So’nggi yangiliklar

09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  1 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  4 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  7 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  5 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  1 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  7 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  1

Intervyu: Davron Kabulov o'zbek futboli haqida nima deydi? (2-qism) Yangiliklar

Intervyu: Davron Kabulov o'zbek futboli haqida nima deydi? (2-qism)

Avval jurnalistika sohasida Sport telekanalida ishlagan Davron Kabulov ayni damda shou-biznesda o'z faoliyatini davom ettirmoqda.

7 yoshdan 70 yoshgacha muxlislarga ega bo'lgan “Million” jamoasi azosi Davron Kabulov kuni kecha saytimiz mehmoni bo'ldi. Kabulov bilan futbol haqida suhbatlashdi.

- Instragramdagi shahsiy sahafingizda qoldirgan postingiz ko'plab muhokamalarga saba bo'ldi. Yani u erda "Murabbiylik tajribam yo'qligini yuzimga solishmasa, "qo'ng'iroqlar" bilan tarkib tanlashga aralashishmasa O'zbekiston MTJni jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Tekinga - pul kerakmas. 4 yil vatanim uchun oyliksiz ishlashga tayyorman. "Boshlovchiligingni qilsang-chi" degan gaplarga shoshilmang: Termamizni shu vaqtgacha Sarkisyan, Mirsodiqov, Vega da Silva, Salkov, Nepomnyashiy, Abramov, Qosimov, Babayan kabi "tan olingan"lar boshqardi - olib chiqolmadi JCHga. Hech narsa yo'qotmaysiz: Eplolmasam 6 marta chiqolmagan mundialga 7 marta chiqmagan bo'lasiz - vadamni ustidan chiqsam TARIXDA BIRINCHI MARTTA bo'ladi. Jiddiy aytyapman. Agar natija oldingilaridan yomon bo'lsa, yashab turgan uyimni o'rtaga tikishga tayyorman!" deya fikr qoldirgandingiz. Bu shunchaki xazilmidi yoki jiddiy tarzda aytilgan gapmidi?

- SHunchaki xazil emas edi. Bu ijtimoiy tashabbus, fuqarolik poziciyasi. Muxlis sifatida O'zbekiston milliy terma jamoasiga 20 yildan beri ishqibozlik qiladigan va javobiga hech narsa olmayotgan bir muxlis Davron Kabulovdan terma jamoaga taklif edi. Terma jamoani ertaga menga topshirib qo'ymasligiga ishonchim komil. Hozirgi ahvol yana uzoq vaqt saqlanib qolish kerak emas deb hisoblayman. Agarda kimdur menga terma jamoani taklif qiladigan bo'lsa, yo'q men o'shanda xazillashgan edim deb qochib ketmayman. Terma jamoani menga berishsa ishlashga tayyorman.


- Sizga MTJni ishonib topshirishsa hozirgi tarkibdan kimlarni olib qolgan bo'lardingiz?

- Bizda bitta tarkib tuziladi va 10 yil aylanadi. Aslida terma jamoani tarkibi yangilanib turishi kerak. Futbolchilarning jismoniy holatiga, sport formasiga qarab. Bir necha kun oldin Vengriya bilan Rossiya terma jamoasi bahs olib bordi va Rossiya terma jamoasi tarkibida Feder Kudryashov maydonga tushdi. Hozir Kudryashov necha yoshda? 31 yoki 32 yoshda. Ushbu futbolchi faoliyati davomida terma jamoaga chaqirilmagan. Yoki bo'lmasam Oleg Kuzminni oladigan bo'lsak “Rubin” himoyachisi, 34 yoshida terma jamoaga chaqiruv olyabdi. Bu nimadan dalolat beradi? Terma jamoada pasportga yoki bo'lmasam boshqa narsaga etibor berib birinchi planga chiqarilishi kerak emas. Terma jamoadagi ko'plab futbolchilar bilan do'stlik aloqalarimiz, salom-aligimiz juda ham yaxshi. SHuning uchun terma jamoaning bosh murabbiyi bo'lmasdan turib familiyalarni keltirish men tomondan to'g'ri bo'lmaydi. Lekin MTJning hozirgi tarkibidan kamida 3 nafar futbolchidan boshqasi qolmasdi. Tarkibni 80-90 foizga yangilagan bo'lardim.


- Bizdan ko'plab yosh va umidli futbolchilar etishib chiqadi. Mana shu futbolchilar yarim yo'lda yo'qolib qolishmoqda. Bunga nima sabab bo'lmoqda deb o'yalysiz?

- O'tgan yilning boshida “Bunyodkor” jamoasining chap qanot himoyasida Akrom Komilov harakat qilishni boshlagan edi. SHu bolani o'yinlarini ko'rdimda gap bo'lishi mumkin emas, bizdan ham Marselo chiqar ekanku dedim. Tezligi ham boshqa jihatlari ham shunga munosib edi. Mavsum yarmiga kelganda mana shu futbolchini taniyolmadim. CHunki yil boshida ko'rayotgan futbolchi yil o'rtasiga kelganda umuman futbol o'ynashni esidan chiqarib qo'yganga o'xshaydi. Bizda juda katta kamchiligimiz bor. Futbolchini oyoqqa turish jarayonini agar 4ta bosqichdan iborat diydigan bo'lsak, bu istedodni ko'zga tashlanishi, o'sha istedodni rivojlantirilishi, futbolchilik cho'qqisiga chiqishi va yoshi 30dan oshgandan keyin faoliyatni to'g'ri yo'lga qo'yishi. Bizdan yaxshi istedodli futbolchilar ko'p chiqadi. Istedodni sayqallab yanada rivojlantirib beradigan ikkinchi zina yo'q. 18-19 yoshgacha bizdan zo'r futbolchilar etishib chiqadi. 23 yoshgacha biz ularni harob qilib bo'lamiz. 23 yoshdan so'ng u nari borsa “SHo'rtan”, “Olmaliq” darajasidagi futbolchiligicha qoladi. Men “SHo'rtan” yoki “Olmaliq”ni yomon jamoa demoqchi emasman. Aynan o'shada bizni kamchiligimiz. Orada jarlik paydo bo'ladi. O'sha jarlikni yo'qotish uchun birinchi navbatta chempionatimizni qiziqarliroq qilishimiz kerak. Rivaldo yoki bo'lmasam Skolarini hisobiga emas. Nima biz Skolariga to'lagan oylikni o'zimizni murabbiylarga to'lay olmaymizmi? Murabbiyga 5 million so'm bermaginda 20 million so'm oylik bergin, o'shanda murabbiy o'yinlarni sotmasinda, tarkibga qo'yish uchun tarkibdagi futbolchilardan pul olmasinda o'zini ishini qilsin, istedodlarni kashf qilsin. Bunga nima halaqit berayabdi? Yo'q, bizda murabbiyga beriladigan o'sha 15 million so'm tejaladi, keyin qaysidur himoyachi o'zini darvozasiga avtogol urib qo'yadi, u bilan murabbiy kelishib olgan bo'ladi. Murabbiy ham ishongan shogirdiga aytadi.


- Demak bu gapingiz bilan hozir ham kelishilgan o'yinlar bor demoqchimisiz?

- Demoqchi emasman, deb bo'ldim. Men hozir kimgadur nimanidur isbotlab berishim kerakmi? O'zim uchun bilaman, bor.

- Oliy ligamizda muxlislar tashrifi kamayib ketganiga yuqorida aytib o'tgan gaplariz sabab bo'la oladimi?

- Yo'q, boshqa sabablar ham bor. CHempionat o'yini soat 16:00ga belgilab qo'yilmoqda. Uchrashuvni bunaqa vaqtga kim belgilaydi? Men sizga bir misol keltiraman. O'tgan oy “Real Madrid” va “Sevilya” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadioniga bordim. O'yin soat 20:00ga belgilangan. Soat 18:00da ishdan chiqasiz va o'yin boshlangunga qadar bemalol oila azolaringiz bilan ovqatlanib olsangiz bo'ladi. “Santyago Bernabeu”ga 75 000 muxlis sig'adi. “Bunyodkor”dan ikki barobar ko'p begani. Stadionda muxlislar uchun hamma sharoitlar bor. Meni turmush o'rtog'im bilan stadionga borib futbol tomosha qilgim kelmaydi deb o'ylaysizmi? Borgim keladi. Stadionga ayolimni oborganimdan so'ng (sudya pi-pi-pi) boshlanadi. Ayolim bunday so'kishlarni eshitishini xohlamayman. Bizda stadionda ayollar favqulotda juda kam. CHunki stadionga pista chaqadigan, sigaret chekadigan, og'zidan bodi kirib shodi chiqadigan odamlar kiradi. Aslida futbol teatr bo'lishi kerak. Xalq ahmoq emas. Xalqni yosh bola qilib bo'lmaydi. Siz yaxshi tomosha qo'ysez xalqni tashrif buyurishi uchun iltimos qilish shart emas. Ular o'zlari keladi. Futbolni shu darajaga olib chiqish uchun uni qiziqarli qilishimiz kerak. Stadionlarimizg'da sharoitlar bormi?“Bunyodkor”stadionida sharoitlar bor lekin undanfoydalanilmaydi. Ushbu stadionni restorani bor. Tez tayyor bo'ladigan fast food maxsulotlarini yo'lga qo'ysa bo'ladi. Aytaylik misol uchun shaharning qaysidur nuqtada meni fast food tarmog'im bor. Menga aytishsa o'zimni jixozlarimni hamasini 1 kunga bo'lsa ham oborib qo'yaman. U erda savdo bo'ladi. Savdo bo'lgan joyda baraka bo'ladi.


- Aleksandr Lobanov bilan bir jamoada mashg'ulot o'tkazgan ekansiz. Lobanov bilan raqobatlasha olganmisiz?

- O'sha paytda “Tekstilshik” jamoasida Aleksandr Lobanov bilan birga mashg'ulot o'tkazardik. Murabbiyimiz Sergey Andreevich edi.O'sha odam rus bo'lgani uchun mahalliychilik bo'lardi. O'sha paytda men Lobanovdan yomon darvozabon emasmas degan fikr xayolimdan o'tardi. Lobanov bilan birga bor yo'g'i 4-5 oy mashg'ulot o'tkazganman. Keyin boshqa jamoaga ko'chib o'tganman. Men futbolchi bo'la olmaganimdan o'zbek futboli juda ko'p narsa yo'qotmagan (kulib).

- Ko'pchilik muxlislar MTJ darvozaboni Aleksandr Lobanov tomon tanqid toshlarini otishmoqda. Bunga ko'z yumib bo'lmaydi. Sizningcha Aleksandr Lobanov terma jamoaga munosibmi?

- Mendan qanday javob eshitgiz kelyabdi? Hozir sizga diplomatik tarzda javob berishim kerak. Agrada men MTJ bosh murabbiyi bo'lganimda Lobanovni darvozaga qo'ymasdim. Lobanovning baxtiga men terma jamoa bosh murabbiyi emasman. Nesterovga darvorzabon sifatida meni ham ihlosim baland. Lekin Nesterov ko'proq Iker Kasilyas turkumidagi darvozabonlardan biri. CHunki mana shu darvozabonlar ko'proq chiroyli seyv ijro etishni yaxshi ko'radi.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Intervyu. Davron Kabulov o'zbek futboli va ECHL haqida nima deydi? (1-qism)

Davron Kabulovdan o'zbek futbolidagi achchiq haqiqatlar (to'liq intervyu) VIDEO

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика