So’nggi yangiliklar

10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  4 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   2 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  2 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  0 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  4 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  2 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  1 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  5 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  2 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  9 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  9

Intervyu. Farhod Nurullaev: "Qizilqum"dagi murabbiy almashishi haqidagi gaplar mish-mish" Yangiliklar

Intervyu. Farhod Nurullaev: "Qizilqum"dagi murabbiy almashishi haqidagi gaplar mish-mish"

Ko'p yillardan beri voha futboliga o'zining katta hissasini qo'shib kelayotgan, hozirda “Qizilqum” jamoasi sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Farhod Nurullaev bu safargi suhbatdoshimiz bo'ldi.

U kishi bilan bo'lgan suhbatimiz sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

- Hozirda og'ir pandemiya sabab bilamizki, futbol uchrashuvlari to'xtab qolgan. SHunga qaramasdan barcha futbol jamoalari o'z futbolchilari bilan onlayn mashg'ulotlar olib bormoqda. Bu borada sizning "Qizilqum" jamoangizda qanday ishlar olib borilmoqda? Futbolchilar va ishchi xodimlar bilan aloqalar bo'lyaptimi?

- To'g'ri aytingiz, ayni vaqtda koronavirus sababli ko'plab mamlakatlarda futbol to'xtab qolgan. SHu jumladan bizda ham. Qiyin vaziyatga tushib qoldik. To'g'risi yashil maydon hayajonlarini sog'indik. Mashg'ulot va futbolchilarga keladigan bo'lsak, bizning “Qizilkum” jamoamiz ham onlayn ko'rinishda, murabbiylarning ko'rsatmasiga asosan mashg'ulotlarni olib bormoqdamiz. Klub xodimlari bilan esa zarur bulgan klubdagi ishlarimizni telefon vositalari orqali hal qilib kelmoqdamiz.

- Farhod aka jamoa sport direktori sifatida futbolchilar bilan hozirda kim onlayn mashg'ulotlar olib bormoqda? Jamoaga Turkmanistondan murabbiylar kelgandi, ularning taqdiri nima bo'ldi?

- Hozirgi vaqtda jamoamiz futbolchilari bilan bosh murabbiy Hamid Aktamovning mashg'ulotlar rejasi asosida jamoa yordamchi murabbiy Akmal Xoliqov tayyorgarlik olib bormoqda. Jamoadagi turkmanistonlik murabbiylarga keladigan bo'lsak, ularning taqdiri bo'yicha bir to'xtamga kelingani yo'q va hozirgi kunda pandemiya sababli ular klub qarorgohida istiqomat qilib kelmoqda.



- Fahod aka keling suhbatimiz boshida sizni unutib qo'ygan muxlislarimizga eslatma sifatida futbolchilik faoliyatingizni esga olsak...

- Men futbolchilik faoliyatimni 1982 yil "Zarafshon" futbol klubida boshlaganman, 1984-1986 yillar davomida harbiy xizmatni o'tab bo'lib yana "Zarafshon" klubida 1998 yilgacha jamoa sardori bulib davom ettirdim. Ushbu vaqt oralig'ida ko'plab yutuqlarga erishdim. G'alabalar va mag'lubiyatlarni qarshi oldik. Xullas mening asosiy faoliyatim “Zarafshon” va “Buxoro” jamoalarida o'tgan.

- Siz murabbiylik sohasida ham faoliyat olib borgansiz. Keling mana shu faoliyatingiz haqida ham to'xtalib o'tsangiz...

- 1999 yil faoliyatimni jamoa mamuri sifatida boshladim. 2000 yilda “Buxoro” futbol klubida yordamchi murabbiy bo'lib ishladim va 2002 yil “Zarafshon” futbol klubiga bosh murabbiy etib taklif qilishdi, olti oylik ish faoliyatimdan so'ng ayrim sabablarga ko'ra “Buxoro” jamoasiga qaytishga majbur bo'ldim, 2008 yilda “Sokol-Uchquduq” jamoasi yordamchi va keyinchalik bosh murabbiy sifatida ish olib bordim.

- Nega keyinchalik ham murabbiylik sohasida faoliyatingizni davom ettirmagansiz?

- “Buxoro” futbol klubida bir qancha vaqt klub raisi bo'lib ishlaganimdan keyin murabbiylik kasbidan uzoqlasha boshladim va ko'p vaqtimni tashkiliy ishlar bilan o'tkazdim. Keyin o'zimni shu sohada ko'prok futbolga foydam tegishini angladim. SHundan so'ng murabbiylikdan yiroqdaman.

- Hozirda murabbiylik borasida takliflar bo'lsa bunga qanday javob bergan bo'lardingiz?

- Ayni paytda murabbiylik sohasida takliflar bo'lsa, bilmadim. O'ylab ko'rishli taklifni aytdingiz. Ammo hozirgi, o'zimni faoliyatimni klubning tashkiliy ishlariga foydam ko'proq tegadi deb uylayman. SHu sababdan menimcha murabbiylik faoliyatimni davom ettirmasam kerak.

- Tajribali futbol mutaxassisi sifatida nima deya olasiz, futbolchi bo'lish osonroqmi yoki murabbiy?

- Bu savolingizga quydagicha javob bergan bo'lardim, murabbiy bo'lish uchun, futbolning hamma kiyinchiliklarini birma- bir bosib o'tish kerak, ana o'shanda murabbiy futbolchilarga kanday sharoit yaratishni biladi, hamda futbolichi dardini tushunadi.

- Keling "Qizilqum" jamoasi xaqida gaplashsak. Jamoada hozirda yangilanish payti. Rahbariyat almashdi va boshqalar. SHunga yarasha yangi mavsumdan jamoa kuchlilar qatoriga qaytsa kerak? "Qizilqum" jamoasi bu yil nechanchi o'rin uchun kurash olib boradi?

- Hozircha jamoamizda faqatgina rahbariyat o'zgardi. Murabbiylar borasida bo'layotgan gap va so'zlar mish-mishlar, xolos, huddi Neymarning "Barselona" klubiga o'tish haqidagi ovozalarga o'xshab. Qachonki, bitta shaxs qaysidir klubga o'tmoqchi bo'lsa, u avval o'sha jamoa bilan shartnoma imzolab, federaciyadan licenziya olgandagina uni jamoa azosi desak bo'ladi, hozirgi gap-so'zlar o'z tasdig'ini topgani yo'q va bu o'z-o'zidan faqatgina mish-mish bo'lib qolmoqda. Jamoamizning bu yilgi mavsumdagi vazifasi qaysidir o'rinni egallash emas, balki har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi, o'shandagina turnir jadvalida jamoaning natijalariga loyiq o'rin kelib chiqadi.



- "Qizilqum" jamoasi nimagadir o'zi olib keladigan legioner xizmatidan to'laqonli foydalana olmaydi. Elguja Grigalashvili, Marko Vatsadzega o'xshagan futbolchilar jamoada o'zini erkin his etolmadi. Grigalashvili nimadir qilib bergandir ammo, ko'p emas. Nega jamoa yaxshi saviyadagi legioner olib keladida uni qisqa fursatda yo'qotib qo'yadi?

- "Qizilqum" jamoasiga keladigan legioner futbolchi doim mazkur klub uchun borini berib harakat qilib, muxlislar qalbidan joy olib kelgan. SHunchaki boshqa klubga o'tishining sababi futbolchi o'zini boshqa muhitda sinab ko'rmoqchi bo'ladi. Misol sifatida, Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze shartnomalari yakunlanganidan so'ng, yangi jamoada to'p tepish istagi bo'lgan.

- Jamoada hozirgacha uynab ketgan eng kuchli legioner futbolchi siz uchun kim?

- "Qizilqum" jamoasida to'p tepgan va hozir ham faoliyat olib borayotgan futbolchilarining barchasi yaxshi va proffessional deb bilaman. Lekin, jamoamizda harakat qilgan eng yaxshi legioner futbolchi men uchun ikkita. Ular Georgiy Kvesieshvili hamda Artur Gevorkyan.

- O'zbek futbolidagi eng kuchli uch futbolchini sanab beringchi?

- Men uchun O'zbekistonning barcha davrlardagi eng yaxshi uch futbolchisi quyidagilar: Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin. Ular men uchun o'zbek futbolining haqiqiy etakchilari.

- Farhod aka avvalo bugungi maroqli suhbat uchun rahmat. Qimmatli vaqtingiz ayamaganingiz uchun tashakkur. Marhamat muxlislarga tilaklaringiz...

- Tilaklarim, butun dunyoni qo'rquvda ushlab turgan koronavirus insoniyatni butkul tark etsin, hayotimiz oldingidek o'yin-kulgulardan iborat bo'lsin. Hammaning xonadonida to'ylar bo'lsin, dunyomiz tinch va omon bo'lsin. Tezroq yashil maydonlardagi shiddatli harakatlar qaytsin. Sizlarga ham etibor uchun rahmat!

SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика