So’nggi yangiliklar

10:10ПСЖнинг яна бир футболчиси беш йиллик фаолиятидан сўнг жамоани тарк этишини маълум қилди  1 09:44Тен Хаг «Манчестер Юнайтед» мухлислари ҳақида кескин фикр билдирди  2 09:18Про лигада мавсумдаги илк истеъфо содир бўлди  1 08:52Анчелотти Макроннинг Мбаппени Олимпиадага қўйиб юбориш ҳақидаги илтимосига муносабат билдирди  3 08:26Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 08:15РПЛ. "Зенит" - ЦСКА 0:1   0 08:10Бундеслига. "Майнц" - "Боруссия Д" 3:0   0 08:05Серия А. "Милан" - "Кальяри" 5:1   0 08:00Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:55Серия А. "Наполи" - "Болонья" 0:2   0 07:34Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  11 01:40А Серия. "Кальяри" меҳмонда "Милан"дан йирик мағлубият қабул қилди, Шомуродов эса...  32 01:25"Реал" ҳимоячиси сўнгги 5 йилда Ла Лигадаги битта ўйинда илк бор гол ва ассист қайд этди  3 00:40АПЛ. "Ноттингем" - "Челси" 2:3   0 00:35АПЛ. "Тоттенхэм" - "Бернли" 2:1   0

Intervyu. Pavel Bugalo: "O'tkir Yusupov terma jamoada birinchi raqamli darvozabon. Lekin..." Yangiliklar

Intervyu. Pavel Bugalo: "O'tkir Yusupov terma jamoada birinchi raqamli darvozabon. Lekin..."

O'zbekiston terma jamoasi bugun tunda Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yo'l oldi.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladigan Qatarga otlandi


Qatarga yo'l olgan tarkibga nazar tashlar ekanmiz har bir poziciyada 2-3 nafardan futbolchi borligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Xususan, darvoza chizig'ida O'tkir Yusupov, Botirali Ergashev, Abduvohid Nematov  joy oldi. Terma jamoamiz darvoza chizig'ida raqobat qay darajada? SHu va boshqa savollar bilan O'zbekistonning ikki karra "eng yaxshi darvozaboni Pavel Bugaloning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Pavel Viktorovich Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogida O'zbekistonning imkoniyatlari qanday?

- Umid qilamanki, O'zbekiston guruhdan chiqadi va musobaqada oldinga intilishda davom etadi. Menimcha terma jamoamiz yarim finalga qadar etib bora oladi. Agarda barcha futbolchilar etiborni g'alabaga qaratib, yuqori natija yo'lida birlashish muhim, turnirda hamma narsa bo'lishi mumkin. O'zbekiston terma jamoasiga Qatardagi Osiyo Kubogida omad tilayman.

- O'zbekiston terma jamoasining ayni paytdagi darvoza chizig'iga fikringiz qanday? Murabbiy barcha o'yinlarda O'tkir Yusupovga ishonch bildirdi. Bu raqobat muhitiga qanchalik tasir qiladi?

- O'zbekiston terma jamoasida kuchli darvozabonlar bor. Albatta, O'tkir Yusupov birinchi raqamli posbon ekanligi shubhasiz. Lekin nazorat uchrashuvlarida barcha darvozabonlarga imkoniyat berish kerak. Abduvohid Nematov, Botirali Ergashev va hokazo. Murabbiylar mashg'ulot vaqtida kim yaxshiroq ekanligini yaxshiroq bilishadi.  

- Osiyo Kubogida qaysi terma jamoani favorit sifatida ko'ryapsiz?

- Musobaqaga hech qachon kuchsiz jamoa bormaydi. Barcha jamoalar favorit hisoblanadi. Bu - futbol. Unda istalgan jamoadan kutilmagan "sovg'alar" kutish mumkin.  Bunday holatga esa tayyor turish kerak. Futbol o'zgaryapti. Har bir terma jamoa kuchaygan. Ochig'ini aytganda turnirda aniq bir jamoani yutishini taxmin qilmayman. 

- Faoliyatingizda 3ta Osiyo Kubogida ishtirok etish nasib qilgan...

- Barcha musobaqalarda qatnashgan tarkibimiz saralangan edi. Oradan ancha vaqt o'tib ketdi. SHu bois tarix haqida nimadir deyishim qiyin. 

- Murabbiy sifatida jamoangizni almashtirdingiz. Endilikda "Paxtakor" murabbiylar shtabida faoliyat olib borasiz. Qadrdon klubga qaytish qanday bo'ldi?

- Xa, "Paxtakor"ga ko'chib o'tdim. "Paxtakor" rahbariyatiga taklif va etibor uchun rahmat. Men buyuk jamoada ishlashimdan xursandman. Bu klubda uzoq vaqt o'ynaganman. Men uchun "Paxtakor" oilamdek gap. G'alabalarga hissamni qo'shish uchun bor kuchim bilan ishlashga tayyorman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика