisosi: chap, o'ng qanot vingeri

Bu futbolchining qanotlardan uyushtiradigan shiddatli hujumlari kulishni unutib yuborgan OM muxlislarini jilmayishga majbur etadi. Jamoa uni o'tgan yili Nantdan Dmitrii Payening o'rnini to'ldirish maqsadida xarid qilgandi. Mazkur topshiriqni Nkudu to'liq ado etmagan bo'lsada, ishonchli to'p surdi. U ham xuddi Bufal kabi 15 yoshida PSJ tomonidan brak­ka chiqarilgan. Lekin o'sha paytda ancha nimjon bo'lgan futbolchi mustaqil shug'ullanish natijasida Bulondan taklif oldi. Keyinchalik Marsel etiborini qozondi. Hozirda Tottenxem nishonida. Daniel Levaning ziqnaligi bois, Londondan taklif kelganicha yo'q. Bu yog'ini vaqt ko'rsatadi...

Sodiq SOBIR tayyorladi
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика