So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  45 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  24 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Azizjon G'aniev: "Olimpiadaga chiqib, tarixga kirishni istaymiz" Yangiliklar

Azizjon G'aniev: "Olimpiadaga chiqib, tarixga kirishni istaymiz"

2015 yildan buyon "Nasaf" klubining asosiy futbolchisi bo'lib kelayotgan Azizjon G'aniev bugungi kunga kelib ham olimpiya, ham milliy terma jamoa azosi hisoblanadi.

Endigina 21 yoshga to'lgan futbolchi bilan turli mavzularda suhbatlashdik.

Sentyabr oyi boshida O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi ilk o'yinni Falastinga qarshi safarda o'tkazib kutilmaganda 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Terma jamoaga chaqirilgan G'aniev o'sha bahsni zaxira o'rindig'idan kuztgan va Iordaniyada tashkil etilgan Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Falastin bilan bahsda nima sodir bo'lgani haqidagi savolimizga futbolchi shunday javob berdi:
- Falastin bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. O'sha kuni o'yinimiz chiqmadi. Gol ura olmagach yigitlar shoshilishdi, raqiblar esa qarshi hujumdan gollar urishdi. Ko'pchilik maydon yomon edi demoqda, ammo ular ham shu maydonda o'ynashdi baribir. Biroq "CHig'atoy"da suniy maydonda mashg'ulot o'tkazgandik shu maydon bilan Falastindagi stadionni solishtirsak "CHig'atoy"dagi yaxshiroq edi.

Falastindan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Ektor Kuper bilan shartnoma bekor qilindi va uning o'rniga Vadim Abramov terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. Yangi murabbiy G'anievni oktyabr oyidagi yig'inga chaqirdi. Bizni 10 oktyabr kuni Toshkentda Yaman, 15 oktyabrda safarda Singapur bilan o'yinlar kutib turibdi. Futbolchi Kuper va oldinda turgan bahslar haqidagi fikrlarini bildirdi:
- Ektor Kuper yaxshi murabbiy edi. U bilan qisqa vaqt davomida ishladim. Endi terma jamoaga yangi murabbiylar shtabi keldi. 2 oktyabr kuni Toshkentda yig'in boshlaymiz. Dastlabki turda mag'lub bo'lganimiz uchun endi ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Yaman va Singapur bilan o'yinlarda maksimal ochko to'plashimiz zarur bo'ladi. Ortga yo'l yo'q.



2020 yil yanvar oyida Tailand mamlakatida U-23 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqa Tokioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma taqdim etishi bilan ahamiyatli. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda ushbu musobaqaga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda. O'tgan hafta Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron, Xitoy va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oldi.
- Hamma o'lim guruhi demoqda. Guruhimizdagi barcha jamoalar kuchli. Toshkentda Eron bilan ikkita o'yin o'tkazdik, oktyabr oyida Janubiy Koreya bilan safarda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bo'ladi. Xitoy ham o'ziga yarasha kuchli jamoa. Ammo bizning tarkibimizda ham kuchli futbolchilar etarlicha. Deyarli barcha futbolchilar bugungi kunda Superligada o'ynamoqda. Yanvar oyigacha kerakli darajada tayyorgarlik ko'rishga va Olimpiadaga yo'llanma olishga harakat qilamiz. Bilasiz futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha Olimpiadaga umuman chiqa olmagan. Biz yangi tarix yaratishimiz mumkin. "Paxtakor" bilan yarim final bahsidan so'ng Milliy Olimpiya Qo'mitasi rahbari Rustam SHoabdurahmonov klubimiz kiyim almashtirish xonasiga kelib futbolchilar bilan suhbatlashdilar. U kishi bizga faqat futbol haqida o'ylashimizni qanday muammo bor bo'lsa aytishimizni tayinladilar. MOQ Olimpiadaga yo'llanma olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgani quvonarli, biz esa mana shu ishonch va etiborni oqlashimiz kerak.

O'tgan haftada "Nasaf" O'zbekiston Kubogi yarim finalida maydonga tushdi. Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi kechgan qiziqarli bellashuvda "ajdarlar" dastlabki hisobni ochishdi, ammo yakunda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozonib finalga chiqishdi. Bundan oldin Superligada "Nasaf" o'z muxlislari qarshisida so'nggi o'rinda borayotgan "Buxoro"ga yutqazib qo'ygandi. G'aniev bu o'yinlar qanday o'tgani haqida gapirib berdi.
- "Nasaf" yosh futbolchilardan iborat bo'lsa ham mamlakat kubogida yarim finalga qadar etib kela oldi. Raqibimiz amaldagi mamlakat chempioni "Paxtakor" edi. O'yinni yaxshi boshlagandik va xatto gol ura oldik, ammo o'z xatolarimiz tufayli ikkita gol o'tkazdik va mag'lub bo'ldik. Superligada esa keraksiz joylarda ko'p ochkolar yo'qotib qo'ydik. Ko'plab jamoalar bizga qarshi himoyaviy taktikada o'ynashmoqda, shu sababli ham bir qator bahslarda g'alaba qozona olmadik. Bunda tan olish kerak tarkibimizda tajribali futbolchilarning yo'qligi bilinmoqda.

Har bir futbolchi o'z kuchini xorij klubida sinab ko'rishni xohlashi tabiiy. Azizjon G'aniev qaysi mamlakatda o'ynashni orzu qiladi? Unga qaysi klublardan takliflar bo'lgan? SHular to'g'risida futbolchi batafsil javob berdi.
- Angliya premer-ligasida o'ynashni orzu qilaman. Sababi u erda juda tezkor va tomoshabop o'yinlar ko'p. SHu kunga qadar menga Turkiya, Ispaniya, Portugaliya turli ligalarida ishtirok etadigan klublaridan takliflar bo'ldi. Bundan tashqari Osiyoning ko'plab klublari qiziqish bildirishdi. "Nasaf" bilan yana ikki yillik shartnomam bor va nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.



Jarohat har bir futbolchining dushmani hisoblanadi. G'aniev o'tgan yil yozida og'ir jarohat olgan va operaciya stoliga yotishga majbur bo'lgandi. Biz yarim himoyachidan o'sha jarohat hususida so'radik.
- Jarohatimni davolash bo'yicha barcha sarf-xarajatlarni "Nasaf" qopladi. Meni yolg'iz qoldirishgani yo'q. Yaponiyaga bordim, o'sha erda operaciya qilishdi va tiklanish mashqlarini bajardim. Operaciyadan keyin shukurki bu jarohatim umuman qaytalagani yo'q, yani Yaponiyadagi shifokorlar juda ham malakali ekan.

Minglab muxlislar qarshisida maydonga tushgan istalgan futbolchi o'zini yo'qotib qo'yishi tabiiy. Azizjon G'aniev faoliyati davomida hozirga qadar eng ko'p hayajonlangan o'yinini yodga oldi.
- SHu kungacha eng ko'p hayajonlangan o'yinim Urugvayga qarshi bahs bo'lgan. 2018 yilgi Jahon chempionatidan oldin Montevideodagi tarixiy stadionda o'ynagandik. Raqib safida Luis Suares, Edinson Kavani kabi jahon yulduzlari maydonga tushishgandi. O'sha uchrashuvda yaxshi o'ynagandik, ammo baribir tajriba evaziga Urugvay bizni mag'lub etgandi.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика