So’nggi yangiliklar

00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  0 00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  12 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  13 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22

Intervyu. Anatoliy Demyanenko: “Yana O'zbekistonga qaytishni istardim” Yangiliklar

Intervyu. Anatoliy Demyanenko: “Yana O'zbekistonga qaytishni istardim”

Ukrainalik taniqli murabbiy Anatoliy Demyanenkoni o'zbekistonliklar chuqur hurmat bilan esga olishadi. Ayniqsa, qashqadaryoliklar uchun u alohida ahamiyatga ega.

“Nasaf” jamoasi bilan erishgan muvaffaqiyatlari o'zbek futbolining tarix zarvaraqlariga muxrlangan. SHubhasiz, u top-saviyadagi mutaxassis ekanligini isbotlay olgan. Biz esa “Nasaf” bilan muvaffaqiyatlarga erishgan ushbu murabbiy bilan anchadan beri o'zi, “Nasaf” va futbolimiz haqida gaplashishni niyat qilib qo'ygandik. Nihoyat, bu istagimiz yaqinda amalga oshdi va telefon orqali suhbatlashdik.

-   Yaqinda biz xizmat safari bilan “Nasaf” klubida bo'ldik. Hozirgacha u erda sizni iliq xotiralar bilan eslashadi. Ayting-chi, o'zingiz ham “Nasaf”da ishlagan paytlaringizni tez-tez yodga olib turasizmi?
-   Albatta, eslab turaman. Nega endi eslamay? Axir o'sha jamoada malum vaqt ishlab, “Nasaf” bilan maqtanishga arzigulik natijalarga erishganmiz. Biz birgalikda OFK Kubogini yutgandik. Asosiysi, yurtingizdagi olib borgan faoliyatimdan menda juda ijobiy taassurotlar qolgan.

-   O'shanda sizni Qarshiga kim chaqirgandi?
-   Agentim orqali Qarshiga borganman. Klub mutasaddilari agentim yordamida men bilan aloqaga chiqqandilar. So'ngra uchrashdik, fikrlarimiz bir joydan chiqdi. Hammasi shunday kechganidan juda xursand bo'lganman. Alisher Sultonov menda ajoyib taassurot qoldirgan. Darvoqe, bu kishi hozir ham klub prezidentimi?


-   Yo'q, hozir “Nasaf”ni boshqa kishi boshqarmoqda.
-   Alisher Sultonov juda ajoyib inson. O'z ishini yaxshi biladi. Asosiysi, samimiy. Bunday insonlar bilan birga ishlash juda yoqimli.

-   Ayting-chi, O'zbekistonni tark etganingizdan beri bu erdagi tanish-bilishlar bilan aloqani saqlab qolganmisiz?
-   Kechirasiz, aloqa yaxshi chiqmayapti, chog'i. Nima dedingiz?

-   “Nasaf”dagilar bilan hozirgacha gaplashib turasizmi, deyman. Masalan, Ro'ziqul Berdiev bilan?
-   Ha, goh-gohida gaplashib turaman.

-   “Nasaf”dan ketganingizdan so'ng yurtingizga qaytdingiz va “Volin” klubini boshqardingiz. Ammo o'sha jamoadagi ishingiz uzoq davom etmadi. Qolaversa, oxirgi paytlarda siz haqingizda kam yozishmoqda. Nima, futboldan zerikdingizmi?
-   Zerikdingizmi, yo'q, bunday emas. Menga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan klublarda ishlash yoqadi. Masalan, “Nasaf”da shunday edi. “Volin”da esa bunday maqsadlar yo'q edi. Jamoa kuchlilar safidagi o'rnini saqlab qolsa ham katta natija sanalardi. O'z navbatida menga murabbiy sifatida jiddiy vazifalarni hal etish yoqadi. CHempionatni yutish, sovrindorlar qatoridan joy olish va Evropaga chiqish...Mana shunday vazifalarni ado etish o'zini hurmat qiladigan mutaxassislarga manzur bo'ladi. CHempionatdagi o'rinni nima qilib bo'lsa ham saqlab qolish, bu yuqori vazifa sirasiga kirmaydi.

-   Agar sir bo'lmasa oxirgi paytlarda qanday ish bilan mashg'ulsiz? Biror-bir klubda ishlayapsizmi?
-   Ukraina faxriylar terma jamoasida ishlayapman. Albatta, biz faxriylar har doim yig'ilavermaymiz. Ammo bu baribir o'ziga yarasha mashg'ulot. Uyda bekor o'tirish erkak kishini zeriktirib yuboradi. Biz to'planib turamiz, birga o'ynaymiz, so'ngra yoshlik davrimizni yodga olib suhbatlashib o'tiramiz.


-   Bizga malum bo'lishicha, yurtdoshimiz Maksim SHackix “Dinamo” tizimida 19 yoshdagi yigitlardan iborat jamoada murabbiy bo'lib ishlamoqda ekan. SHu rostmi?
-   Ha, sizga noto'g'ri malumot berishmabdi. SHackix chindan ham jamoada murabbiy bo'lib ishlamoqda.

-   U bilan uchrashib turasizmi?
-   Kamdan-kam hollarda. Asosiysi, Maksim o'z ishini yaxshi bajarmoqda. Axir u “Dinamo” maktabida tarbiyalangan (kuladi).

-   Maksimda Evropadagi klublarda ishlash imkonini beruvchi “Pro” licenziyasi bormi?
-   Ha, albatta.

-   Anatoliy Vasilevich, agar sizda O'zbekistonga qaytib ishlash varianti tug'ilsa, yana yurtimizga qaytgan bo'larmidingiz?
-   Bu ishni jon-jon deb amalga oshirgan bo'lardim. Axir O'zbekistonda juda ko'plab do'stlarim bor. SHunday variant paydo bo'lsa, hech ikkilanib o'tirmasdan O'zbekistonga qaytib boraman.

-   Aynan qaysi klublarimizda ishlashni istagan bo'lardingiz?
-   Yuqorida aytib o'tganimdek, menga o'z oldiga jiddiy vazifalarni qo'yadigan jamoalarda ishlash yoqadi. CHempionlik va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish vazifasini qo'yadigan klublarda mehnat qilish har qanday mutaxassisni o'ziga ohanrabodek tortishi aniq.

-   Tabiiyki, internet orqali boshqa birinchiliklarni ham kuzatib borsangiz kerak. Jumladan, o'zingiz yaxshi biladigan o'zbek chempionatini. Birinchiligimizning bugungi kundagi saviyasini qanday baholagan bo'lardingiz?
-   Gapingizda jon bor, bir qancha birinchiliklar qatori O'zbekiston chempionatida nimalar yuz berayotganini kuzatish meni qiziqtiradi. O'ylaymanki, birinchiligingiz saviyasi o'sishda davom etmoqda.


-   Men ham shunday fikrdaman. Yodingizda bo'lsa, yurtimizda ishlagan chog'ingizda g'oliblik uchun barmoq bilan sanarli darajadagi klublar kurash olib borishardi. Endi esa bunday davogarlar soni oldingiga nisbatan o'sgan. Masalan, bugungi kunda yurtimizning bayroqdor klubi hisoblanadigan “Paxtakor” musobaqa jadvalida o'ziga xos bo'lmagan o'rinni band etib turibdi. “Bunyodkor”ning ishlari ham silliq kechmayotganidan xabaringiz bo'lsa kerak. To'g'ri, amaldagi chempion “Lokomotiv” o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyati tasodifan yuz bermaganini ko'rsatib kelmoqda. Ammo “Qo'qon-1912” klubidan joriy mavsumdagi parvozni hech kim kutmagandi. Siz ishlagan “Nasaf” hozir 2-o'rinda boryapti.
-   Ha, sizni tushundim. Yanglishmasam, chempionatingizda ishlagan kezlarimda “Qo'qon-1912” birinchi ligada o'ynardi shekilli, to'g'rimi?

-   Albatta, shunday.
-   Bu ham yuqoridagi gapimni o'ziga xos tasdig'i bo'lsa kerak. Darhaqiqat, O'zbekiston chempionatining saviyasi chindan ham o'sib bormoqda. O'ylaymanki, hali “Paxtakor” ham, “Bunyodkor” ham albatta o'z so'zini aytadi.

-   Ammo negadir oxirgi paytlarda “Paxtakor”da bosh murabbiylar tez-tez almashmoqda...
-   Bu esa yaxshi holat hisoblanmaydi. Murabbiyga o'z rejalarini amalga oshirish uchun vaqt berish kerak. Agar ketma-ket ravishda bosh murabbiy o'zgartirilaversa, bu holat futbolchilarning ruhiyatiga aks tasir o'tkazmasdan qolmaydi. CHunki o'yinchilar endi murabbiyning falsafasini tushuna boshlaganlarida, uning o'rniga boshqasini tayinlashsa, ishtiyoqlaridan asar ham qolmaydi. Asosiysi, rahbariyat o'z ishini yaxshi biladigan mutaxassisni tanlab, unga imkon berish kerak. SHunda natija bo'ladi.

-   Futbol mavzusidan biroz chetga chiqsak. Ayting-chi, o'zbek taomlarini sog'indingizmi? Ayniqsa, palovni?
-   Ha, bo'lmasam-chi! Palovni chindan ham juda yoqtirardim.

-   Agar yurtingizdagi odamlar sizdan O'zbekiston haqida so'rashsa, ularga qanday javob qaytarasiz?
-   Albatta, eng ijobiy fikrlarni bildiraman. Qolaversa, fursatdan foydalangan holda o'zim ham o'zbek ishqibozlariga, u erdagi do'stlarimga g'oyibona salomimni yo'llashni istayman. Barchasi sog'-salomat bo'lishsin! O'zbekiston terma jamoasi esa uzoq yillardan beri o'zi uchun armon bo'lib kelayotgan jahon chempionatiga chiqishiga tilakdoshman. Bundan tashqari, klublaringiz Osiyo sahnasida ham yangi muvaffaqiyatlarga erishsa, faqat xursand bo'lardim.

-   O'zbekistonga sayyoh sifatida bo'lsa ham tashrif buyurishni istarmidingiz?
-   Albatta, istagan bo'lardim. Axir murabbiy sifatida yurtingizda ishlab, menda O'zbekiston va uning xalqi borasida faqat ijobiy xotiralar qolgan. O'zbek xalqi juda mehmondo'st, samimiy.


-   FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino JCH-2026 dan boshlab ishtirokchi termalar sonini 48 taga etkazishga qaror qildi. Mutaxassis sifatida buni yoqlagan bo'larmidingiz?
-   Ha, albatta yoqlayman. CHunki bu orqali futboli Evropa yoki Janubiy Amerikanikidan qoloqroq deya hisoblanadigan Osiyo, Afrika va Konkakaf mintaqasidagi terma jamoalarda ham bunday munosabat noto'g'ri ekanligini isbotlash uchun imkoniyat yuzaga keladi. Asosiysi, mundial ishtirokchilari sonining keskin oshirilishi o'sha mintaqalarda futbolning taraqqiy etishiga yanada kuchliroq turtki beradi.

-   Murabbiylik faoliyatingiz davomida maqtanishga arzigulik natijalarga erishgansiz: Ukraina chempioni, Kubogi sohibi, “Nasaf” bilan OFK Kubogidagi g'alaba, o'zbek chempionatida qo'lga kiritilgan 2-o'rin. Ozarbayjondagi faoliyatingiz ham yaxshi chiqqan. Xullas, bu bilan murabbiylik faoliyatingizdan qoniqish hosil qildingizmi, deya so'ramoqchiman...Bundan tashqari, o'z oldingizga qo'ygan yangi maqsadlar bormi?
-   Faoliyatimdan ko'nglim to'ladi, albatta. Lekin o'zini hurmat qiladigan murabbiy bu bilan kifoyalanib qolmaydi va doim oldinga intiladi. Albatta, bundan keyin ham o'zim boshqaradigan klublar bilan qator sovrin va unvonlarga ega chiqishni istagan bo'lardim. Osiyo bo'ladimi yoki Evrokuboklarimi, xalqaro musobaqalarda yana bajonidil ishlagan bo'lardim. CHunki murabbiyning qanday salohiyatga ega ekanligini birinchi navbatda boshqargan jamoalari bilan qo'lga kiritgan natijalari belgilab beradi.

-   Yurtimizdagi aksariyat ishqibozlar sizni Ukraina terma jamoasini bemalol yaxshi boshqara olgan bo'lardi, deb hisoblashadi. Bu kabi fikrlarga qo'shilasizmi?
-   Nokamtarlikka yo'ymang-u, nima uchun buni istamasligim kerak?! Axir murabbiy sifatida etarlicha malaka va tajribaga egaman. Boz ustiga har qanday mutaxassis vatanidagi birinchi o'rinda turuvchi jamoani boshqarishni istaydi. Asosiysi, menda buyuk Lobanovskiy bilan birga hamkorlik qilish orqali to'plangan tajriba bor.

-   “Nasaf”ni tark etganingizdan so'ng sizga o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan klublardan takliflar bo'ldimi? Bu bilan nima demoqchiman: yani, yurtimizdagi boshqa jiddiyroq klublar sizga ish taklifi bilan chiqishganmi?
-   Yo'q, bunday takliflarni olmaganman.


-   Tushunarli...Darvoqe, Anatoliy Vasilevich, Evropa Ligasi finalida “Ayaks” va “Manchester Yunayted” klublari o'rtasidagi bellashuvni ko'rdingizmi?
-   Ha, tomosha qildim va o'yin menga yoqdi. “Ayaks” tarkibida yosh futbolchilar ko'pchilikni tashkil etsa-da, ular mahorat bobida o'zlaridan ustun bo'lgan raqiblarga etarlicha muammolar tug'dira olishdi. “Yunayted” asosan tajriba evaziga sovrinni o'ziniki qildi. Qolaversa, Mourinoning malakasi ham ish berganini aytib o'tishim kerak.

-   Endi sayyoramizdagi ishqibozlarni oldinda yana bir buyuk final – CHLda “Yuventus” va “Real” o'rtasidagi duel kutib turibdi. Agar mumkin bo'lsa, bo'lajak o'yin oldidan kimning g'alabasini taxmin qilmoqdasiz?
-   Finalda aynan falon klub g'alaba qozonadi, deyish juda mushkul ish hisoblanadi. Ammo, o'zimga qolsa, o'yinni “Yuventus” yutishini istagan bo'lardim.

-   O'zbek hakamlari haqida nima deya olasiz?
-   O'zbek hakamlarining saviyasi chakki emas. Bundan boshqa nimanidir qo'shimcha qila olmayman.

-   Yurtimizda ishlab yurganingizda o'zingiz o'rganib olgan bir qancha o'zbekcha gaplar yodingizda qolganmi?
-   Yo'q, afsuski, esimdan chiqib ketgan.

-   Oxirgi savol: Anatoliy Vasilevich, futboldan tashqari siz shug'ullanishni yoqtiradigan boshqa mashg'ulot yoki ish ham bormi?
-   Yo'q, meni faqat futbol qiziqtiradi xolos. CHunki butun umrim futbol ichida o'tmoqda. O'zimni boshqa sohada umuman tasavvur qila olmagan bo'lardim. Suhbatimiz boshida aytib o'tganimdek, endi men Ukraina faxriylar terma jamoasini boshqaryapman. Birgalikda bir qancha mamlakatlarga safar uyushtirdik. Jumladan, Amerikada bo'lib qaytdik. 


FIRDAVSXON

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика