So’nggi yangiliklar

09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  1 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  2 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  9 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  5 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  23 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  40 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   2 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  1

Intervyu. O'tkir Yusupov: “Namanganda futbol o'ynash zavqi butkul boshqacha” Yangiliklar

Intervyu. O'tkir Yusupov: “Namanganda futbol o'ynash zavqi butkul boshqacha”

Namanganning “Navbahor” jamoasi joriy yilgi mavsum startini yomon boshlamadi. Toshkentda “Paxtakor”ga uch ochko ulashilgan bo'lsada, futbolchilar yomon o'yin namoyish qilishmadi.

Qolgan ikki uchrashuvda “lochinlar” o'z darvozasini dahlsizligini saqlab qolgan holda ijobiy natijalarga erishdi. O'tkazilgan uchta tur davomida jamoa darvozaboni O'tkir Yusupov qator gollardan saqlab qoldi, ajoyib seyvlar ko'rsatdi. Yaqinda maxoratli kiperni suhbatga chorlab ayrim savollar bilan murojaat qildik.

- Bilasiz, yurtimizning ko'plab hududlarida karantin joriy etildi. Odamlardan ko'chaga chiqmaslik talab qilinmoqda. Albatta, futbolchi uchun yashil maydondan uzoqlashish oson emas. Mavjud sharoitga ko'nikish qanday bo'ldi? Bo'sh vaqtingizni nimalarga sarflayapsiz?

- Birinchi o'rinda koronavirus bilan kasallanganlarga hudo shifo berishini so'rab qolaman. Nasib qilsa yurtimizga kirib kelgan baloni birgalikda engamiz. Karantin qoidalariga amal qilyapman. Qo'lni sovunlab yuvilsa, tozalik gigienasiga rioya qilinsa hammasi yaxshi bo'ladi. Men uchun hayot qandaydir to'xtab qolganga o'xshaydi. Mashg'ulotlarsiz, uchrashuvlarsiz kunni o'tishi qiyin bo'larkan. Bo'sh vaqtimni hamma qatori uyda, oilam davrasida o'tkazmoqdaman.

- Bunday pallada futbolchida istaymizmi, yo'qmi jismoniy tomonlama pasayish kuzatiladi. Murabbiylar tomonidan futbolchilar uchun dastur va ko'rsatmalar berildimi?

- Ha. Uy sharoitida bajarish uchun kundalik dasturlarni, jismoniy yuklamalarni yuborib turishadi. Iloji boricha sport formamizni engil mashqlar bilan ushlab turishga harakat qilyapmiz.


- “Navbahor” Superliganing dastlabki uchta turini uch xil natija bilan yakunladi. Mag'lubiyat, g'alaba va durang. Ko'rdikki jamoaga avvalgi kurashuvchanlik ruhiyati qaytgan. Futbolchilar bor kuchi bilan harakat qilmoqda. Umumiy qilib aytganda o'tgan yilning ikkinchi davrasidagi jamoadan farq qilmoqda. Qiziq, Andrey Kanchelskis qishki yig'in va mashg'ulotlarda, yangi mavsumga hozirlik ko'rish jarayonida nimalarni o'zgartirdi?

- Murabbiy jamoaga yangi futbolchilarni taklif qildi. Andrey Antanasovich futbolchilarni yagona maqsad ostida birlashtira oldi. Mashg'ulotlarda jismoniy holatimizni yuqori notaga olib chiqish ustida ishladik. To'p bilan turli taktik chizmalar asosida mashqlar bajardik. Nazariy mashg'ulotlar qiziqarli ruhda o'tdi. O'ylaymanki, qilgan mehnatlarimiz samarasini va mevasini mavsum yakunida ko'ramiz.

- Turkiya yig'inida osh pishirish kimning tashabbusi bilan sodir bo'ldi?

- Barcha yigitlar birlashib oshni tayyorladik. Kimdir sabzi to'g'radi, kimdir guruch tozoladi. Damlash chog'ida oshpazimizga telefon qilib so'rab turdik. CHunki, palovning eng murakkab pallasi damlash hisoblanadi.

- Sizni salohiyati yuqori darvozabon deb bemalol tariflay olamiz olamiz. Ektor Kuper davrida terma jamoaga jalb etildingiz. Biroq, keyinchalik nima uchundir yig'inlarga taklif qilinmadingiz. Balki, klubdagi salbiy natijalar tasir qilgandir?

- Ochig'i, bilmadim. Murabbiyning qarorini hamma hurmat qilishi shart. Gapingizda qaysidir manoda jon bor. Hammasi oldinda, umid qilamanki jamoadagi o'yinlarim orqali yana terma jamoaga qaytaman.


- Tashqaridan qaralganda Kuper ftbolimiz uchun deyarli hech narsa bermadi.U bilan yaqin muloqotda bo'lgan futbolchi sifatida nimalarni o'zlashtirdingiz?

- Kuperni barcha mister deb chaqirardi. Mutaxassis juda kamtar va oddiy inson. Jamoadagi barcha uchun kerakli sharoitlarni yaratib bera oldi. Undan har qanday sharoitda kamtar va samimiy bo'lishni o'rgandim desam to'g'ri bo'ladi. Ammo, darvozabonlar bilan asosan Denis Ivankov ishlardi.

- Denis Ivankov siz uchun begona emas. Muborak va Qarshidada birga ishlagansiz. Hozirda esa Pavel Sinelnikov qo'l ostida shug'ullanyapsiz. Bu ikki murabbiyning ish uslubi o'rtasidagi tafovutni ayta olasizmi?

- Pasha aka Ivankovni shogirdi. Sinelnikov bilan “Mashal”da birga mashg'ulotlar o'taganmiz. U vaqtlar jamoada endi ish o'rganayotgan paytlar edi. SHuning uchun o'zaro tushunishimiz alo darajada. Ish uslubi deyarli bir xil. Muhimi ikki murabbiy ham yaxshi inson. O'z ishini ustalari.

- Qishda xorij klublaridan takliflar bo'ldimi? Legionerga aylanishingiz biroz kechikmayaptimi?

- Ko'p chet el jamoalari taklif bilan chiqishdi. O'zimda xohish bo'lmadi. “Navbahor”da qolishni istadim. Namanganda futbol o'ynash zavqi butkul boshqacha. Ayniqsa, uy uchrashuvlarimizda stadionda haqiqiy futbol muhiti yuzaga keladi.

- Lekin, qolgan chiziq vakillariga nisbatan o'zbekistonlik darvozabonlarni xorijga yo'l olishi juda kam kuzatiladi...

- Har bir futbolchining o'z fikri va dunyoqarashi bor. Men boshqa darvozabonlar haqida, ularning nima uchun chetga ketmayotgani haqida gapirishni istamayman.


- “Mashal” va “Nasaf”ning natijalariga befarq bo'lmasangiz kerak...

- Ushbu jamoalar yurtimiz futbolining ildizi desam adashmayman. U erda futbolchi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Men bu ikki klubda katta futbolga qadam qo'ydim. Muxlislarga tanildim. Etiborga tushdim. SHunday ekan befarq emasman. Maydonda raqibmiz. Tashqarida do'st, aka-ukamiz.

- O'zbekiston chempionatida sizga qarshi o'ynagan eng noqulay hujumchi kim?

- Faoliyatini tugatganlardan Igor Taran kuchli hujumchi edi. Hozirda esa Dragan CHeranni ayta olaman. CHeran o'ta aqlli futbolchi. Qachon va qaysi payt hamla qilib qolishini bilmaysiz. Uni qanday to'xtatsa bo'ladi? Himoyachilardan so'raganingiz maqul.

- Joriy yildan qo'llanilayotgan yangi Puma to'plari haqida fikringiz qanday? Ko'pchilikda boshida etirozlar bo'ldi...

- Bizlar aniqrog'i darvozabonlar uchun ancha bosh og'riq bo'ladigan to'p ekan. Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizga sog'lik tilayman. Namaganlik ishqibozlarga doim qo'llab quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика