So’nggi yangiliklar

13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  0 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  0 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  3 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  6 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  20 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3

Iqtidorlar fabrikasi: "RB Leypcig" tarixidagi eng qimmat sotuvlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Iqtidorlar fabrikasi: "RB Leypcig" tarixidagi eng qimmat sotuvlar (mutolaa uchun)

"Buqalar"ning rekord transferlari haqida gaplashamiz.

So'nggi paytlar "RB Leypcig"dan yanada ko'plab sifatli o'yinchilar etishib chiqmoqda. Nemis klubi tizimidan ko'plab taniqli futbolchilar, masalan Yozua Kimmix o'tishdi. "Buqalar" 2015 yilda "SHtutgart"ga hozirgi Germaniya terma jamoasi etakchilaridan birini atigi 1,5 mln evroga sotishdi. Ammo, ular barchani ham bunchalik oson qo'yib yuborishmagan. Bugun "Leypcig" tarixidagi eng qimmat sotuvlar haqida gaplashamiz.


Ibraima Konate

Qaerga: "Liverpul"

Qanchaga: 40 mln evro

Konate "Leypcig"ga 2017 yilning yozida "Sosho"dan erkin agent maqomida o'tdi. "Buqalar" 4 yildan so'ng "Liverpul"ga 40 mln evroga sotiladigan o'yinchini olishdi. Francuzda muvaffaqiyat bo'yicha turli xil mavsumlar bo'ldi, ammo asosiysi u erda cho'qqiga chiqdi va top-klub uchun o'sdi.

Ammo, Angliyada unda hozircha barchasi ham ideal ketmayapti. 24 yoshli markaziy himoyachi mersisaydliklar safiga o'tganidan so'ng tez-tez zaxira o'rindig'iga o'tiryapti. O'tgan mavsumda uni jarohatlari bezovta qildi. Balki, joriy mavsum Konate mudofaadagi muammolarni hisobga olsak, "qizillar"ning muhim o'yinchisi bo'lar.


Dayo Upamekano

Qaerga: "Bavariya"

Qanchaga: 42,5 mln evro

Upamekano "Red Bull" tizimida 2015 yildan beri harakat qildi. Francuz avvaliga "RB Zalcburg" 2,5 mln evro evaziga "Valansen"dan o'tdi. U 2017 yilning yanvarida "Leypcig"ga yo'l oldi. Transfer narxi esa 18,5 mln evroni tashkil etdi. Futbolchi u erda 4 mavsumni o'tkazdi va asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. Upamekano ham Konate kabi "buqalar"ni 2021 yilning yozida tark etdi va 42,5 mln evro evaziga "Bavariya"ga o'tdi.

24 yoshli markaziy himoyachining transfer narxi uning o'sishini ko'rsatmoqda. Boshqa tomondan, uni hali top-darajaga qo'sha olmaymiz. Francuz bazida juda yaxshi o'yinlar o'tkazadi, ammo bazi bahslarda o'ziga ishonmagandek ko'rinadi. Nima bo'lganda ham, futbolchi barcha ham standartlariga mos bo'lavermaydigan "Bavariya"dagi uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. Ammo, Upamekano har qanday holatda muntazam bo'lishi kerak.


Timo Verner

Qaerga: "CHelsi"

Qanchaga: 53 mln evro

Verner "Leypcig"ga 2016 yilning yozida "SHtutgart"dan 23 mln evro evaziga o'tdi. U o'sha erda o'z nomini tanitdi. Timo yangi klubidagi ilk mavsumidayoq Bundesligada 21ta gol urdi. Samaradorlik bo'yicha 2019/20 yilgi mavsum nemis uchun eng yaxshisi bo'ldi, u o'z hisobiga 28ta to'pni yozdirib qo'ydi. Futbolchi o'sha mavsumdan so'ng 53 mln evro evaziga "CHelsi"ga o'tdi.

Vernerning Angliyadagi faoliyati yaxshi bo'lmadi. U "ko'klar" tarkibida APLdagi 2 mavsumida jami atigi 10ta to'p kiritdi. Forvard hujumda foydali va doim sheriklariga assistlar ijro etdi, ammo undan birinchi navbatda gollar kutishgandi. Timo 2022 yilning yozida "Leypcig"ga qaytdi. "Buqalar" o'yinchi uchun 20 mln evro to'ladi. 27 yoshli hujumchi faoliyatini hozirda yaxshi darajada "buqalar" safida o'tkazmoqda.


Nabi Keyta

Qaerga: "Liverpul"

Qanchaga: 60 mln evro

Keyta ham Upamekano singari Evropadagi katta faoliyatini "RB Zalcburg"dan boshlagan, u erga esa 2014 yilning yozida Franciyaning "Istra"sidan o'tgan. Transfer narxi esa atigi 1,5 mln evroni tashkil etgan. U 2 yildan so'ng "Leypcig"ga deyarli 30 mln evroga o'tdi. Gvineyalik u erda 2 mavsumni o'tkazdi va yarim himoyachi uchun yaxshi samaradorlik ko'rsatdi. Uning harakatlari "Liverpul" uchun sezilmay qolmadi.

Keyta 2018 yilning yozida mersisaydliklarga o'tdi. Transfer narxi 60 million evroni tashkil etdi. Takidlash kerakki, gvineyalik "qizillar" safida sobiq klublaridagi faoliyatidan ko'proq vaqtni o'tkazdi (5 yil). U bu vaqt ichida o'zini yaxshi o'yinchi sifatida ko'rsatdi, ammo undan "Liverpul"da kutgan darajalariga chiqa olmadi. 28 yoshli xavbek 2023 yilning yozida "Verder"ga erkin agent maqomida o'tdi.


Kristofer Nkunku

Qaerga: "CHelsi"

Qanchaga: 60 mln evro

Nkunku "Leypcig" uchun katta topilma bo'ldi. U 2019 yilning iyulida PSJdan "buqalar"ga 19,5 mln evro evaziga o'tdi. Nemislar o'yinchini yaxshi pulga sotishdi va undan to'liq foyda chiqa olishdi. Francuz yangi klubiga o'tganidan keyingi ilk mavsumda 15ta samarali uzatma berdi. Futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 16ta, undan oldingi yilda esa 20ta to'p kiritgandi. Kristofer Germaniya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi va eng yaxshi to'purarlardan biri bo'ldi.

Nkunku individual mukofotlarni yig'ib 2023 yilning yozida "CHelsi"ga o'tdi. Transfer narxi 60 mln evroni tashkil etdi. "Ko'klar" o'yinchini o'z tarkiblariga qo'shib olishni juda ham xohlashgandi va bundan afsuslanishmadi, u mavsumoldi paytidayoq farqni yuzaga keltirishni boshladi. Ammo, francuz o'shandayoq jarohat oldi va shu tufayli yangi mavsumning bir necha oylarini o'tkazib yuboradi. 25 yoshli xavbek hozirda jarohatidan tiklanmoqda, klub esa uning o'rniga echim qidirmoqda.


Dominik Soboslai

Qaerga: "Liverpul"

Qanchaga: 70 mln evro

"Liverpul" muntazam ravishda yosh iqtidorlar bo'yicha "Leypcig"ga murojaat qiladi. Ulardan biri esa Soboslai bo'ldi. Vengr Germaniyaga qadar bir necha yil Avstriyada, jumladan "RB Zalcburg"da to'p tepgan. U 2021 yilning yanvarida "buqalar" safiga 36 mln evroga o'tdi. Dominik 1,5 yil ichida "Leypcig" tarkibida 91ta o'yin o'tkazib, 20ta gol va 22ta assist qayd etdi. Bu esa hujumkor yarim himoyachi uchun yomon ko'rsatkichlar emas.

Soboslai 2023 yilning yozida "Liverpul"ga o'tdi. Transfer narxi 70 mln evroni tashkil etdi. Futbolchi rostdan ham bu pulga arzishi mumkin. U birdan "qizillar"ning asosiy tarkibida o'ynashni va jamoaga foyda keltirishni boshladi. Mersisaydliklar bosh murabbiyi bir necha poziciyada ishlatishi mumkin bo'lgan futbolchidan mamnun. 22 yoshli xavbekda adaptaciya ancha engil o'tmoqda. Dominikda "Liverpul" bilan uzoq muddatli shartnoma va yangilangan jamoaning muhim elementi bo'lish uchun barcha imkoniyat bor.


Yoshko Gvardiol

Qaerga: "Manchester Siti"

Qanchaga: 90 mln evro

Gvardiol ayni damda "RB Leypcig"ning eng qimmat transferi hisoblanadi. Xorvatga o'zini tanitish va dunyodagi eng yaxshi klublardan biriga o'tish uchun atigi 2 mavsum ketdi. Va u "buqalar"ga yaxshigina foyda olib keldi. Nemislar futbolchini Zagrebning "Dinamo"sidan 2021 yilning iyulida 36,8 mln evro evaziga xarid qilishgandi. Narx kam emas, ammo "Leypcig" o'yinchini ancha qimmatga sota oldi. U hozirda dunyoning eng qimmat himoyachisi hisoblanadi.

Balki Gvardiolni deyarli familiyadoshi bo'lgan murabbiy qo'l ostida qiziqarli sarguzasht kutayotgandir. Xorvat yaqinda unda adaptaciya jarayoni ochon o'tayotganini aytdi. U yangi o'yinchisi sifatida o'yin amaliyotini yaxshi olmoqda. Xorvat atigi 21 yoshda, u esa hozirdanoq o'tgan mavsum trebl qayd etgan jamoada o'ynamoqda. Unda "Manchester Siti"ning yangi va ehtimol yorqin voqealarini bir qismi bo'lish uchun barcha imkoniyat bor.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика