So’nggi yangiliklar

02:20Евро-2024. Бельгия - Румыния 2:0, Де Брюйнега дарвозабондан ассист  0 02:13Бердиев "Турон" бош мураббийига айланди  5 01:50Бельгия Руминияни мағлуб этди ва турнирдаги илк ғалабасини қўлга киритди. Гуруҳдагиларнинг барчасида учтадан очко бор  9 01:34Роналду 7та узатма билан Евро тарихидаги энг яхши ассистент бўлди  6 00:54Мбаппе Франциянинг "Падерборн"га қарши машғулот ўйинида ниқобда ҳаракат қилди ва иккита гол урди  5 00:25Евро-2024. Туркия - Португалия 0:3, Турклар кулгили автогол уришди  3 00:05Начо Саудиянинг "Ал Қодисия" клубида тиббий кўрикдан ўтди. "Реал" ҳимоячиси икки йиллик шартнома имзолайди  4 00:04Александр Крестинин: "Динамо"га қарши кечган учрашувдан анча тартибли футбол ўйнадик. Рақиб камроқ хато қилди ва ғалаба қозонди"  2 23:40"Сўғдиёна" жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Иван Бошкович таркиб ва тактика танлаб берди. Ёзги трансферлар ойнасида таркибда катта ўзгаришлар бўлмайди"  4 23:30Евро-2024. Грузия – Чехия 1:1, Шик Грузиядан ғалабани тортиб олди  1 23:20Эндрик "Реал" ҳақида: "Дунёдаги энг катта клубга ўтяпман. Катталаридан бирига эмас, энг каттасига"  12 22:57Евро-2024. Туркияни йирик ҳисобда ютган Португалия кейинги босқич масаласини ҳал қилди   101 22:28"Челси" испан клуби учун Галлахернинг нархини пасайтирмади  2 22:15Суперлига. "Динамо" - "Андижон" 1:1  0 22:10Суперлига. "Локомотив" - "Сўғдиёна" 1:2   0

Intervyu. Durbek Umaraliev "Navbahor"ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari, Kanchelskis va Mo'minjonov haqida Yangiliklar

Intervyu. Durbek Umaraliev "Navbahor"ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari, Kanchelskis va Mo'minjonov haqida

Bir necha yillar Namanganning "Navbahor" jamoasi safida o'ynagan va keyinchalik klub murabbiylar shtabida ham faoliyat olib borgan Durbek Umaralievni ko'pchilik futbol muxlislari yaxshi tanishadi.

Ayni damda Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Durbek Umaraliev bilan saytimiz muxbiri intervyu tashkil etdi. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishing.

- Sizni o'tgan mavsumda Namanganning "Navbahor" futbol klubi murabbiylar shtabida ko'rgandik. "Paxtakor-79" jamoasi safida qachondan ish boshladingiz?
- Avvalambor, etibor uchun minnatdorchilik bildiraman. Klub rahbari Oybek G'anievning taklifiga ko'ra "Paxtakor-79" jamoasida 2019-yilgi mavsum so'ngida ish boshladim.


- Ayni damda siz bosh murabbiylik qilayotgan “Paxtakor-79" jamoasi oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Jamoamiz oldiga birinchi navbatda muxlislarga manzur bo'ladigan futbol namoyish etishdan iborat. SHuningdek viloyatimizning bosh jamoasi bo'lgan "Navbahor" jamoasiga mos futbolchilarni etkazib berish, Pro-liga musobaqalarida bo'lib o'tadigan har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish jamoamiz oldidagi asosiy maqsadlardan hisoblanadi.


- Ko'pchilikka qiziq, Uychi tumanida avvalgi mavsumlarda "Xotira-79" jamoasi bo'lar edi. Hozirgi "Paxtakor-79"ni o'sha jamoaning mantiqiy davomi sifatida qarash mumkinmi? Hozirda ayrim manbalarda jamoangizni "Xotira-79" nomi bilan atashmoqda. 
- Yo'q, "Paxtakor-79" umuman boshqa jamoa. Bilasizmi, klub rahbari dastlab meni jamoaga taklif etganda, o'zim ham shu savolni bergan edim. O'shandayoq menga bu haqida aytishgandi, "Xotira-79" va "Paxtakor-79" umuman boshqa-boshqa jamoalar ekanligini. Jamoamizni oppoq qog'ozga dastlabki satrlar yozilgani kabi boshidan boshladik.


- "Paxtakor-79"da vaziyat qanday? Demoqchimanki, O'zPFL tomonidan Pro-liga klublariga qo'yiladigan licenziyalash talablariga jamoangiz qay darajada javob beradi?
- Hozirgi kunda "Paxtakor-79" futbol klubining barcha vakillari jam bo'lgan xolda PFL tomonidan Pro-liga klublariga qo'yiladigan talablarga moslashtirib borayapmiz. Jumladan futbolchilarning kiyinish xonasi, futbol maydoni kabi klub infratuzilmasini zamonaviy ko'rinishda shakllantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

- "Paxtakor-79" ning mavsumoldi tayyorgarligini kuzatib, jamoa tarkibida bir qator taniqli futbolchilarni ko'rikdan o'tganligini kuzatdik. Masalan, Timur Sultonov, shuningdek Ilhom Boydadaev kabi. Adashmasam Abdumalik Abdullaev ham jamoangiz safida ko'rinish berdi. Bu futbolchilar hozirda "Paxtakor-79"dami?
- Ha, bu to'g'ri. Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik o'quv-yig'in mashg'ulotlarida bir qator tajribali futbolchilar ko'rikdan o'tishdi. Jumladan o'z vaqtida Superliga jamoalarida o'ynagan Timur Sultonov va Ilhom Boydadaevlar ayni damda biz bilan birga, ular jamoamizda qolishadi. Abdumalik Abdullaev bilan esa o'zaro qarashlarimiz mos kelmadi va do'stona xayrlashdik.


- "Navbahor" jamoasi safida bir necha yillar davomida harakat qilgansiz, keyinchalik klubning murabbiylar shtabida ham ishladingiz. Tabiiyki, jamoaga befarq emassiz. Aytingchi, fikringizga hozirgi "Navbahor" nimalarga qodir?
- Haqiqatdan ham viloyatimizning bosh jamoasi bo'lmish "Navbahor"da o'ynadim, tajriba orttirdim. Keyinchalik futbolchilik faoliyatimni yakunlagach klub murabbiylar shtabida ham faoliyat olib bordim. Bir so'z bilan "Navbahor"da o'sib-ulg'aydim, tomirimda bu jamoaning DNKsi bor desam mubolag'a bo'lmaydi. Hozirgi kunda viloyatimiz hokimi Xayrulla Hayitboevich Bozorov "Navbahor"ga va Namanganning boshqa jamoalariga ko'plab sharoitlar yaratib bermoqda. "Navbahor" ayni damda juda kuchli va yangi mavsumda sovrindorlar qatorida bo'lish hamda Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.

- Bilamizki, Durbek Umaraliev futbolda himoya chizig'i vakili sifatida harakat qilgan. Murabbiylik borasida uslubingiz himoyaviy futbolga asoslanadimi yoki aksinchami?

- Hozirgi zamonaviy futbol kundan-kunga rivojlanib bormoqda. O'z ustingizda ishlamasangiz, jamoangiz o'yiniga yangilik qo'shmasangiz, natija bo'lishi qiyin. Masalan, biror o'yinda himoyaviy uslubni qo'llagan jamoa navbatdagi o'yinga butunlay boshqacha -hujumkor uslub bilan o'ynashi mumkin. SHaxsan o'zim hujumkor futbol tarafdoriman, shuningdek taktikani raqib jamoaning kuchidan kelib chiqib tanlayman, qaysidir o'yinda qarshi hujum taktikasiga asoslanib o'ynasak, qaysidir o'yinda boshqacharoq, yani hujumkor o'yin ko'rsatishimiz mumkin. Bundan tashqari o'yinning borishiga qarab ham uslubimizni o'zgartirishimiz mumkin. Har bir o'yinda baribir birinchi o'ringa natija qo'yiladi, shunday ekan, murabbiy sifatida turlicha uslublarni qo'llab, yakunda g'alaba qozonishingiz shart.

- Sizningcha, murabbiy sifatida Ilxom Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor" kuchli edimi yoki Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi? Har ikki murabbiy bilan ham ishlagansiz, bu savolning javobini boshqalardan ko'ra yaxshiroq bilsangiz kerak.

- Ilhom Mo'minjonov bilan ham, Andrey Kanchelskis bilan ham ishlaganman. Ularning ikkisi ham menga ustozlik qilishgan. Har ikki murabbiyning ham o'z qarashlari va uslublari bor. Andrey Kanchelskis ham, Ilhom Mo'minjonov ham o'z ishining ustasi bo'lgan murabbiylar hisoblanishadi. Agar ular tomonidan ko'rsatilayotgan natijalarga etibor bersangiz, yuqorida aytganlarim to'g'ri ekanligiga amin bo'lasiz. SHunday ekan, ulardan birini alohida ajratib ko'rsata olmayman.

- "Paxtakor-79" jamoasi muxlislariga qanday tilaklaringiz bor?

Jamoamizning barcha muxlislariga oilaviy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilayman. "Paxtakor-79" jamoasi yangi mavsumda katta futbolda o'z ishtirokini boshlamoqda. Futbolda istaymizmi yo'qmi, g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Yangi shakllanayotgan yosh jamoaga muxlislarning daldasi juda ham zarur. O'ylaymanki, jamoamiz muxlislari uy va safar uchrashuvlarimizda bizni qo'llab-quvvatlab turishadi.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика