So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

Intervyu. Anvar Berdiev "SHo'rtan"ning tayyorgarlik jarayoni, oldindagi maqsad va vazifalar, olimpiya terma jamoamizning Ispaniyaga qarshi o'yini, farzandlarining futbolga kirib kelishi haqida Yangiliklar

Intervyu. Anvar Berdiev "SHo'rtan"ning tayyorgarlik jarayoni, oldindagi maqsad va vazifalar, olimpiya terma jamoamizning Ispaniyaga qarshi o'yini, farzandlarining futbolga kirib kelishi haqida

G'uzorning "SHo'rtan" klubi ayni kunlarda Pro liganing navbatdagi qismiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Saytimiz muxbiri jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev bilan intervyu tashkil qilib, u bilan mashg'ulotlar jarayoni, oldindagi maqsad va vazifalar, olimpiya terma jamoamizning Ispaniyaga qarshi o'yini va boshqa mavzularda suhbatlashdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq varianti keltirilmoqda.

- Anvar aka, "SHo'rtan"da Pro liganing qolgan qismiga tayyorgarlik jarayoni qanday ketyapti?

- Jamoamiz 25 iyun kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan so'ng biroz muddat yozgi tatilga chiqqandi. 10 iyuldan G'uzordagi qarorgohimizda yig'ilib, Pro liganing qolgan qismiga tayyorgarlik jarayonini boshladik. Bilasiz, Pro liga musobaqalari 4 davrali tizimda o'tkazilmoqda. Klubda nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Hozirga qadar tayyorgarlik rejasi asosida 3 ta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Oldinda rejalashtirilgan yana 1 ta o'rtoqlik o'yini bor, shundan so'ng futbolchilarga qisqa muddatli tatil beriladi. 2 avgust sanasidan yana mashg'ulotlarga qaytib, Pro liga uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz.



- Ko'pchilikning xabari bor, "SHo'rtan" o'z vaqtida xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini himoya qilgan klub sanaladi. Jamoa mavsum yakunida Superliga yo'llanmasiga ega chiqadigan bo'lsa, qo'yilgan talablarga to'liq javob bera oladimi?

- To'g'ri aytdingiz, "SHo'rtan" xalqaro maydonlar tajribasiga ega. Biz har bir uchrashuvda jamoa nomiga munosib o'yin namoyish etishga astoydil harakat qilyapmiz. Alloh nasib etsin, mavsum yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritsak, "SHo'rtan"da Superliga klublari uchun qo'yiladigan barcha talablarga javob bera oladigan sharoitlar bor. Buning uchun klub homiylari va rahbariyatga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. SHuningdek, har bir uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga ham alohida raxmat aytaman. Oldindan katta gapirish yo'q, lekin zimmamizdagi vazifani bajarish uchun har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Mavsum yakuni ko'rsatadi, qaysi jamoa Superligada bo'ladi, qaysi jamoa Pro ligada qoladi, ko'ramiz.

- O'zbekiston - Ispaniya uchrashuvini ko'rgan bo'lsangiz, olimpiyachilarimiz o'yinning ko'p qismida nomdor Ispaniyadan ustunroqdek ham ko'rinishdi. Mana shu bahs va terma jamoamizni oldinda kutayotgan Misr va Dominikanga qarshi uchrashuvlari haqida fikringiz...

- Haqiqatan ham olimpiya terma jamoamiz kuchli Ispaniyaga qarshi munosib o'yin namoyish etdi. Minimal hisobda mag'lub bo'ldik, biroq shuni unutmaylik, raqibimiz juda kuchli terma jamoa edi. SHunga qaramay, terma jamoamiz yigitlari raqiblaridan yaxshiroq ham o'yin namoyish etishdi. Oldinda Misr va Dominikan terma jamoalariga qarshi o'yinlar bor, olimpiyachilarimiz bu ikki jamoa bilan o'yinda 100 foizlik natija qayd etib, navbatdagi bosqichga chiqishlariga ishonaman. Terma jamoamizga hamisha omad yor bo'lsin.

- Sizningcha, olimpiya terma jamoamiz musobaqaning qaysi bosqichiga qadar etib bora oladi?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin, qanday natija bo'lishini Alloh biladi. Biz barchamiz ular uchun duodamiz, qancha uzoqroqqa borishsa, shuncha ko'p xursand bo'lamiz. Jarohatlar bo'lmasin, har bir futbolchimizni Alloh o'zi asrasin. 


- Matbuot anjumanlarida aytgan fikrlaringizga tayansak, raqib jamoalar haqida fikr bildirishni istamaysiz. SHu bois sizdan Pro liga emas, Superliga haqida so'raymiz. Mavsum yakunida qaysi jamoa O'zbekiston chempionligini tantana qiladi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, raqib jamoalar haqida fikr bildirishni istamayman, chunki har bir jamoaning o'z murabbiyi bo'ladi va biz bunga hurmat bilan qarashimiz kerak. Futbol bashoratlarni yomon ko'radi. SHuni ayta olaman, ushbu mavsumda chempionlik uchun kurash oxirgi turlarga qadar davom etadi, chunki Superligamizdagi intriga bu yil juda yuqori bo'lyapti. Ko'ramiz, har bir jamoaga omad, muxlislari oldida yuzlari yorug' bo'lsin. 

- Muxlislarga qo'shimcha malumot o'rnida, hozir Anvar Berdievning farzandlari ham asta-sekinlik bilan katta futbolga kirib kelmoqda. SHu haqda malumot bersangiz...

- To'g'ri, hozirgi kunda 3 nafar farzandim futbol sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Katta o'g'lim va kichik o'g'lim "Neftchi" futbol maktabida, o'rtanchasi "Odil Junior" akademiyasida shug'ullanishmoqda. Peshonalariga yozgan bo'lsa, kelajakda futbolchi bo'lib etishishadi. Biz buning uchun qo'limizdan kelgan barcha yordamlarni ayamaymiz. Avvalo, yaxshi inson bo'lishsin, elimizga, xalqimizga foydalari tegsa, biz shundan xursand bo'lamiz.


Dilshodbek Hayitov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика