So’nggi yangiliklar

16:49"Бунёдкор" ва "Шўртан" ўзаро дуранг қайд этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:24Эксперт фикри. Миодраг Радулович: "Нефтчи" - "Насаф" натижасини олдидан айтиб бўлмайдиган ўйин, бу тур жадвалда жиддий ўзгариш қилиши мумкин"  2 16:18"Челси" ва "Ливерпуль" МЮнинг мақсадини илиб кетмоқчи  0 15:21"Арсенал" ва "Барселона" собиқ футболчиси Бразилия клубига ўтди  0 14:54Расман: МЮ Шешкони "Лейпциг"дан 76,5+8,5 млн еврога сотиб олди  3 14:14"Реал" Гонсало билан шартномани 2030 йилгача узайтирди. Ҳужумчи асосий жамоага ўтказилди  2 13:45"Манчестер Юнайтед" Шешко учун қанча тўлайди?  1 13:20Галлахер АПЛга қайтиши мумкин  0 12:52Перес Родрини "Реал"га сотиб олмоқчи ва шахсан ўзи музокара ўтказишга тайёр  3 12:22"Атлетико" италиялик футболчини харид қилади  0 11:58"Реал"да 9-рақамнинг янги эгаси маълум  3 11:35Родри яна жароҳат олди  5 11:13Суперлига. "Бухоро" 7 йилдан буён Навоийдан ғалабасиз қайтмоқда   2 11:04Ғанишер Қодиров: "Қўқон-1912" билан олти очколик ўйин кутиб турибди"  0 10:45"Шўртан" 15 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"дан очко олди   4

Intervyu. Roberto Manchini: "Jamoa mavsum oralig'ida o'sishga erisha oladi" Yangiliklar

Intervyu. Roberto Manchini: "Jamoa mavsum oralig'ida o'sishga erisha oladi"

“Sky Sport” telekanali ijodkorlari "Inter" ustozi Roberto Manchinidan jamoaning yozgi transferlar uchun rejalari to'g'risida ko'pchilikni qiziqtirgan savollarga javob olishdi. “Volfsburg”dan xorvatiyalik Ivan Perishichning “Inter” safiga qo'shilishi shu kunlarda muhokama qilinyapti. Suhbat Perishich yuzasidan savol bilan boshlandi.
- Perishich bilan shartnoma imzolashga hozirlanyapsizmi?
- Bilmayman. Uni ko'plab klublar tarkibiga qo'shib olmoqchi. “Volfsburg” esa u bilan xayrlashishni xohlamayapti. 8-9 nafar futbolchini sotib olish haqidagi gaplar shunchaki hazil edi.

- Jamoani keskin o'zgarishlar kutmoqdami?
- Mendan so'rashganda 10 nafar futbolchi kerak deb aytmaslik uchun 8-9 nafar deya javob bergandim (kuladi).

- Kovachich yuqori saviyali futbolchimi yoki shunchaki yaxshi?
- U yuqori saviyali futbolchiga aylanadi. Unda buning uchun barcha jihatlar mavjud. Uning xatolari hali juda yosh ekanligi tufayli bo'lyapti. SHu bilan birga xarakter tarafdan ancha o'sishga erishdi.

- Kovachich jamoada qoladimi?
- O'ylashimcha, ha. Hozirgi paytda boshqa scenariy yo'q.

- “Inter”ni keyingi mavsumda qanday ko'ryapsiz?

- Ushbu mavsumda bo'lganidan keskin o'zgarishlar bo'lmaydi deb o'ylayman. Ko'p narsa kuchayishga bog'liq. Oson bo'lmagan transfer oynasi kutilmoqda. Hozir yuqori saviyali o'yinchilar juda ko'p emas. Bunday futbolchilarga ega klublar ular bilan xayrlashishni istashmaydi. Kerakli o'yinchilarni topish uchun faol harakat qilish lozim bo'ladi.

- Himoyada o'zgarishlar bo'ladimi?
- Yanvarda bir himoyachini qo'shib olganmiz. “Inter” uni kuzatib borgandi. U yaxshi tezlikka ega va jamoani kuchaytiradi. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Hozir kim sotib olinishini tasdiqlash qiyin.

- Yarim himoyani kuchaytirish ustida ish olib borilyaptimi? Ture bilan bog'liq omadsizlik va Melo hamda Kondogbiya bilan bog'liq holatga izoh bera olasizmi?
- Bu futbolchilarga transferlar bozorida talab katta. Ular bilan faqatgina biz qiziqmayapmiz. Nimani amalga oshirish nasib etishini ko'ramiz.

- “Inter” nima uchun siz kelgandan keyin kuchayib keta olmadi?
- O'ylashimcha, o'yinda bazi kuchayishlarni uddaladik. Afsuski, bu natijalarda aks etmadi. Jamoa ko'plab zarur bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ydi. “Yuventus” va “Jenoa” bilan uchrashuvlarda g'alaba qozonganimizda barchasi boshqacha ko'rinish olardi. SHu bilan birga jamoa amalga oshirgan ishdan qoniqish hosil qildim. Kelasi mavsumda o'yinimizda xatolar sonini imkoni boricha kamaytirishimiz kerak bo'ladi.

- Klub etakchi futbolchilardan kimnidir sotib yuborishga majbur ekanligi rostmi? Aynan kimni?
- Bunga zarurat bor deb o'ylamayman. Hozir barcha futbolchilar mening nazoratim ostida. Bunday tavakkalga bormasak kerak.

- Jamoaga skudetto uchun kurashishga nimalar zarur?
- Skudetto uchun kurashishga urinib ko'ramiz. Hozirgi tarkib bilan ham kurashishga imkoniyat mavjud. Jamoa o'sishga erishdi va mavsumlar oralig'ida yanada rivojlanishi mumkin.

- Mixaylovichga qarshi derbi qanday bo'ladi?
- SHubhasiz, noodatiyroq bo'ladi. Men u “Milan”ni boshqarishidan xursandman. Sinisha hozir “Milan”dek buyuk jamoani boshqarish uchun etarlicha tajribaga ega.

- Ibragimovichni “Inter”ga qaytargan bo'larmidingiz?
- U hamon o'yin taqdirini bir o'zi hal qilishi imkoniyatiga ega. Albatta, qaytargan bo'lardim.

- SHakiri foydasiga qaror qabul qilganingizdan afsuslanmaysizmi?
- Yo'q. U yaxshi saviyadagi futbolchi. Bazida o'yinchilarga yangi jamoaga ko'nikib ketish uchun vaqt kerak bo'ladi. SHu sababli omadli va omadsiz o'yinlar ro'y berib turadi.

- Moratti qachondir “Inter”ni o'ziga qaytarishi mumkinmi?
- Bilmayman. Uning orzusi? Ko'p yillar davomida u prezidentlik qildi. Barcha sovrinlarga ega chiqdi. SHunchaki bilmayman.

- Italiya terma jamoasini boshqarish xohishi bormi?
- To'g'risi, bilmayman. SHubhasiz, bu katta faxr bo'ladi. Terma jamoani boshqarish barchaga ham nasib etmaydi. Qachondir uni boshqarsam, bundan xursand bo'laman.


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика