So’nggi yangiliklar

21:22"Наполи" — "Рома". Таркиблар маълум  0 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  26 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  1 20:31"Ипсвич Таун" — "Манчестер Юнайтед". Бруно, Рэшфорд ва Каземиро асосий таркибда  2 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  5 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   1 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0 19:36Суперлигани қайси клуб тарк этади? Кумуш медал кимга насиб қилади? 26-тур интригалари  6 19:18Суперлига-2025. Қайси жамоалар қолади, қайсилари кетади?  6 18:25Суперлига. «Сўғдиёна» «Локомотив»ни қийинчиликсиз мағлуб этди ва учинчи ўринга кўтарилиб олди  11 18:16Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" "Қосимпошо" билан дуранг ўйнади, Турғунбоев бир бўлим ҳаракат қилди  2 18:04Февзи Давлетов: "Ўйинни тўлиқлигича назорат қилдик, фақатгина гол етмади"  4 17:28Холанд "Манчестер Сити" бўйича қарор қабул қилди  1 16:53Суперлига. «Металлург» мавсумдаги иккинчи ғалабасини қўлга киритиб, элитада қолиш имкониятини сақлаб қолди  11 16:08Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин  7

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: "O'rinbosarlar chempionatidagi temp, daraja va futbolchilarga etibor havas qiladigan darajada emas" Yangiliklar

Intervyu. Otabek G'ulomxo'jaev: "O'rinbosarlar chempionatidagi temp, daraja va futbolchilarga etibor havas qiladigan darajada emas"

Bu mavzu saytimiz orqali bir necha bor ko'tarildi, olib chiqildi.

Bugungi kunda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga jalb etilgan futbolchilarning ko'p qismi U-21 chempionatida to'p tepadi, klublaning asosiy tarkiblaridan joy olgan futbolchilar sanoqli. Afsuski, aksariyat klublarimizning o'rinbosarlar jamoasidagi holatni qoniqarli deb bo'lmaydi. Gohida shunday vaziyatlarga guvoh bo'lmamizki, Superliga bahslaridan bir kun oldin o'tadigan U-21 chempionati doirasidagi uchrashuvlarda klublar birgina murabbiy va bitta shifokor bilan kelishadi, mamur o'rinbosarlar jamoasi bilan birga asosiy jamoaga ham javobgar bo'ladi. Maydonlar holatini gapirmasa ham bo'ladi. Tabiiyki bu omillar ulg'ayib, etishib chiqayotgan futbolchilarning har tomonlama o'sishiga salbiy tasir qiladi. Natijada bundan terma jamoa jabr chekadi. Yaqinda yoshlar bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, bir necha yillar davomida "Bunyodkor" akademiyasida, turli yoshdagi terma jamoalarimizda faoliyat olib borgan murabbiy Otabek G'ulomxo'jaevni suhbatga chorladik. Mutaxassis suhbat jarayonida klublarning akademiyaga etibor qaratishi, o'rinbosarlar jamoalariga etishmayotgan etibor va boshqa mavzular yuzasidan fikrlarini bildirib o'tdi. 

- Hozirgi vaqtda Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasini ikki yil boshqardingiz, aksariyat futbolchilarni taniysiz, bilasiz. SHunday ekan ularning bugungi kundagi holati, klublaridagi faoliyati sizni befarq qoldirmasligi tabiiy...

- Yoshlar terma jamoasidagi futbolchilar ulg'ayishmoqda. Meni xursand qiladigan jihati aksariyat futbolchilar Superliga va Pro ligada asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Masalan, IbrohimHalil Yo'ldoshev “Bunyodkor” asosiy tarkibida, Jasur Jaloliddinov legionerga aylandi, Hojimat Erkinov AGMKda o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, Ruslan Roziev Samarqandning “Dinamo” jamoasiga ijaraga berildi. Bu albatta juda quvonarli. CHunki, Osiyo chempionati oldidan bu terma jamoaga faqat foyda keltirishi mumkin. Lekin, ko'pchilik futbolchilarni hamon o'rinbosarlar jamoasidan nariga o'ta olmayotgani havotirga soladi. Ushbu holat terma jamoa murabbiylar shtabini ham havotirga solayotgan bo'lishi mumkin. Boisi, Osiyo chempionatida raqiblar bizga taqdim qiladigan o'yin, temp, shiddat o'rinbosarlar chempionatidan yuqori. 

Ruhiyat masalasi haqida gapiradigan bo'lsam, biz faoliyat olib borayotgan paytda ruhshunos Tatyana Vladimirovna futbolchilarni ruhiyati ustida ish olib borardi. Ko'p narsa ichki muhit, murabbiylar shtabi va futbolchilar o'rtasidagi hamjihatlikka bog'liq. Bosh murabbiy Timur Kapadze futbolchilik faoliyatida barcha murabbiylar bilan yaxshi til topishib keta olgan. Bejiz uni terma jamoada ishlagan har qanday murabbiy taklif qilmasdi. Xuddi shuni endilikda murabbiy sifatida ham uddalashiga ishonaman. O'zining tajribasini yoshlarga o'rgatib muvaffaqiyatlarga erisha oladi deb o'ylayman. Hozirgi tarkibdagi yigitlarning 80 foizi o'tgan mavsum saralashda qatnashgan bollar. Endi bir qator yangi nomlar ham bor. Bundan juda xursandman. CHunki, yangi nom va yangi futbolchilar kelsa raqobat kuchayadi. 

- Quyidagi savolim bugungi kunda eng og'riqli mavzu o'rinbosarlar yani U 21 chempionati haqida. Terma jamoaga nomzod futbolchilarning aksariyati Superliga klublaring o'rinbosarlarida, Pro liga, Birinchi liga jamoalarida to'p tepadi. Lekin, o'rinbosarlar jamoalari havas qiladigan darajada emas. Maydonlar, futbolchilarga yaratilgan sharoitlar, mashg'ulotlarni olib borish, tashkilotchilik masalalarini qoniqarli deb bo'lmaydi. Bu qaysidir manoda terma jamoaga ham o'z tasirini o'tkazadi...

- Yuqorida aytganimdek Superliga darajasidagi futbolchilar ham yo'q emas. Ularni qatoriga Abduvohid Nematovni qo'shsak bo'ladi. Lekin, Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston uchun bu kam. Endi klublarni murabbiylariga etiroz desam noto'g'ri bo'ladi, ularni ishiga, klublarni siyosatiga aralashishga haqqim yo'q. Ammo, o'rinbosarlar jamoalarida shunaqa futbolchilar borki, ular asosiy tarkibdagi futbolchilardan kam joyi yo'q. Masalan, Ro'ziqul Berdiev, Vadim Abramov kabi mutaxassislar yoshlarga etibor qaratib tarkibga jalb qilib borishadi. Buni o'tgan yili intervyularimda ham aytganman. Tarkibdagi 50 foiz futbolchi Superliga jamoalarida o'zlarini ko'rsata olishadi. Umuman bu yoshdagi futbolchilar o'z jamoalarining asosiy tarkibidan o'rin olishi kerak, masalan ortga qaytadigan bo'lsak Ahmad aka Ubaydullaev boshchilik qilgan 1989-1990 yillarda tug'ilgan yoshlar terma jamoadagi deyarli barcha futbolchilar katta futbolga kirib, o'z klublarida ham asosiy tarkib o'yinchisi hisoblanardi. Yoshlar terma jamoasi tarkibidagi futbolchilarning Superliga klublarining asosiy tarkibida maydonga tushishi faqat foyda keltiradi. U 21 Ligasini o'zim ko'p bor kuzataman, qanqadir temp, agressivlik, kurash yo'q. Murabbiy o'tiribdi, o'zimni ko'rsatishim kerak degan narsalarni ko'rmayapman. “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor” mana bu yildan “Metallurg” jamoalarini qolgan klublarga o'rnak sifatida ko'rsatishim mumkin. Masalan, ayrim jamoalarda o'rinbosarlari uchrashuvga shu kunni o'zida keladi, shu maydonni o'zida kiyinadi.

Pitaniya, etibor, tashkilotchilikni yaxshi deb bo'lmaydi. Avtobusda burnidan tortib olib kelganday yoki engil mashinada tiqib, bosib olib kelishadi. Orasida bir ikkita tajribali futbolchilar bo'lsa boshqa gap, murabbiyni urib so'kkani bilan hech narsa o'zgarmaydi. Bu erda aybni murabbiyga to'nkab ham bo'lmaydi. Futbolchilarni bir kun oldin olib kelib, mehmonxonaga joylashtirib, vitamininaciyalarni joyiga qo'yib ertasi kuni o'yinga shay holatda olib tushsa futbolchi ham jonini berib o'ynaydi. Endi boshqa sharoitda ham futbolchilar o'ynaydi, maydonga chiqadi, to'p tepadi. Lekin, nari borsa bir taym yaxshi o'ynashi mumkin, ikkinchi taymda futbolchilar tezroq vaqt o'tishini va o'yin tugashini o'ylashni boshlashadi. Surxandaryo, Buxoro, kabi viloyatlardan o'rinbosarlar jamoalari poytaxt klublari bilan o'ynash uchun kelishadi, reglametda belgilangandek yarim soat yoki bir soat oldin etib kelishadi, tayyorgarliksiz maydonga tushishadi. Bundaylar Toshkentga shunchaki sayr qilib ketish uchun keladi. 

Mana terma jamoaga futbolchilar kelganda mashg'ulotlarda oddiy elementar narsalarni bilishmaydi, bu yoshligida ishlanmagan, yoki o'rinbosarlar jamoasida murabbiylar ishlmagan yoki bunga sharoit bo'lmagan. SHunaqa jamoalar borki, o'yinida murabbiyning imzosi ko'rinadi, murabbiy ishlayotgani bilinadi. Endi o'rinbosarlar jamoalarida futbolchilarning jismoniy holati ustida ishlanmaydi. Terma jamoada ishlagan paytimda Ilnur Sigabatulin jismoniy mashqlar ustida ishlardi. CHempionatni etakchi jamoalaridagina bunga jiddiy etibor beriladi. To'g'ri futbol aql bilan o'ynaladi, lekin, tez fikrlab tezkor qarorlarni chiqarish uchun ham jismoniy holat yuqori bo'lishi kerak. Futbol hozir turib o'ynalmayapti. 

- Bu narsa tabiyki terma jamoalarimiz xalqaro turnirlarda qatnashganida yaqqol bilinadi. Ko'p terma jamoalar bizdan aynan jismoniy jihatdan kuchli va bo'ydor, gavdali futbolchilarga ega. 

- 14-15 yoshdan boshlab kichik jismoniy yuklamalarni berib borish lozim. Yana qaytaraman hamma narsa pitaniyaga borib taqaladi. Hozirda “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Metallurg”, AGMK o'rinbosarlari futbolchilarini boqadi, yaxshi ovqatlantiradi, mayda detaligacha etibor beradi. Ayrim klublarda o'rinbosarlari uyda o'ynasa ham shu uchrashuvga, o'z uyidan qatnaydi. Qish kelsa yana hammasi boshqacha bo'ladi, bola maktabdan keladi, shu zahoti mashg'ulotlarga. U bola bechora ko'chada nima edi, nima ichdi jamoani ishi bo'lmaydi. Yana shu pitaniyaga borib taqalmoqda. Terma jamoada murabbiy faqat yo'nalish beradi, futbolchi klubidan tayyor bo'lib kelishi kerak. Mana yaqinda PFL direktori Diyor Imomxo'jaev ajoyib gapni aytdi, akademiya bo'lmasa, moddiy texnik baza bo'lmasa legionerlarni ro'yxatdan o'tkazmaydi. Juda to'g'ri qaror bo'ldi. 

To'g'risi klublar hafa bo'lmasin, legioner olib kelishga olib kelishadi, ketidan bir necha yil pul to'lab sudlashib yurishadi. Legioner nomiga munosib futbolchini taklif qilish kerak. Har bir klubdan bir yilda bitta Jaloliddinov chiqsin, yoki bitta O'runov chiqsin. Bir yilda 12ta yulduz futbolchi chiqadi. Jasur va Oston asli navoiylik bollar. Bilsangiz, Navoiyda iqtidorlar talaygina, Zarafshonda shularni o'zi bilan bir zo'r jamoa tashkil qilsa bo'ladi. Diyor Ramazonov, Rasul Yo'ldoshev, Jasur Jaloliddinov, Islom Kenjaboev va hokazo. Zarafshonda akademiya tuzib mahalliy futbolchilar bilan katta natijalarga erishish mumkin. Masalan, “Andijon”da ham yaxshi akademiya bor. Akademiyadan yaxshi futbolchi chiqarib sotsa o'ziga foydaku. “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” klublarg ijaraga futbolchi beradi, gap yo'q. Lekin, o'sha ijaradagi futbolchisini pishitib o'zi sotadi va foyda ko'radi. Akademiyasi bor klublarda tarkib bilan bog'liq muammo bo'lmaydi. Bir futbolchi ketadi, akademiyadan chiqqan ikkinchi futbolchi o'rnini to'ldiradi. Buning uchun boshqa jamoalarda akademiya va o'rinbosarlar jamoasiga etibor kuchli bo'lishi kerak.

 Men klublarni siyosatiga aralashmayman, faqat iltimosim akademiyaga va o'rinbosarlar jamoasiga jiddiy etibor berishsin. Har bir klubda hozirda poytaxt klublarini tarbiyalanuvchilari to'p tepmoqda. Viloyatni o'zida qanchadan-qancha iqtidorlar bor, imkoniyat berishni kutib o'tirganlar topiladi. Murabbiylarni moshini ham aytib o'tish joiz, yaxshi maosh, yuqori tashkilotchilik bor joyda murabbiy ham rohatlanib ishlaydi. O'sha tarbiyalagan futbolchini klub sotsa transferdan 1 foiz bo'lsada murabbiyga ajratsa kerak bo'lsa har yili bunaqa bollardan bir nechtasini tayyorlaydi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Davomi bor...

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика