So’nggi yangiliklar

19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  22 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Intervyu. Luisma Ernandes - "Metallurg", Superliga, va Ispaniyaning Evro-2024 turniridagi ishtiroki haqida Yangiliklar

Intervyu. Luisma Ernandes - "Metallurg", Superliga, va Ispaniyaning Evro-2024 turniridagi ishtiroki haqida

O'tgan yili "Metallurg" jamoasida ispaniyalik murabbiy Luisma Ernandes faoliyat olib borganidan xabaringiz bor.

Ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan mutaxassis Superliga uchrashuvlarini bevosita stadiondan kuzatmoqda. Biz fursatdan foydalanib Luisma Ernandesga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Janob murabbiy Superliga o'yinlarini tashqaridan kuzatish qanday ko'rinmoqda? 

- Mamlakatga qaytgan holda Superliga uchrashuvlarini tomosha qilish, sobiq futbolchilar, do'stlar bilan uchrashish yoqimli. Bu yil jamoalarda o'ziga hos balans va tenglik yuzaga kelgan. Katta farq ko'rmayapman. Har bir jamoada g'alaba qozonish imkoniyati bor. Ko'plab yosh futbolchilarga imkoniyat berilayotganini ko'rish mumkin, hattoki "Paxtakor" kabi katta jamoalarda ham. 

- "Metallurg"dan ketganingizdan keyingi hayotingiz va faoliyatingizda nimalar yuz berdi?

- Men hal qilishim kerak bo'lgan ayrim oilaviy masalalar bor edi. Turmush o'rtog'im o'zbek. Orada Ispaniyaga borishga qaror qildik. Murabbiylar ham bazida tanaffus olishga muhtoj bo'ladi. Men shundan foydalandim. Darajamizni oshirish uchun yangi g'oyalar, fikrlar o'rganishimizga to'g'ri keladi. Inson o'rganishdan hech qachon to'xtamasligi kerak. 

- "Metallurg" o'tgan yilgidek joriy mavsum ham chempionatni yaxshi boshlay olgani yo'q. Sobiq jamoangizning natijalari qanchalik xayron qoldirmoqda?

-  "Metallurg"ning holatidan xafaman. Bekobodda yaxshi do'stlarim, yoqimli xotiralarim bor. Ishonchim komilki, ular bu vaziyatdan tez orada chiqib ketishadi. 

- Sizningcha legioner va yulduzlarsiz barqaror jamoani qanday shakllantirish mumkin? Bekobodda ishlaganingizda tarkibda legionerlar bo'lmagandi...

- 2022 yilda bizda legionerlar va yulduzlar emas, jamoa bor edi. Faqat ikkinchi davrada Palichni olganmiz. Tarkibimizda yaxshi mahalliy va yosh futbolchilar bor edi. Bu o'sishning yangi usuli: Tajribali va yosh futbolchilar o'rtasida muvozanat. Ikkinchi usul: Yaxshi saviyadagi legionerlar. Ular mahalliy futbolchilardan farq qilishi kerak 2022 yil yaxshi jamoa qildik. Futbolchilar o'sishga erishdi. 

- O'zbekiston chempionligi uchun kimda imkoniyat yuqori?

- Qiyin savol. Yozgi transferlar vaqtida bazi jamoalar tarkibini kuchaytirishi mumkin. Imkoniyat doimgidek "Paxtakor", "Nasaf","Navbahor"da yuqori.

- Ispaniya terma jamoasi Evropa chempionatida yoshroq tarkib bilan ishtirok etmoqda. De la Fuentening ishiga qanday baho berasiz? 

- Ha, De la Fuente kuchli va yosh terma jamoani shakllantirmoqda. Aprel oyida texnik tomondan seminarda qatnashdik, u o'zining kerakli maslahatlarini berdi. Yoshlar bilan ishlash yaxshi yo'l ekanligini tushuntirdi. Bizning terma jamoada muvozanat bor deb o'ylayman. Men jamoaga eng yaxshisini tilayman.

- Bugun Gruziya to'sig'idan o'tgan taqdirda Germaniya bilan to'qnash keladi. Ispaniya qaysi bosqichgacha etib boradi?

- Men Evropa chempioni bo'lishlarini istayman. Bu oson emas, lekin terma jamoamizga ishonamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика