So’nggi yangiliklar

09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  1 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  0 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  1 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4

Intervyu. Karlo Anchelotti: “Har bir lahzadan zavq olayapman” Yangiliklar

Intervyu. Karlo Anchelotti: “Har bir lahzadan zavq olayapman”

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim yildan beri ishsiz yuribdi.

Uni bir necha jamoalar o'zida ko'rishni istamoqda, biroq Anchelotti mavsum o'rtasida klubni qabul qilib olishni yoqtirmaydi. Kanadada hordiq chiqarayotgan italiyalik mutaxassis “France Football” nashri muxbiri bilan suhbatlashdi.

– Karlo, tatilni qanday o'tkazyapsiz?
– Juda xotirjam. Har bir lahzadan zavq olyapman. Mavsum oxirida biror klubga o'tishim mumkin. Mavsum o'rtasida jamoani qabul qilib olib, bundan afsuslanganman: “PSJ”, “Milan” va “Yuventus”da.


– Kun tartibisiz hayot qanday?
– Xato qilyapsiz! Hozir hayotim tartibli. Xohlagan narsangni zarur vaqtda qilish uchun ishni rejalashtirish lozim. Kanadaning Vankuver shahrida yashayapman, uyimdan Tinch okeani ko'rinib turadi. Yomon emas, shundaymi?
Bazida ingliz premer-ligasi o'yinlarini ko'rish uchun tonggi 4:30da turaman. Vaqt farqi bunga majbur qiladi. Lekin o'yin yoqmasa, birinchi bo'limdan keyin yana uxlayman. Masalan, Manchester derbisi singari. CHempionlar ligasi ko'proq maqul keladi. Uchrashuv tushki 11:45da boshlanadi va kun bo'yi bo'sh bo'lasan.
Ovqat tayyorlayman. Tez-tez velosipedda sayr qilaman. Bir tanishim bilan baliq tutamiz, uning kemasi bor. MXLda “Vankuver Kenaks” va futbolda “Vankuver Uaytkeps” o'yinlariga tushaman.

– Murabbiylik ishisiz zerikmayapsizmi?
– Yo'q. Hech qanday bosimni istamayman. “Real” murabbiyiga qanday bosim bo'lishini ko'rganingda! Oxirgi mavsumdagi asabbuzarlik-chi? Madridda yaxshi lahzalar ham bo'lgan, ularni eslaganingda sal afsuslanarli bo'ladi. Haligacha “Real”ni kuzatib boryapman, ko'p o'yinchilar bilan munosabatim iliq. Suhbatlashib turamiz.
Yozda “Milan”dan taklif bo'lgandi, lekin men operaciyaga tayyorlanayotganim sababli buni rad etdim. “Real” meni bo'shatgandan keyin hech narsa qilishni xohlamadim.

– Ishdan bo'shash og'riqli bo'ldimi?
– Hissiyotliroq, lekin buni ichimdan sezib, tayyor turgandim. Oxirgi oyda o'zimni “Real”da begonadek his qildim.

– Bunday katta tanaffus sizga kerakmidi?
– Ha. 20 yillik faoliyatimda ikki marta tatil olganman. “Yuventus”dan 2001 yil ketganimda va 2011 yil “CHelsi”dan ketganimdan keyin.


– Murabbiy asabiy muhitda ishlashini aytdingiz. Ehtimol, hozir adrenalin etishmayotgandir?
– Yo'q. Men ortiqcha hayajonsiz ishlayman. Madridda ham shunday bo'lgan. Bosim boshqalardan keladi. Prezident, matbuot yoki futbolchilardan.

– Yaqinda siz jahon terma jamoasiga xayriya o'yinida boshchilik qildingiz, Fergyuson esa Angliya va Irlandiya terma jamoalarini boshqardi.
– U bizni xotini bilan aeroportda kutib oldi, o'z mashinasida keldi. Keyin ular bilan birga restoranda ovqatlandik. Ko'p narsalar to'g'risida suhbatlashdik. Sizga yangi kitob yozayotganimni aytishni unutdim. Unda faoliyatimda o'yinchilar bilan munosabat, turli holatlar, muammolar haqida so'z yuritaman. Mag'lubiyatni qanday engib o'tish, g'alabani to'g'ri baholash. Murabbiylik tajribam haqida. Buni biznes yuritish bilan taqqoslayman.
Qoidam shunday: bir-birini hurmat qilish. Hurmat mening tushunchamda professional tomonlama qo'llash. Natijaga zo'rlik bilan erishilmaydi. Qichqirishni ham yoqtirmayman, bazida kiyinish xonasida baqirib turardim. Munosabat hamisha qalbdan, yurakdan bo'lishi kerak.

– Siz ko'proq insoniy munosabatlar haqida gapirasiz, taktika va futboldagi boshqa holatlarga nisbatan.
– Futbol aynan ruhiy tomondan katta rivojlanib bormoqda. Taktikada nimadir yangilik o'ylab topish qiyin. Muvaffaqiyatga jamoani yaxshiroq ishtiyoqlantira olgan, chorlagan va birlashtirgan erishadi. Ko'p narsa mentalitet, murabbiy shaxsiyatiga bog'liq. Muammo shundaki, murabbiy “biz”, o'yinchi “men” taraflama o'ylaydi. Inson o'zini jamoaning bo'lagi deb sezsa, barchasi osonlashadi. “Real”da 2014 yil CHempionlar ligasini 10-marta yutganimizda shunday bo'lgandi. Muammoga ega o'yinchilar “biz” deb o'ylashni boshlagandi.


– Gap Krishtianu Ronaldu haqida ketyaptimi?
– U haqida. Yana Serxio Ramose, Pepe, Benzema, Modrich, Xabi Alonso to'g'risida. O'yinchi uradigan gollari haqida orzu qilishi mumkin, biroq jamoa g'alabasi eng asosiy o'rinda turadi. Aynan shu Krishtianu uchun muhimga aylandi. Ligani yutish 3ta “Oltin to'p”dan yaxshiroq.

– Murabbiyda qattiq ruhiyat bo'lishi zarurmi?
– SHunday. Lekin barchasi siz uchun hayotda kim o'rnak bo'lganiga bog'liq. Otamni hech qachon asabiy ko'rmaganman. Kim nima gapirgan taqdirda ham oilaviy hayotda xotirjamlikni saqlab qolish juda muhim.

ANCHELOTTI “BAVARIYA”NI BOSHQARADI
Karlo Anchelotti iyul oyidan “Bavariya” boshqaruvini qo'lga olishi kutilmoqda.

Xosep Gvardiola lavozimini yozda tark etishini malum qilgandan keyin myunxeliklar Anchelottining xizmatiga qiziqish bildirishgan. 56 yoshli mutaxassis “Manchester Yunayted” va “CHelsi” taklifini inkor qilib, “Bavariya” bilan kelishib qo'ygan. Bu haqida rasman yaqin orada elon qilinishi kutilmoqda. Anchelotti hozirgacha “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “CHelsi”, “PSJ” va “Real” klublariga boshchilik qilib, uch marta CHempionlar ligasida, shuningdek, Italiya, Angliya va Franciya chempionatlarida zafar quchgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика