So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Intervyu. Joze Mourino: “Klub va muxlislar mendan muhimroq” Yangiliklar

Intervyu. Joze Mourino: “Klub va muxlislar mendan muhimroq”

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino jamoa boshqaruvini qo'lga olgach, ilk katta intervyusini “The Daily Mail” muxbiri Kris Uilerga berdi.

Unda “o'zgacha” murabbiy klub, rejalari va turli masalalar xususida berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

- Hozirda “Yunayted”da mavjud futbolchilar haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
- Hali barcha o'yinchi klub ixtiyoriga mavsumga tayyorgarlikni boshlash uchun etib kelmadi. Ularning ko'pchiligi shu erda va menda yaxshi taassurot qoldirishdi. Bundan ajablanmadim, chunki shu kabi yuqori saviyada faqat professionallar o'ynay olishadi. Ularning hammasini ishlashni istaydi, lekin ular qanday ishlayotganidan katta taassurotga ega bo'ldim.

Masalan, Xitoyda kuniga ikki mahaldan mashq qilyapmiz va bunda o'zini ortiqcha urintirmaslik ham mumkin. Futbolchilarga issiq iqlim, bu erdagi quruq va to'p sekin yuradigan maydon tasir ko'rsatmoqda. Osongina “Menga uchish tasir qilyapti, juda yomon uxladim” deb bahona qilish mumkin. Lekin uchib kelgan kunimizdayoq tushlikdan so'ng homiylar tadbirida ishtirok etdik, shunga qaramay, mashg'ulot fantastik tarzda kechdi! Ishga yondoshuvni shunday baholadim. Ular ishlashni va yaxshiroq o'ynashni xohlaydi. Albatta, ular ko'p ter to'kishi kerak bo'ladi. Faoliyatim mobaynida men to'qnash kelgan eng qiyin narsa yangi klubga kelganda o'yinchilar fikrlashi, harakatlanishini o'zgartirishdir. Ular avval avtomatik bajargan narsalari ustida o'ylab ko'rishlarini istayman. O'zimdan oldingi murabbiylarni kamsitmoqchi emasman. Ehtimol, mendan keyin klublarni qabul qilib olgan mutaxassislar ham ularning harakatlanishidan norozi bo'lgandir.
O'yinchilar uchun bu oson vazifa emas. CHunki ular biror ishni o'z-o'zidan bajarishadi va buni o'zgartirish engil kechmaydi. Ular maksimum etiborni saqlashlari lozim. Futbolchilar o'zgarishlarni muvaffaqiyatli uddalashadi. Oxirgi kunlarda Runi, Smolling va Reshford uyda qolgan bir necha futbolchilarni almashtirib, jamoa saviyasini ko'tarishdi.

Yakshanba kuni esa ikki nafar yordamchim Manchesterda qolgan futbolchilar bilan birga tayyorgarlikni boshladi. Asta-sekin bu jarayonni bosib o'tamiz. Bunda o'yinchilarning ham jamoa qurishni xohlashi juda muhim.

- Zlatan Ibragimovich 34 yoshida Premer-ligaga tasir o'tkaza oladimi?
- SHubhasiz. Birinchidan, uni yaxshi bilaman. Hamisha yosh faqat malumot uchun kerak deb hisoblaganman. Men uchun insonning haqiqiy yoshi pasportida yozilgani emas. Unda shunchaki tug'ilgan sanasi ko'rsatiladi.

Insonning haqiqiy yoshini uning tanasi, miyasi va ishga munosabatidan aniqlash mumkin. Ayta olamanki, Zlatan hali yosh va uning tanasi shunchaki ajoyib! Unga futbolgacha bo'lgan mashg'ulotlari, ayniqsa jangovar yakkakurashlar bilan shug'ullangani tasir ko'rsatgan. Ular Zlatanni ham kuch, ham ruhiy tarafdan juda yaxshi tayyorlagan. Uning ishtiyoqi boshqa oddiy futbolchilarnikidan katta farq qiladi.

Tan olamiz, Ibragimovich juda boy. Faoliyatim davomida ko'p pul ishlab topdi va sovrinlar yutishga erishdi. SHu sababli u jahondagi eng qiyin chempionatga pullar uchun emas, unga tasir ko'rsata olishini his qilgani uchun kelmoqda. Agar u buni his qilmaganda yaxshiroq takliflar bor edi – AQSH, Xitoy yoki Franciyaning o'zida yana bir yil qolishi mumkin edi. Lekin u yana bir chaqiriq olishni xohladi.

Unga men Angliya, Ispaniya va Italiyada g'alaba qozonganimni aytganimda, unda Ispaniya, Italiya va Franciyadagi yutuqlar bor edi  – u o'ylab ko'rdi va bu erga kelishini, har erda yutuqni xohlashini aytdi. Uning ishtiyoqi juda yuqori va tanasi yaxshi holatda. Yakshanba kuni Zlatan mashg'ulotga kirishdi va payshanba kundan umumiy guruhga ko'shiladi. Ungacha murabbiylar besh kun faqat u bilan maxsus dastur asosida ishlashadi.

- Jamoa Ibragimovichda bor xususiyatlar bilan kuchayadimi?
- Bir qator odamlar jamoamizda etakchi yo'qligi, kimdadir nima etishmasligi haqida gapirishmoqda. Bizga hamma futbolchi o'zaro o'xshash xususiyatli bo'lishi kerak. Men o'yinchilar o'rtasidagi tushunishni yaxshilab, ularni umumiy ruhlantirishni yoqtiraman. Ularga mashg'ulotlarda ko'plab ko'rsatmalar beramiz.

Futbolchilar bilan o'yin chog'ida muloqot qilishim qiyin. SHuning uchun maydonda biz xohlaydigan o'yinni tushunadigan va o'qiydiganlar bo'lishim muhim. Zlatan ulardan biriga aylanadi va bizda u kabi yana boshqa o'yinchilar ham borligini ko'ryapman. Bizda qandaydir muammolar yuzaga keladi deb o'ylamayman, bizda yaxshi saviyadagi jamoa bor.

Hujum chizig'imizga qarasam - Zlatan, Reshford, Runi, Mxitaryan, Mata, qanot futbolchilari, bizda chiroyli futbol o'ynash va gollar uchun barcha narsa etarli ekanini ko'raman.


- Qanday hisoblaysiz, sizga “Yunayted”ni boshqarish taqdir tomonidan belgilanganmi?
- Birgina o'ylagan narsam har bir boshqargan klubim “Manchester Yunayted”ga qarshi o'ynab kelgan. “Portu”, “Inter”, “Real” – barchasi! O'sha o'yinlar CHempionlar ligasida kechgan, katta bahslar. Keyin “CHelsi” bilan sovrinlarni hal qilgan chempionat, kubok va superkubokdagi uchrashuvlar.

Jamoaga qarshi ko'p bor o'ynab, bu erda nimadir noto'g'ri ekani, shuncha bellashuvda biror muammo bo'lmaganini o'ylaganman. Bir raqib bilan shuncha marta janjalsiz o'ynash deyarli imkonsiz. Kartochkalar yoki ranjitgan so'zlarsiz. Ko'p marta yutganman va yutqazganman, biror salbiy holat yuzaga kelmagan.

- “Portu” bilan birinchi uchrashuvdan keyingi salbiy holat-chi?
- U ser Aleks tomonidan bo'lgan, men tarafdan emas. SHaxsan menda klub bilan hamisha yaxshi munosabat bo'lgan. Umid qilamanki, ishqibozlarda ham shunday. “Old Trafford”da o'ynaganimizda tribunadan tunnelgacha borish doimo yoqqan. Boshqa stadionlarda bunday holat bo'lmagan. Bu erda har doim muxlislar bilan aloqa yuzaga keladi.

- O'shanda kun kelib shu jamoaga boshchilik qilishni tasavvur qilganmidingiz?
- Hamisha nimadir ro'y berishi kerak bo'lgan narsani bilganman. Va bu amalga oshdi.

- “Yunayted”ni cho'qqiga qaytarish vazifasi siz uchun nimani anglatadi?
- Bu vazifa klub va muxlislar uchun menga qaraganda muhimroq. “Manchester Yunayted” va klub muxlislari mendan muhimroq. O'zim uchun emas, klub va ishqibozlar uchun ishlayman – ishimga aynan shunday munosabatda bo'laman.

O'zim ishlagan klublar bilan sovrinlarni yutganmanmi? Ha, bu ajoyib bo'ladi. Barcha jamoalarimni chempionga aylantirsam, juda yaxshi bo'lardi. Ammo bu o'zini o'ylashdek gap, bunday munosabatni xohlamayman. Klub menga ishongani uchun taklif qildi, ular uchun ishlayman.

Men muxlislar menga ishonayotganini his qilayotgandekman. Albatta, ko'pchilik qismi. Ular klubga yordam berishimga ishonishadi. Futbolchilar borasida ham shunday sezgi mavjud. Ularga janob van Gal yoqmagan deb gapirmayapman. Bu erga kelganimdan keyingi taassurotlarni aytyapman. O'yinchilar bilan allaqachon yaxshi munosabatga kirishib ketdik. Ularga etakchilik mavqem va ish uslubim yoqadi. Kelajakda ham shunday bo'lishiga umid qilaman. Bizni katta mavsum kutmoqda va undan zavq olaylik.

- Yangi klubingizning mavqei va kattaligini o'zingiz ishlagan boshqa jamoalar bilan solishtirsa bo'ladimi?
- Taqqoslashni istamayman, chunki barcha klublarimga hurmat bilan munosabatdaman. Klubning hajmi, maqsadlari, bosimi ahamiyatga ega emas – hamisha birdek ishlab, borimni beraman.

Jahondagi katta klublarida ishlash nasib qilgan. “Manchester Yunayted” men beradigan bahoga muhtoj emas, chunki hamma bu klub nima ekanini biladi. Bu sinovni faoliyatimning to'g'ri qismida qabul qildim. Sinov uchun etarlicha tajriba to'pladim. Bunga tayyorligimni bilaman. Ishga kirishayotib o'zimni xotirjam his qildim.

- “CHelsi”da ishlagan paytingizda “Yunayted”ga sotib yuborilgan Xuan Mataning jamoangizda kelajagi bormi?
- U buni so'ragani uchun sotishga rozi bo'lganman. Sobiq klubimda hech kim uni sotib yuborishni istamagandi. Bu uning qarori bo'lgandi. Ha, u tanlovimda birinchi emasdi, ammo har bir o'yinda ishtirok etgan. Xuanni 18 futbolchi ro'yxatidan chiqarib yubormaganman. Bazida u zaxirada qolib ketardi.

“Manchester Yunayted” kabi kuchli jamoadan taklif olganimiz tufayli uni qabul qilishga loyiq deb hisobladik. Uch yil oldin o'sha miqdor yaxshi pul sanalardi. Hozir narxlar shunchaki hayratda qoldirmoqda va endi uch yil avval to'langan summa ko'pdek ko'rinmaydi.

Xuan ketishni xohladi. Falsafam shundayki, klubdan ketishni istagan o'yinchilarni ushlab turmayman. Jamoamda o'sha erda o'ynashni istagan o'yinchilarim bo'lishi muhim. SHu tariqa taklifni qabul qilib, Xuanni “Yunayted”ga sotganmiz.

O'ylashimcha, birinchi ish kunimdan barchasini aniqlashtirib oldik. Unga jamoamda joy bor. U – iqtidorli futbolchi, biroq hech bir o'yinchiga vada berolmayman. Uni hurmat qilishga so'z beraman. Xuan menga yoqadi va qolishni xohlasa, unga joy hamisha topiladi. Ketishi to'g'risida biror belgi bergani ham yo'q. U klubga hali ko'p foyda keltirishiga ishonaman.

- Pogba 100 million funt turadimi va uni “Yuventus”dan olib qo'ya olasizmi?
- Boshqa klublar o'yinchilarini muhokama qilmayman. U – “Yuventus” futbolchisi. Qaysidir klub futbolchimni sotib olishni istab, bu to'g'rida har erda gapirsa, menga yoqmaydi. SHunday ekan, Pol Pogba boshqa jamoa o'yinchisi va nima qilsak ham barini to'g'ri, qoidalarga mos ravishda amalga oshiramiz.

Yagona aytadigan narsam, transfer bozorida oldimizdagi 75 foiz ishni uddalab bo'ldik. O'zimizga kerakli 4 futbolchini belgilab olgandik, unda nomlar emas, xususiyatlar aks etgandi. Hozirgacha o'sha rejaning to'rtdan uch qismini ado etdik. Endi bizga qolgan 25 foizni 31 avgustga qadar uddalash qoldi xolos. Siz aytgan o'yinchi ro'yxatimizda yagona emas. Har bir xususiyatli futbolchi uchun turli variantlarga egamiz va ayni paytda to'rtinchi futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqinmiz. U siz o'ylayotgan o'yinchi bo'lmasligi ham mumkin.


- Siz o'sha futbolchini olgan taqdiringizda “Yunayted” bosh sovringa qanchalik yaqin bo'ladi?
- Men raqiblarga sinov tashlashni istayman.

- May oyida jamoa sovringa davogar bo'ladimi?
- Bilmayman, lekin shuni xohlayman. “Yunayted”ning oxirgi uch mavsumini yashirishni istamayman. Ulardan ikkitasida jamoa kuchli to'rtlikka ham kirmadi, buni bahona qilmoqchi emasman. Maqsadimiz to'rtinchi o'rin demayman, undan yuqori har bir pog'ona ajoyib mukofot bo'lardi. Men chempion bo'lishni istayman va futbolchilar shuni his qilishlarini xohlayman. Biror klub bizdan o'tib ketgan taqdirda ularga tabrigimni yo'llayman, lekin mavsumni boshlab beruvchi hushtakka qadar chempion bo'lishni xohlayman.

- To'rtinchi transferni qachon yakunlashni rejalashtiryapsiz?
- Imkon qadar tezroq, lekin 31 avgustgacha bo'lgan har qanday sana yoqimli.

- Ueyn Runi sardor bo'lib qoladimi?
- Albatta.

- “CHelsi”ga ikkinchi bor kelganingizda u erda uzoq vaqt qolishingiz mumkinligini aytgandingiz. “Yunayted”da uch yildan ortiq qolishingizni tasavvur qila olasizmi?
- “CHelsi” xo'jayini meni murabbiy sifatida ko'rishni istamagani uchun u erda bosh murabbiy ishlamayapman. Agar Abramovich buni xohlaganida hamon o'sha erda bo'lardim. Hozir “Yunayted” bilan shartnomam bor va klub xo'jayinlari barchasidan qoniqmoqda. Menga kelishuvni davom ettirishni taklif qilishsa, men xursand bo'laman. CHunki hozir o'zim bo'lishni istagan erdaman. Klub to'g'ri qarorga kelganini isbotlashga urinaman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика