So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Intervyu. Bahodir Ahmedov: "Xudo xohlasa, futzalda Yaponiyadan o'tib keta olamiz" Yangiliklar

Intervyu. Bahodir Ahmedov: "Xudo xohlasa, futzalda Yaponiyadan o'tib keta olamiz"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov "Championat.asia" saytiga intervyu berdi.

Quyida intervyuni matnli shaklini o'qishingiz mumkin.



— Futbolda Argentina terma jamoasi eng ko'zga ko'ringan jamoalardan biri hisoblanadi. Futzalda ham shunaqami?

— SHunday. Argentinaliklar so'nggi jahon chempionatida g'olib bo'lishgan. Ular finalda Rossiyani mag'lub qilishgan edi. Ayni paytda jamoa tarkibi kuchaytirilgan. Bo'lajak o'yinlar yigitlarimiz uchun yaxshi tajriba bo'lishi kerak.

— Eron bilan yaqinda bo'lib o'tgan 2 ta o'rtoqlik o'yinini kuzatdi. To'g'ri, mag'lub bo'ldik, ammo o'yin ajoyib bo'ldi. Argentina ham kuchli tarkibga ega, nomdor jamoalardan biri. Yana yutqazib qo'ysak, bu bolalarning kayfiyatiga salbiy tasir qilmaydimi?


— Har doim maydonga chiqsak, g'alaba uchun o'ynashimizni aytaman. Aks holda, o'yinchilarning mag'lubiyatna tayyor kayfiyatda bo'lishadi. Argentinaga ham, boshqa raqibga qarshi ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Raqibning ahamiyati yo'q. Biz uchun muhimi, o'z o'yinimizni topib, taktikaga moslashishimiz.

— Bilishimcha, Argentina o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun hammaga ham rozilik bermaydi...


— To'g'ri. Avvalo, ushbu o'yinni tashkillashtirib berishgani uchun O'FA mutasaddilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 2020 yil davomida og'ir sharoit bo'lishiga qaramay, yig'inlar uchun etarlicha sharoit qilib berishdi. Pandemiya tufayli Osiyo chempionati qoldirildi. SHundan keyin Argentina terma jamoasi Toshkentga olib kelinmoqda. Bundan juda ham xursandman.



— Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2 marotaba qoldirildi. Avval kuzda o'tishi kerak edi, keyin bahorda. Mazkur musobaqaning 2 bor qoldirilishi rejalaringizga qanchalik tasir qildi?

— Bu faqat bizdagi muammo emas. Butun dunyoda shunaqa bo'ldi. Birinchi rejalarimiz amalga oshmaganidan keyin ularni o'zgartirib, bolalarni formada ushlab turishga harakat qildik. Hozir kelajak uchun reja tuzish qiyin. Oldinda jahon chempionati bor va uning sanasi o'zgargani yo'q.

— Osiyo kubogi o'tgan yili Turkmanistonda o'tkazilishi kerak edi. Keyin Quvaytga ko'chirildi. Taqdir taqozosi bilan musobaqa mezbonligiga O'zbekiston varianti taklif qilinsa, qanday qaraysiz?

— Agar berilsa, juda yaxshi bo'lar edi. Bu mamlakatimizda futzal rivojlanishi uchun ham oldinga tashlangan qadam bo'ladi. Yoshlarimiz musobaqani kuzatishadi va futzalga mehr qo'yishadi.

— Ushbu musobaqa qachon, qaerda o'tkazilishidan qatiy nazar, terma jamoamiz oldiga kuchli beshlikka kirib, mundialga yo'llanma olish vazifasi qo'yiladi. Ayni paytda jamoamizning salohiyatini qanday baholaysiz?

— Ayni paytda yaxshi holatdamiz. O'FA rahbariyati pandemiya davridagi eng qiyin vaziyatlarda ham etarlicha sharoit yaratib berdi. Marokashda yig'in o'tkazdik. Bundan juda ham xursandman. O'yinchilarimiz hozir ajoyib formada.

— Terma jamoadagi avlodlar almashinuvi va hozirgi tarkib haqida nima deya olasiz?


— Har bir avlodning kuchli o'yinchilari bo'ladi. Oldingi avloddan Artur Yunusov, Farhod Abdumavlonovlar haliyam ro'yxatimizda bor. Hozir juda ko'p yoshlar chiqyapti. Ularni terma jamoaga jalb qilmasam, "o'tirib qo'yishi" mumkin. SHuning uchun yoshlarni tajribali o'yinchilar bilan qo'shib, yaxshi tarkib shakllantiryapmiz.

— Intervyuga tayyorlanish chog'ida futzal bo'yicha FIFA reytingiga razm soldim. Adashmasam, 27-o'rinda ekanmiz. Bu yaxshi natija deb hisoblaysizmi?


— 27-o'rin biz yutgan sovrinlar uchun berilgan. Qancha ko'p sovrin yutsak, o'rnimiz shunchalik ko'tariladi.

— Osiyoda 4-o'rinda turibmiz...


— Yo'q. Osiyoda 3-o'rindamiz. Argentina terma jamoasi jahon reytingini boshqaryapti. Osiyoda Eron birinchi, Yaponiya ikkinchi, O'zbekiston uchinchi o'rinda. Tailand to'rtinchi o'rinda bo'lib turibdi.



— Osiyoda Eron va Yaponiyadan keyin turish sharafli. SHunday emasmi?


— Xudo xohlasa, yaponlarni ham tushirib yuborishimiz mumkin. Buning uchun harakatdan to'xtab qolmasligimiz kerak. Futzalda bizning tariximiz juda yaxshi, ko'p bor sovrinli o'rinlarni egallaganmiz. Bu yog'iga ham to'xtab qolish kerak emas. Har doim olg'a.

— Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida sizni har doim qiynab kelgan, o'z echimini topmayotgan muammolar bormi?


— Muammolar bor. Eng asosiysi, yosh o'yinchilarning kamligi. Jamoamiz asosini haligacha yoshi katta o'yinchilar tashkil qilar edi. Men yoshartirib yubordim, 3-4 nafar yoshi katta futzalchilar qoldi xolos. Ular yangi o'yinchilarimizga ko'rsatma berib, qo'ldan kelganicha o'rgatishyapti. Men o'yin payti maydonga tusha olmayman, ammo tajribali futzalchilarimiz maydonning ichida yoshlarga dalda berishadi.

— Adashmasam, 45 yoshga yaqinlashib qoldingiz. Hamon "Maksam-CHirchiq" tarkibida o'ynayapsiz. Bu qiziqish tufaylimi yoki yoshlar chiqmaganidanmi?


— Men futzalga juda ham berilganman. O'ynashni yaxshi ko'raman. Kuchim etganicha o'zim uchun futbol o'ynab turaman. Bundan maroq olaman, zavqlanaman.

— Ammo siz o'ynayotgan jamoaga ochko kerak...


— Jamoamizda yoshlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Maydonda ularga yo'l-yo'riq ko'rsatib, to'g'ri o'ynatishga harakat qilaman.

— Jamoani yoshartirish haqida gapirdingiz. Bu jarayon qanday amalga oshyapti. Majbur bo'lyapsizmi yoki haqiqatan ham kattalarning o'rnini bosa oladigan yoshlar etishib chiqyaptimi?

— Bu borada klublarimiz yaxshi ishlarni amalga oshirishyapti. Oldin barcha jamoalarda katta yoshli futbolchilar o'ynar edi. Hozir esa "Paxtakor", AGMK, "Bunyodkor", "Lokomotiv" tarkibida juda ko'p yoshlar bor. Oldin kuchli raqiblarga qarshi yoshlarni o'ynatishmasdi. CHunki hammaga natija kerak. Hozir ko'ryapman, markaziy o'yinlarda ham yoshlarga ishonch bildirilmoqda. Yoshlar ham ishonni oqlyapti. Ular bilan faxrlanaman.

— Terma jamoada raqobat bormi?


— Raqobat juda kuchli, har bir o'yinchining o'rniga o'sha darajadagi futzalchi bor. Ko'p o'yinchilar chiqyapti. Buning uchun yoshlarni o'ynatayotgan O'zbekiston klublariga rahmat aytaman. Barcha yoshlarni yig'inlarga chaqirib, sinab ko'ryapman. Potensiali borlar terma jamoadan chaqiruv olishda davom etadi.

— O'tgan yili O'FA terma jamoalar murabbiylari bir paytning o'zida 2 ta joyda ishlashini taqiqlovchi qaror chiqardi. Bu qaror futzalga ham tegishlimi? Bilamizki, bir vaqtning o'zida "Maksam-CHirchiq"da ham faoliyat yuritasiz.


— Yo'q, buning futzalga aloqasi yo'q. Klubda ishlaganim bilan har doim birinchi o'ringa terma jamoani qo'yaman.

— Bosh murabbiy o'ynaganidan ko'ra, futzalchilarni kuzatib, seleksiya ishlarida qatnashgani yaxshi emasmi.


— To'g'ri, bizda tur o'yinlari bo'ladi. Maydonda o'ynayman, o'yindan keyin boshqalarni kuzatishga ham imkon topaman.

— Sizning futbol o'ynashingiz boshqa jamoalarni kuzatishda va seleksiya qilishda halaqit beradi deb o'ylamaysiz.


— Yo'q.



— Fuizalchilarni terma jamoaga chaqirish jarayonida asosiy maslahatchingiz kim?


— Nodir Eliboev.

— Murabbiylar shtabida kimlar bor?


— Men va Nodirdan tashqari shifokor va massajist bor.

— Musobaqalar oldidan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va darvozabonlar murabbiyi kerak emasmi?


— Rustam Umarov terma jamoanng asosiy darvozaboni bo'lish bilan birga, darvozabonlar murabbiyi ham hisoblanadi. Mendez termamizni boshqargan davrda ispaniyalik murabbiy kelgan va bizga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha saboq bergan edi. O'sha paytda yordamchi murabbiy edim. O'sha saboqlarning barchasi bizga yozib berilgan.

— Demak, alohida murabbiy kerak emas?


— Yo'q.

— Yaqinda bir nechta futzalchilar bilan gaplashdim. Ular orasida o'zini katta futbolda sinab ko'rishni istaydiganlar bor. Bunga munosabatingiz qanday?


— Ko'pchilik futzaldan boshlaydi va 14-15 yoshlarda katta futbolga o'tib ketadi.

— Katta futbol va futzaldagi maoshlar orasidagi tafovvut kattami?


— Albatta, katta. Mukofot pullari esa sovrinli o'rinlar uchun beriladi.

— O'zbekiston chempionatining saviyasi haqida fikringiz qanday?


— Yaxshi. Murabbiylar yaxshi shug'ullunishyapti. Raqobatli o'yinlar ko'p, bu terma jamoa uchun foydadan xoli emas.

— Haliyam futbol o'ynayotganingizga qaraganda rejimga amal qilsangiz kerak. Boshqalar faoliyatini barvaqt yakunlashining sababi rejimga amal qilmasligidami?


— Balki, o'zi xohlamas. Aytganimdek, men futbol o'ynagim keladi, zavq olgim keladi. Asosiysi xohish.

— Adashmasam, 2-3 marta faoliyatingizni tugatib, yana qaytgansiz. SHu qanday sodir bo'lgan?


— (Kuladi) SHunday bo'lgan. Bilasizmi, faoliyatingizni tugatasizda. Maydonda futbolchilar o'ynayotganini ko'rib, yana qaytgingiz keladi...

— Bahodir aka, intervyuga tashrif buyuurganingiz uchun rahmat. Olindagi o'yinlarda va musobaqalarda omad tilayman.


Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика