So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  3 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  0 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  1 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  8 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

Intervyu berishni yoqtirmaydigan, eng yaxshi menejerga aylangan futbol olamidagi kam sonli ayollardan biri Marina Granovskaya haqida Yangiliklar

Intervyu berishni yoqtirmaydigan, eng yaxshi menejerga aylangan futbol olamidagi kam sonli ayollardan biri Marina Granovskaya haqida

"CHelsi" rahbari bo'lgan Marina Granovskaya matbuotda chiqishni yoqtirmaydi. Aksincha, mikrafon qarshisida o'tirgandan ko'ra dugonalari bilan hamsuhbat bo'lishni yoqtiradi.

Qolaversa, futbolchilarni tanlashda uncha-munchaga xatoga yo'l qo'ymaydi. Demak, aqlli menejer ekaninni yashirishga urinib keladigan Marina Granovskaya haqida ayrim malumotlarni taqdim qilamiz. 

U aslida kim?

Marina Granovskaya - hayoti davomida Moskva davlat universitetining xorijiy tillar fakultetida tahsil olgan, keyinchalik Kanada fuqaroligini qabul qilgan. Ancha vaqtdan buyon neft tarmog'idagi faoliyati orqali Roman Abramovich bilan hamkorlik qilib keladi. Ajablanarli jihati shuki, Marina bugungi kunda "CHelsi"ning bosh rahbariga aylandi. Bugungi kunda Angliya futbolida 200 dan ziyod direktor bor. Marina o'ta ziqna va qattiqqo'l savdogar erkaklar qatorida o'z o'rnini topgani esa diqqatga sazovor.

Marinaning boshqa direktorlardan farqli tomoni shundaki, u “CHelsi”ni bevosita o'sha erning o'zida boshqaradi, 2013 yildan beri u mustaqil ish yuritmoqda. O'ta murakkab sohadagi vazifasini aksariyat erkak kasbdoshlariga nisbatan muvaffaqiyatli bajarmoqda.

Futbolda bu ayolni hamma aldab ketishi taxmin qilingandi. Deylik, uning “Napoli”ning “telba” rahbari De Laurentis bilan Kavani bo'yicha Italiyaga borganidagi holatini ko'pchilik yaxshi eslaydi. “Napoli”ning qaysar xo'jayini Marina xonimni kinoyali tarzda, yani "Marina, Marina, Marina" qo'shig'i bilan kutib oladi. Aslida qo'shiqda hech qanday haqoratli yoki kamsituvchi so'zlar topilmaydi. SHunga qaramay, 2013 yilda "Napoli" sohibi unga nisbatan biroz soquqqon munosabatda bo'ladi. 

Farqli tomoni shundaki, "Napoli" ortda qolgan yillar davomida A Seriya g'olibligi qo'lga kiritish orzusida yashaydi. Marina Granovskaya esa "CHelsi" rahbari sifatida 7 ta nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi. Xolbuki, u Joze Mourinyu davrida ham muvaffaqiyatga erishgan. Jorjinoning “Napoli”dan to'g'ri "aristokratlar"ga kelishida ham aynan uning hissasi katta bo'ldi. 

Quvonarli jihati shuki, Granovskaya hozirgacha obro'siga dog' tushiradigan birorta ish qilmagan. Bu savdo olami uchun kamyob holatdir. 

Bitta transfer ortidan ulkan daromad

Uning yana bir maqtagulik jihatini Azar transferidan yaqqol bilib olish mumkin. Azarning yuksak sport formasida va jamoaga kerak bo'lgan pallada “Real”ga o'tishiga yo'l qo'yilmadi. Marinaning topqirligi tufayli Azar transferidan 160 million evro ishlab olindi. 

"CHelsi" rahbari tartibga katta etibor beradi va o'zining ayrim xatti-harakatlarini meyordan chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Unga bosimlar bo'lishi tabiiy xol. Misol uchun, transfer qilingan Verner va Lukaku tez orada gol urishni boshlab yuborishmasa, ularni xarid qilgan Granovskaya tanqidlar ostida qolishi hech gap emas.

Tabrik bahona taklif

2021 yildagi eng yaxshi futbol menejeri unvoniga aynan Marina ega bo'ldi. SHundan keyin "CHelsi" muxlislari uni tabriklash bahonasida Ryudigerning shatnoma muddatini uzaytirishni taklif qildi. Ayrim fanatlar esa rahbar ayolni erishgan mukofoti bilan taqdirlash o'rniga, unga nisbatan hurmatsizlik namoyon etishdi. Germaniyalik futbolchi bilan tezroq shartnoma qilish lozimligini uqtirishdi.  

Futbolchilarni tanlash bobidagi ustalik 

Tarkibni sifatli ijrochilar bilan boyitishda Granovskaya ichki his-tuyg'ulariga tayanib ish yuritadigan mutaxassisga o'xshamaydi. Gumanitar fanlarni o'zlashtirgan ziyoli kishi matematiklar kabi teran fikr yuritadi. Marina Vladimirovna futbolchilarni o'ziga xos uslubda baholaydi. Deylik, N'Golo Kantega hech kim ishonch bildirmaganda, birgina Marina uning porloq kelajagiga shubha qilmadi. Kantening kelishi "CHelsi"ga katta foyda keltirdi. Franciyalik futbolchi o'tgan yili CHempionlar ligasi g'olibligida katta yordam berdi. Uning aralashuvi bilan o'ta omadsizlik tez fursatlarda muvaffaqiyatga aylanmoqda. 

Lempardning istefoga chiqarilishi va sport direktori bilan chiqisha olmay qolgan Tuxelning PSJdan olib kelinishi to'g'ri qaror ekaniligiga ko'pchilik ishonmagan. Ko'rinib turibdiki, Tuxelning kelishi “CHelsi”ning foydasiga xizmat qilmoqda.

Etiborli jihati shundaki, Zaxavi, Rayola va Mendesh kabi o'z ishining ustasi bo'lgan agentlar u bilan hamkorlik qilmoqchi emas. Hozir "CHelsi"da bu nomdor vositachilarning mijozlari yo'q. Qisqasi, ulkan salohiyatini bir necha marta ko'z-ko'z qila olgan, ECHL g'olibasiga aylangan Marina Vladimirovna Granovskaya yil nihoyasida bejiz qitaning eng yaxshi menejeri unvoniga loyiq topilmadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика