Inzagi yangi davr asoschisi sifatida "Inter" tarixida qola oladimi?
14 sen 2023 14:10
Yangiliklar
Inzagi yangi davr asoschisi sifatida "Inter" tarixida qola oladimi?
Simone Inzagi o'tgan mavsumning katta qismini igna ustida o'tkazgandek bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Baland parvozlar qanchalik yoqimli bo'lgan bo'lsa, muvaffaqiyatchizliklar ham shunchali og'riqli bo'ldi. "Neradzurri" ECHL zonasida muqim o'rnasha olmasdi –barchasi chempionat yakunlanishiga yaqin hal bo'ldi. Natijada, 22/23-yilgi mavsum bir dunyo savollar o'rniga ertaknamolaridan biri sifatida eslanadigan bo'ldi. Mukofot sifatida – milanliklar ustoziga 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taqdim etildi.
ECHL finali va A Seriyadagi muvaffaqiyat uchun mukofot
Futboldagi deyarli barchasi vaqtinchalik, o'zgaruvchan – ayniqsa murabbiylarga bo'lgan munosabat. Inzagi Milanda jamoani chempion qilgan Antonio Kontening o'rnini egalladi. Yangi bosh murabbiy bilan "Inter" 2021/22-yilgi mavsumni ajoyib o'tkazdi, ammo keyingisi qiyinroq o'tdi. Kuzda italiyalik murabbiyni istefosi haqida hali gap yo'qligi borasida insaydlar paydo bo'ldi, ammo muammolarni hal qilish zarur edi – o'sha vaqtlar 6-8-o'rinlarda "o'ralashib" yurgandi va hech ham TOP-5ga kira olmasdi.
Kuzdagi evrokubok bahslaridagi muvaffaqiyat (ECHL pley-off bosqichi yo'llanmasi qo'lga kiritildi) va A Seriyada ECHL zonasiga qaytishdan so'ng, "neradzurri" qishni ham ishonchli o'tkazdi. Biroq mart oyidan boshlab, chempionatning 6 o'yinida bor yo'g'i 1 ta g'alaba – yana murabbiyga chiqish eshigi ko'rsatilishi haqidagi mish-mishlarga sabab bo'ldi.
Vaziyatni normallashtirish hamda ortiqcha gaplarni yo'qqa chiqarish uchun aniq vazifa qo'yildi – ECHL chorak finalida "Benfika"dan o'tish va albatta, chempionatdagi vaziyatni yaxshilash. Klubdagilar baxtiga u paytga kelib, Romelu Lukaku to'liq tuzaldi va yaxshi sport formasiga kirib oldi. Qolganlar ham bir jamoa bo'lib, birlasha oldi – Portugaliya klubi taslim etildi, "Inter" yarim final doirasidagi derbida "Milan"ni musobaqadan chiqarib yubordi, A Seriyada esa, qisman "Yuve" sankciyalarga uchragani tufayli, kuchli uchlikdan joy oldi.
Jamoa Simonening talablarini tushunmoqda
"Inter"ni italyancha pragmatik futboli uchun yaxshi ko'rish ham, yomon ko'rish ham mumkin – lekin bu Inzagi jamoasi ekanligini tan olmay bo'lmaydi. Murabbiyga moslashgan va uning talablarini tushunadigan. Guruh bosqichidayoq "neradzurri" "Barselona"ni Evropa Ligasi tushirib yubordi – qizig'i, o'zaro o'yingacha ko'pchilik kataloniyaliklar imkoniyatini yaxshiroq deb baholayotgandi.
Milanliklar esa avvaliga "blaugranas"ni mag'lub etdi, keyingi to'qnashuvda esa raqib g'alabani tantana qilishiga imkon berishmadi! To'pga egalik qilishga yo'l qo'yishmadi, asosiy futbolchi Levandovskini maydonning uchinchi qismida to'liq yopib tashlashdi, raqibni o'zi uchun noodatiy havodan uzatmalar orqali o'ynashga majbur qilishdi va tezkor qarshi hujumlar bilan jazolashdi.
Pley-off bosqichida esa o'yinini topib olgan "Inter"ni na "Portu", na "Benfika" xafa qila oldi. "Neradzurri" esa birinchi o'yinda ustunlikka ega bo'lib, javob bahsida uni saqlab qola olishdi. Hujumchilarga uzun uzatmalar bilan o'ynash ham natija berib tursa, boshqa nimadir o'ylab topishga hojat bormi? Ustiga ustak oldinda bo'ydor Lukaku (ikkinchi bo'limlarda ko'proq o'yinga qo'shildi) va tezkor Martines bilan.
Mavsum davomidagi o'yinlardan kelib chiqsak, "Benfika" tomoshaboproq o'yin ko'rsatgandir, biroq gap murabbiy ko'rsatmalarini aniq bajarishga kelganida, "Inter" qitada uncha-munchasidan qolishmadi.
Faol o'tkazilgan TO
O'tgan mavsumning muvaffaqiyatli yakunidan keyin, yangisining starti omadsiz bo'lmasligiga aniq sabablarimiz bor. Qator etakchilar – Andre Onana MYUga ketdi, Romelu Lukaku — "Roma"ga. Bu yo'qotishlar klub ishqibozlarini havotirga solgandi. Qizig'i, kamerunlik kiperni Lukakuni "CHelsi"dan sotib olish uchun etarli pul bo'lishi uchun sotib yuborishgandi — ammo o'tgan vaqt oralig'ida hujumchi "Yuventus" bilan aloqaga chiqib ulgurgani milanliklar bosslariga umuman yoqmadi. Aynan shu joyda muzokaralar ham to'xtatildi.
Bundan tashqari italiyaliklar Marcelo Brozovich, Milan SHkrinyar va Edin Jekoni jamoada saqlab qola olishmadi. To'g'ri, Edinning 37 yoshdaligi, SHkrinyar esa o'tgan mavsum oxirini jiddiy jarohat sabab o'tkazib yuborgani o'ylantirib qo'ygan bo'lsa, Brozovich jamoaning muhim o'yinchisi bo'lib qolayotgandi.
SHunday qaltis vaziyatdan ham "neradzurri" yaxshi chiqa oldi – barcha ketganlarga transfer oynasi yopilgunga qadar o'rinbosar topildi. Hujum chizig'ida Martinesdan tashqari endilikda Marko Arnautovich va Markus Tyuram bor. Franciyalik sifatli futbolchi bo'lishidan tashqari, tekinga jamoa safiga kelib qo'shilganini alohida takidlash lozim. Darvoza tajribali Yann Zommerga ishonib topshirildi. U bahorda "Bavariya"da Noyerni yo'qligini bildirmaslik uchun Myunxenga taklif qilingandi. Himoya markaziga o'sha "Bavariya"dan Benjamen Pavar va yosh, iqtidorli Yan Bissek, tajribali Franchesko Acherbi olib kelindi. Tayanch zonasida Kristyan Asllani va Lyusen Agume o'rtasida tanlov bo'ladi.
ECHL pley-off yo'llanmasi va TOP uchlikka kirish
A Seriyaning 3 turidan keyin "Inter" 9 ochko bilan etakchi. "Neradzurri" bu o'yinlarda 8 ta gol urib, ulardan 5 tasi – Martines hisobiga yozildi. Tyuram ham o'zini yomon ko'rsatmayapti - 1 ta gol va 2 ta assist. Ishning bir qismini Frattezi va Arnautovich bajarmoqda.
A Seriyaning bu mavsumi chinakamiga qiziqarli bo'lishi tayin – o'tgan mavsum "Yuve" ochkolar olib tashlangani tufayli chempionlik yoki kamida yuqori o'rinlar uchun kurasha olmadi, agar kutilmagan biror ish bo'lmasa, "Inter"ning raqiblari bittaga ko'payadi. "Milan" ham transfer bozorida faol bo'ldi. "Rossoneri" ham chempionlikni orzu qilib yo'lga chiqqan. Uyoqda Spalettisiz qolgan "Napoli" bor. "Atalanta", "Lacio" va hatto "Roma" ham eng yuqori o'rinlar uchun kurashadi.
ECHLga keladigan bo'lsak, "neradzurri" juda qiziqarli guruhga tushdi. "Zalcburg" o'tgan mavsum "CHelsi" va "Milan"ni tashvishga solgandi, "Benfika" esa PSJ bilan tengma-teng kurashgan va chorak finalgacha etib borgandi – jamoa murabbiy va tarkibning o'zagini saqlab qolgan. "Real Sosedad"dan esa ECHLda nima kutishni taxmin qilish qiyin. "Sosedad" Rossiyaning "Dinamo"sidan Arsen Zaxaryanni sotib oldi. Biroq "neradzurri" va "burgutlar" bilan kurashish oson bo'lmaydi. SHunday ekan, Inzagi jamoasi uchun minimal vazifa – pley-off bosqichiga chiqish.
soccer.ru saytidan Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar