So’nggi yangiliklar

19:53"Арал" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  0 19:43"Локомотив" "Краснодар" тарбияланувчиси билан шартнома имзолади  0 19:24Тимур Мамасидиқов "Локомотив"га қайтди  0 19:13Кейн: "Саутгейт - Англия тарихидаги энг муваффақиятли мураббийлардан бири"  0 18:46Расман: Дилошд Жўраев - "Локомотив" футболчиси  2 18:36Кроос Педрига қарши фол учун кечирим сўради: "Атайин жароҳат етказиш нияти йўқ эди. Тезроқ соғайиб кет"  16 18:02"Локомотив" Қирғизистон терма жамоаси сардори билан шартнома имзолади  2 17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  2 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  2 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  1 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  16 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  6 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  19 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  2

Intervyu. Massimiliano Allegri: “Silvio bilan munosabatlarimiz doim ajoyib edi” Yangiliklar

Intervyu. Massimiliano Allegri: “Silvio bilan munosabatlarimiz doim ajoyib edi”

“Yuventus”ni oxirgi ikki yilda boshqarib kelayotgan Massimiliano Allegri jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.

Italiyada barcha sovrinlarga ega chiqayotgan turinliklar o'tgan mavsum ECHLda finalgacha etib borishdi, bu yil esa saviya jihatidan “Bavariya” bilan bir xil darajaga chiqib ulgurganlarini ko'rsatishdi. Livornoda tavallud topgan mutaxassisning bu natijalarda hissasi beqiyosdir. Italiyalik hamkasblarimiz bilan suhbatda Allegri hayoti va faoliyati haqida ko'plab savollarga javob berdi.

- Bolalik paytigizda “g'alaba” so'zi nimanidir bildirganmi?
- Yoshligimda soat ikkidan sakkizgacha ko'chada qolib, to'p tepishni xohlardim xolos. Vaqti-vaqti bilan menga egulikni derazadan tashlashardi, uni eb bo'lgach, yana o'ynashda davom etardim. Qizargan tizzalarim bilan faqat kech mahalda o'ynashdan to'xtardim.

- Oilangiz qanday bo'lgan?
- Otam Augusto port ishchisi bo'lgan, onam esa hamshira edi. Qachondir otam uni ishini tashlashga ko'ndira olgan, lekin keyinroq baribir arzimas pul evaziga boylarning xonadonini tozalashga majbur bo'lgandi.


- Pul muhim bo'lganmi?
- Romeo Ankonetani, “Piza” prezidenti ushbu klubda bo'lgan uzoq bo'lmagan paytimda pullar vafot etganda kerak bo'lmasligi, kredit kartalarining o'zi etarli bo'lishini aytgandi.

- Siz Koteto tumanida tug'ilib, voyaga etgansiz. U qanday joy?
- U erda barcha bir-birini bilardi. Bolaligim baxtli o'tgan, eyishga har doim ul-bul bo'lardi. Ota-onamga oson bo'lmagan, lekin bu etishmovchilik o'zimizni baxtli his qilishga xalal bermasdi. Portda konteynerlarni yuklash paytida otam boshqalardan yaxshiroq pul ishlab topardi. Qutilarni tashish kerak bo'lmaganda esa u jilmayib, ertaga dam olish kuni bo'lishi, uning o'rniga mashinalar ishlashi va buni nishonlash uchun muzqaymoqlar sotib olishimiz haqida gapirardi.

- O'ynashni erta boshlaganmisiz?
- Birinchi jamoam libosini 9 yoshda kiyganman. Quyosh nurlari ostida, yomg'irda va qorda ham o'ynayverardik. Uyga qaytganimda sumkam toshlarga to'lgandek taassurot qoldirardi.

- Qachon futbol hayotingizdagi muhim ishga aylanishi mumkinligini tushungansiz?
- Kech, agar juda kech deb aytmasam. Dastlab shunchaki o'ynab, zavq olishni xohlagandim.

- SHug'ullanishingizga xalal berishmaganmi?
- Doim ham emas. Lekin qarshilikka duch kelsam, bahslashib, urushib, huquqimni himoya qilganman.

- Aynan nima uchun kurashgansiz?
- O'yindan zavq olish erkinligini himoya qilganman. “Kuoypelli” – birinchi jamoam, u menga professional shartnoma taklif qilgan. 6 million lira to'lagandi. 17 yoshda edim, o'zimda yo'q xursand bo'lgandim. Santa-Kroche-Sul-Arnoga ko'chib o'tdim, ammo katta ajablanish bilan maydonga mendan boshqa tushishini kuzatdim.


- Qanday munosabat bildirdingiz?
- Men iqtidorli yoshlar safida bo'lib, tribunada qolishga hech qanday xohishim yo'q edi. Prezident Mario Brotini oldiga borib, uyga qaytishimni tushuntirdim. Asosiy tarkibda o'ynamasam, boshqa nima qilishim haqida so'radim. Zaxirada o'tirsam, pulga tupurishim to'g'risida aytgandim.

- Va ketdingizmi?
- Ikki haftadan ko'proqqa. Brotini har kuni qo'ng'iroq qilib, qaytishim kerakligi, hech narsa ro'y bermaganini aytardi. Xuddi otalarcha. Umuman olganda, ishontirgan. O'shanda yosh va kuchga to'la edim. Bunday yoshda hissiyot, lahzalik qarorlar bilan yashaysan. Qalbing aytgani o'ylanib ish qilishdan ustun turadi. O'yin amaliyotidan boshqa hech narsa meni o'ylantirmasdi. Bugun esa yillar davomida zaxirada o'tiradigan yigitlarni ko'raman va ularni tushunmayman. Agar chinakamiga yaxshi bo'lsang, saviyangni o'stirib, vaziyatni o'zgartirib yuborishing mumkin. Lekin xotirjam ko'rib, boshqalarga boqsang, o'zingni topolmaysan va o'yinga bo'lgan ishtahani yo'qotasan.

- Livorno shahri haqida qanday fikr bildirasiz?
- Bu shahar tashqi olamga juda ochiq emas. Bu erda dastlab hazillashishadi, muammo esa keyin keladi. Omadsiz ham, milliarder ham Romito sohilida baliq eb, atrofda narsalar haqida butunlay unutishadi. Odamlar quyoshda isinish uchun velosiped va skuterlarda uchishadi. Livornoda eng ajoyib narsa shuki, cho'ntagida bir evro bor odam ham kunni qirollarga xos xotirjamlik bilan kutib oladi.

- Yoz oylaringiz qanday o'tgan?
- Sochiq, yong'oqli pirog va toshlar orasidagi joy. Quyosh tig'i ostida, himoya kremisiz uxlash va isinish.

- Hozir qanday o'tadi?
- O'tgan yili shaharda yozgi bolalar oromgohi tashkil qildim – kuniga 150 nafar bola. SHovqin, suratga tushish, to'p o'ynash, kichik o'yinlar, ota-onalar maydon tashqarisi to'siqlar ortida. Kun yakunida charchaganimdan meni bilish qiyin edi, lekin juda xotirjam edim. O'sha bolalar ko'zida o'zimni ko'rdim.


- Livornolik Armando Pikki 60-yillarda bu erga “Inter”dagi jamoadoshlari Luis Suares va Mario Korsoni olib kelgandi.
- Ular klubdagi ishlari haqida o'ylamasdan dam olishdi va ortga oddiy odamlar bo'lib qaytishdi.

- Sizga shunday bo'lish yoqadimi?
- Menga yaxshi va hech narsa haqida o'ylamasdan dam olish yoqadi. Bu katta xursandchilik beradi, tinchlantiradi, olam bilan bir nafasga tushiradi. O'yinchilarimga ham shuni maslahat beraman. Sutkasiga 24 soat etiborni qaratish mumkin emas – bu kasallik holati.

- Do'st, nozir, ustoz. Murabbiy Massimiliano Allegrini qanday tariflash mumkin?
- Do'st va aniq nozir emas. O'yinchilarni qafas ichida saqlamayman, ularning masuliyatga ishonaman. Ular qarorni o'zlari qabul qilishlari lozim, aks holda haqiqiy etishmovchilik yuzaga keladi, biror narsani boshqalar ko'magisiz qila olishmaydi.

- O'zingiz maslahatlarga quloq solganmisiz?
- Men tinglaganman, o'ylaganman va o'zimcha qilganman – erkinlik tuyg'usi va qarama-qarshilik ruhi tufayli. Agar o'zingga ishonsang, fikrlaringni aytishing bilan qanday muammo bo'lishi mumkin? Agar fikrimni o'zgartirsam, bu biror kishiga ishonmasligimdan emas, balki bu o'sish va rivojlanish uchundir. Bilaman, doim ham haq bo'lmayman, lekin doim to'g'ri narsalarni gapirish kerak.

- Faoliyatingizda ko'plab prezidentlarga bo'ysunishingizga to'g'ri kelgan.
- CHellino, Berluskoni, Skuinci, Anelli, Gauchchi, Pero Kamilli. Har biri o'zicha muhim edi.

- Uch yillik faoliyat, skudetto va bahslardan keyin Berluskoni sizni “Milan”dan bo'shatib yuborgandi.
- Bu haqida Galliani malum qilgandi, keyingi kuni Berluskonining o'zi qo'ng'iroq qildi. Atrofdagilar ro'y bergan holatni muhokama qilishardi, turli fikrlarni bildirishardi. Lekin Silvio bilan munosabatlarimiz doim ajoyib edi. U juda yoqimli inson. Jamoa kutilgan natijalarni ko'rsatmasa ham o'rtamizdagi hurmat yo'qolmagan, faqat fikrlar qarama-qarshi chiqishi mumkin.


- Murabbiy qilib tayinlashdan avval u siyosiy qarashlaringiz to'g'risida qiziqqani rostmi?
- Yo'q. Siyosat men uchun deyarli hech narsadir. Haqiqiy siyosiy faoliyati kitoblar sahifalarida qolib ketgan.

- Vaziyatni o'zgartirish uchun omad ham zarur. SHuningdek, kuchiga bo'lgan ishonch ham.
- Men ijobiy va salbiy kuchga ishonaman. Bunday odamlar bilan ishlashimga to'g'ri kelgan. Masalan, “Kalyari” prezidenti CHellino 23 raqamini yaxshi ko'rgan. U yoqtirgan futbolchilardan biri argentinalik Xoakin Larrivey edi, ammo u gol urishda muammolarga duch kelardi. Hujumchi bo'la turib, u deyarli gol urmasdi. 2009-10 yilgi mavsumdan oldin CHellino Larriveyga yordam berish uchun 23-raqamni bergan. Keyin menga Xoakinning o'zi iltimos qilgani haqida aytgandi. Aslida bu yolg'on edi. O'zimni ishongandek tutdim. Bunday insonlar uchun ularning fikriga qo'shilishing muhim. Unga javoban bu ajoyib xabar bo'lgani, yakshanba kuni u yutish uchun bizga yordam berishiga umid qilishimni takidladim.

- Yakshanba kuni nima bo'ldi?
- Uyda “Jenoa” bilan o'ynadik, 3:2 hisobida yutdik. Larrivey to'p kiritdi, Matri ham va u 32-raqamda o'ynagandi. CHellino hayratda edi. U uchinchi to'pni urgan Kontening raqami 5ni ham qo'shib, Lotto o'ynadi.

- Yutdimi?
- Ishonmaysiz, lekin yutib chiqdi. Bir safar ko'k rangli sochiqlar yuvilgandan keyin rangi o'zgargach, ularni raqib jamoa kiyinish xonasiga olib borishni buyurgandi.

- CHellino 2008-09 yilgi mavsum boshida sizni ketma-ket 5 mag'lubiyatdan keyin istefoga chiqarmagandi.
- Futboldagi natija bazida kichik holatlarga ham bog'liq. Rikoshet, to'pning 10 santimer noaniq ketishi shular jumlasidandir. O'shanda 6-turda “Milan” bilan safardagi durang meni qutqargandi. Biz ajoyib o'ynadik, o'yin tugashiga juda oz qolganda Ambrozining zarbasidan so'ng to'p ustundan qaytgan. Agar o'sha holat gol bilan tugaganda biz yana yutqazardik va men bu erda bo'lmasdim. Yana “V” yoki quyiroq seriyadan ishni boshlardim. Har qanday holatda CHellino aqlli prezident edi, ammo u haqida bazan noto'g'ri fikrlar bildirilardi.

- O'tgan kuzda “Napoli” – “Yuventus” bahsidan so'ng ham siz haqingizda shunga o'xshash fikrlar kelib chiqqandi.
- O'shanda shunday degandim: “Barcha meni ko'mishga tayyor, ammo ularni qayta o'ylashga majbur qilaman va men kuladigan navbat keladi”.

- Bir davradan keyin vaziyat boshdan-oyoq o'zgardi.
- Ha, lekin hech qachon xafa bo'lib yurmayman, bu foydasiz ish. Barcha o'zini futbol bilimdoni deb sanaydi, taktika va sxemani muhokama qiladi, garchi bu o'yinda 1992 yildan beri biror yangi narsa o'ylab topilmagan bo'lsa ham. Oxirgi o'zgarish darvozabonga o'z jamoadoshi oshirgan to'pni ushlash taqiqlangani bo'lgan.

- Siz qilgan axmoqona ishlar haqida nima deysiz?
- Hayotda ko'p xato qilganman, murabbiylik faoliyatimga ham hech kim bir finjon qahva qo'ymagan bo'ladi. Ko'pchilik kazinoda o'ynashim, rafiqamni tashlab ketganim va ko'p narsalarni noto'g'ri o'ylashim haqida gapirardi. Kelib chiqishing katta ahamiyat kasb etishini ko'rsatish kerak: Livornodanman, u er toshlar va xarsanglardan qurilgan. SHunday ekan, mening chidamli ekanimga ishoning. Xatolarim tufayli, ko'p narsalarni o'rgandim.

- Kecha ustingizdan kulishgandi, bugun esa hasad qilishadi.
- Livornoda shunday gap bor: “Achinishgandan ko'ra hasad qilishgani yaxshiroq”. Menimcha, bu g'oyani ajoyib etkazadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика